Рекомендательное письмо
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish bo`g’inlarini boshqarish
Download 0.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI
3. Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish bo`g’inlarini boshqarish.
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma`muriy xarakterdagi alohida faoliyat tushuniladi. Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi: buyumni, yani mehnat vositalarini boshqarish; odamlar ( ishchilarni )ni boshqarish. Buyumni boshqarish uning o`zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta`sir ko`rsatadilar va boshqarish sub`ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta`sir ko`rsatadigan ishchilar: bashqaruvchi tizimda boshqarishning ob`ekti (odamlarni boshqarish); boshqariladigan tizimda boshqarishning sub`ekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadilar. Shunday qilib ishlab chiqarishni boshqarish – ishchilarni boshqarishdan iborat bo`lib, ular o`z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta`sir ko`rsatishdir. Masalan, har bir korxona sexlararo asosiy va yordamchi sexlar o`rtasida, har bir sexda esa uchastkalararo; o`z navbatida har qaysi uchastkada yoki brigadada ishchilar o`rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo`ladi. Ishlab chiqarish faoliyatida ikki omil – shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi. Demak, ishlab chiqarishni boshqarish bevosita ishlab chiqarish jarayoniga ta`sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni boshqarish jarayonlarini o`z ichiga oladi va bu jarayonlar bir butun holda ishlab chiqarish va uning bo`g`inlarini boshqarishni tashkil qiladi, ular sirasiga quyidagilar kiradi: ish kuchini boshqarish; ishlab chiqarish vositalarini boshqarish; texnika va texnologiyani boshqarish; ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish; Ishlab chiqarish bo`g`inlarini boshqarish asosan boshqarishning professional-tarmoq funksiyasiga mos holda amalga oshiriladi. Korxonada ishlab chiqarishni va uning bo`g`inlarini boshqarish asosan quyidai tartibda amalga oshiriladi: Korxona ma`muriyatini bosh direktor boshqaradi. U asosan mulk egalari tomonidan tayinlanadi. Direktor korxona mulkini to`la o`ziniki kabi ishlatadi va shu asosda uni boshqaradi. Hamma ishni to`laligicha director o`zi boshqara olmaydi, bunday holatda unga o`z sohasi bo`yicha o`rinbosarlarga ishlarni taqsimlab beradi. Odatda ko`pgina firmalarda o`rinbosarlar ishlab chiqarish, tijorat va moliya, injener-texnik masalalari bo`yicha, kadrlar bo`yicha o`rinbosarlar tayinlanadi. Kichik korxonalarda o`rinbosarlar soni ko`pincha bittadan oshmaydi va u ham ishlab chiqarishni operativ boshqarish bilan shug`ullanadi, qolgan funksiyalarni direktorning o`zi bajaradi. Ishlab chiqarish bo`yicha direktor o`rinbosariga asosiy ishlab chiqarish sexlari, reja-ishlab chiqarish, dispetcherlik va transport bo`limlari bo`ysunadi. Ishlab chiqarish bo`yicha direktor o`rinbosari zimmasiga sexlarning faqatgina mahsulot ishlab chiqarish funksiyasigina amal qiladi, qolgan funksiyalarni (iqtisodiy, kadrlar, injener-texnik) boshqa o`rinbosarlar boshqaradilar. Rejali–ishlab chiqarish bo`limi asosan iste`molchilar buyurtmalari va joriy rejalarni amalga oshiradilar. Reja va grafiklar alohida sexlar, sexlarning ichida esa uchastkalar, brigadalar va ish o`rinlari bo`yicha tuziladi. Rejali-ishlab chiqarish bo`limi bu rejalarni bajarilishi ustidan nazorat qiladi. Dispetcherlik bo`limi korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini joriy tezkor nazoratini amalga oshiradi. U sexlar va ishlab chiqarish uchastkalarida ish rejimini buzilishiga y`ol qo`ymaslikni tashkil qiladi, ish va jarayonlarni bajarilishi haqida rahbariyatga axborot berib boradi. Transport bo`liminig majburiyatlariga esa korxona ichida va tashqarisida yuk tashish ishlarini tashkil qilish kiradi. Tijorat va moliya masalalari bo`yicha direktor o`rinbosariga rejalashtirish, marketing va savdo, moddiy-texnik ta`minot, moliya, ish haqi va mehnatni meyorlashtirish kabi bir qator bo`limlar bo`ysunadi. Injenerlik-texnik masalalari bo`yicha direktor o`rinbosari tomonidan loyiha-konstruktorlik, texnologik, texnik nazorat, energetika kabi sohalar va ular bilan bog`liq funksiyalar bajariladi. Kadrlar bo`limi odatda direktorga yoki uning o`rinbosarlaridan biriga bo`ysunadi. Uning vazifasiga ishlovchilarning ishga qabul qilinishi va bo`shatilishi, ularning ishga kelishlari, ish vaqti rejimiga amal qilishi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kabi bir qator masalalarni hal qiladi. Sexlarda bashqarishni tashkil qilish uchun korxona rahbari sex boshliqlarini tayinlaydi. Sex boshlig`ining vazifalariga korxona miqyosida amlga oshirilayotgan tadbirlar va yangiliklarni sex doirasida ijobiy amalga oshirilishini ta`minlashdir. Sexlarnig hajmiga qarab ishlar va boshqarish darajasi ham har xil bo`ladi. Masalan, yirik sexlarda o`z navbatida funksional bo`linmalar ham tashkil qilinishi mumkin. Ular sirasiga dispetcherlik byurosi, buxgalteriya, kadrlar bo`limi, va shu kabilarni kiritish mumkin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling