Рекомендательное письмо
Korxonalar faoliyatini litsenziyalash va iste`molchilar talabiga yo`naltirish
Download 0.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI
3. Korxonalar faoliyatini litsenziyalash va iste`molchilar talabiga yo`naltirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko`pgina korxonalar faoliyatini bozor talabiga muvofiqlashtirish maqsadida rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida korxonalar faoliyatini litsenziyalashtirish amalga oshiriladi. Buning natijasida mamlakatda korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi iste`molchilar talabiga mos holda bo`ladi. Korxona faoliyatini iste`molchilar manfaatlariga moslashtirish uchun ishlab chiqarish komponentlari ham unga mos ravishda bo`lishi lozim. Ishlab chiqarish komponentlariga quyidagilar kiritiladi: odamlar (maxsus tayyorlangan personal ); mehnat vositalari (mashinalar, mexanizmlar, instrumentlar, inshootlar); mehnat predmetlari (xom-ashyo, materiallar, tabiat inoomlari); energiya (elektr energiyasi, issiqlik energiyasi, mexanik energiya, yorug`lik energiyasi, muskul energiyasi ); axborotlar (ilmiy-texnik, tijorat, joriy-ishlab chiqarish, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy); ishlab chiqarish o`rni (bino, shaxta, karer, yo`llar, er uchastkalari). Ishlab chiqarish komponentlari asosida ishlab chiqarish jarayonlari tashkil qilinadi. Jarayon – bu berilgan vazifani bajarish va mehnat predmetini qayta shakllantirishga yo`naltirilgan elementar harakatidir. Korxonalar faoliyatini iste`molchialr talabiga moslashtirish va ishlab chiqaruvchilar huquqlarini himoya qilish uchun korxonalar faoliyatini litsenziyalashdan keng foydalaniladi. Litsenziyalash – korxona ishlab chiqaish va xizmat ko`rsatish doirasini turli maqsadlar yo`lida bir tomonga yo`naltirish va chegaralashga qaratilgan maxsus huquqlar yig`indisidir. Litsenziyalashda ishlab chiqaruvchilar faoliyatini iste`molchilar manfaatlariga moslashtirish quyidagilarni taminlashi lozim: korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot tavsifi va yo`nalishi; mahsulot ishlab chiqarish kalendar rejasi va bajarilgan hajmi; mahsulot sifatiga ta`sir qilmagan holda ishlab chiqarish xarajatlarini asoslash; ishlab chiqarishni qayta yo`lga qo`yish imkoniyati; tarmoq xususiyatlari ham hisobga olinishi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling