Рекомендательное письмо


Download 0.6 Mb.
bet11/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

3. Korxona mulki.
Mulk bu kishilar o`rtasidagi ular tomonidan moddiy va ma`naviy ne`matlarni o`zlashtirishdir. Mulkchilik munosabatlari deb, jamoyatdagi boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste`mol, o`zlashtirish bo`yicha bo`ladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulk huquqiy karegoriya sifatida uch ajralmas jihatga ega:

    1. Egalik qilish - bu mulkdorlar huquqining mol egasi qo`lida saqlanib turishidir. Egalik sharoitida mulk hisoblangan boylik qisman o`zlashtiriladi. Mulkka egalik saqlangan holda, uni amalda ishlatish o`zga qo`lda bo`ladi.

    2. Tasarruf etish – bu mulk hisoblangan boylikni taqdirini mustaqil hal qiladi. Bu mulkni sotib sotib yuborish, ijaraga berish, meros qoldirish, asrab-avaylab ko`paytirish kabi faoliyatlardir.

    3. Foydalanish – bu mulk hasoblangan boylikni iqtisodiy faoliyatini qo`llab va xo`jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish uchun yoki shaxs ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi.

Umuman olganda mulkning quyidagi shakllari mavjud:

  1. Xususiy mulk – ayrim kishilarga va guruhlarga tegishli daromad topishga qaratilgan mulkdir. Xususiy mulk ham yakka tartibdagi va kooperativ xususiy mulkka bo`linadi.

  2. Jamoa(shirkat) mulki – boylikning muayyan maqsad yo`lida ayrim jamoalarning birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o`zlashtirilishidir.Jamoa mulki o`z navbatida quyidagi turlarga bo`linadi:

    • oilaviy mulk;

    • mahalla mulki;

    • kooperativ mulk;

    • ijara mulki;

    • hissadorlik mulki;

    • konsernlar mulki;

    • ijtimoiy va diniy tashkilotlar mulki.

  3. Davlat mulki – boylikning davlat tomonidan o`z vazifasini ado etish uchun o`zlashtirilishidir.

  4. Aralash mulk – turli xil mulk shakllarining sintezidan tashkil topadi. Aralash mulk ham chet el fuqarolari, tashkilotlarining mulki bo`lishi mumkin, bu mulkning asosiy ko`rinishi qo`shma korxonalar mulki sifatida ko`rinadi.

Korxona mulki shakliga qarab uning turi va faoliyat doirasi ham belgilab olinadi. Korxona mulki uni tashkil qiluvchilar tomonidan tashki qilinadi va tasarruf qilinadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling