Рекомендательное письмо


Baholar va ishlab chiqarish xarajatlariga ularning ta`siri


Download 0.6 Mb.
bet45/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

4. Baholar va ishlab chiqarish xarajatlariga ularning ta`siri.

Mamlakat iqtisodiyotining samarali faoliyat yuritishi uchun asosiy vositalardan biri sifatida baho va baholar tizimi hisobga olinadi. Baho haqida fikr yuritganda ko`pincha iqtisodchi olimlarning bir qator qarama-qarshi fikrlariga duch kelamiz. Bahoga, ko`pchilik olimlar “tovar qiymatining puldagi ifodasi” tarzida ta`rif berishadi. Ammo amaliyotda ko`pincha tovar qiymatini belgilashda qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Tovar qiymati odatda qilingan xarajatlar pluys korxona foydasi tarzida qaraladi. Bozor esa hamma vaqt ham tovarni biz tarif qilgan qiymat asosida, yani baho asosida tovarlar sotilishiga imkoniyat yaratmaydi. Shu jihatdan olganda Tovar bahosi taklif va talab asosida vujudga keladigan va bozorda xaridor tomonidan an olingan tovarning qiymatidir. Qiymatni esa iste`molchi yaratadi.


Baho tizimi – bu milliy va jahon bozorida xizmat qiladigan va iqtisodiy munasabatlarni tartibga soladigan barcha turdagi baholarni yagona tartibga solingan yig`indisidir. Baho tizimining mohiyati baholarning turlarida namoyon bo`ladi. Baholarning turlari uning shakllanish xususiyatlariga ko`ra quyidagicha bo`lishi mumkin:
1. Milliy iqtisodiyotdagi xizmat qilish sohalariga ko`ra:

  • sanoat mahsulotlari ulgurji baholari;

  • qishloq xo`jalik mahsulotlari xarid baholari;

  • qurilish materiallari baholari;

  • transport tariflari;

  • iste`mol tovarlari baholari;

  • xizmatlar tariflari;

  • tashqi savdo baholari (exsport va import);

2. Davlatning baho belgilashdagi ishtiroki darajasiga ko`ra:

  • bozor baholari (erkin baholar, monopol baholar, demping baholari);

  • tartibga solinadigan baholar (o`rnatiladigan baholar, chegaralangan baholar).

3. Baho belgilash bosqichiga ko`ra:

  • ishlab chiqaruvchining ulgurji bahosi;

  • ulgurji jo`natish baholari;

  • ulgurji xarid baholari;

  • chakana baholar.

4. Bahoda transport xarajatlarini qamrab olinishiga ko`ra:

  • jo`natuvchining franko-sklad baholari;

  • jo`natishning franko-stansiya baholari;

  • jo`natishning franko-vagon-stansiya baholari;

  • tayinlangan franko-vagon-stansiya baholari;

  • iste`molchining franko-sklad baholari.

5. Bahoga oid ma`lumotlarning tavsifiga ko`ra:

  • haqiqiy ayirboshlash baholari;

  • auksiyon baholari;

  • birja baholari;

  • ma`lumotnoma baholari;

  • baho indekslari (individual, yig`ma).

Baholar asosan xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi va ishlab chiqarishning samaradorligiga ta`sir ko`rsatadi. Baholar ishlab chiqarilgan mahsulot va ishlab chiqarish samaradorligiga ikki yo`nalishda ta`sir ko`rsatadi. Birinchidan, korxona ishlab chiqarishi uchun zarur bo`lgan xom-ashyo va materiallar bahosi mahsulot bahosining tashkil topishiga ta`sir ko`rsatadi, ikkinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotga ketadigan ishlab chiqarish xarajatlarining qiymat ko`rsatkichini tashkil qiluvchisi hamdir.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling