Рекомендательное письмо


Korxonani boshqarishning zamonaviy tamoyillari, shakllari va uslublari


Download 0.6 Mb.
bet15/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

2. Korxonani boshqarishning zamonaviy tamoyillari, shakllari va uslublari.

Korxonani boshqarish – bu xo`jalik rahbar organlari, korxona ma`muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishishini ko`zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga, ularning o`zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad yo`nalishida tartibli ta`sir ko`rsatishdir.


Korxonani boshqarishning zamonaviy uslublari quyidagi tamoyillarda namoyon bo`ladi;

  • maqsadlar birligi va hamfikrliligi;

  • doimiylik va ishonchlilik;

  • rejaviylik, proporsionalililik va o`sib borishlik;

  • demokratik;

  • boshqaruv uslublarining asoslanganligi va ilmiyligi;

  • boshqaruv samaradorligi;

  • shaxsiy, jamoaviy va davlat-jamiyat manfaatlarining bir butunligi.

Korxonani boshqarishning zamonaviy uslublari umumiy boshqaruv uslublaridan kelib chiqqan holda amal qiladi. Umuman olganda boshqaruv usullarini uchta guruhga bo`lish mumkin:

  • tashkiliy-ma`muriy uslublar;

  • iqtisodiy uslublar;

  • ijtimoiy-ruhiy uslublar

Korxonalarni boshqarish jarayonida rahbarlar bu uslublar bilan bir qatorda ma`lum vaziyatdan kelib chiqqan holda o`ziga hos yangi usul va uslublardan ham foydalanishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda korxona va tashkilotlarning asosiy faoliyatlari ishlab chiqarish bo`lganligi sababli iqtisodiy usullardan keng foydalaniladi. Boshqarishning iqtisodiy usullariga quyidagilar kiradi:

  • kredit va foiz stavkalari;

  • soliq va soliq yuki;

  • boj to`lovlari;

  • subsidiya va sanksiya;

  • litsenziya;

  • transfert to`lovlari;

  • baho va boshqa shu kabilar.

Rivojlangan mamlaklakatlardagi yirik firmalar boshqarub tizimida bir-birlaridan farqlanuvchi bir qator uslublardan foydalanishadi. Masalan “Fiat” konsernida hattoki yirik mustaqil, o`z balansiga ega bo`lgan korxonalarida ham markaziy ofis tomonidan quyidagi jarayonlar nazorat qilib boriladi:

  • mahsulot tannarxi;

  • sotish bahosi;

  • mahsulotga xizmat ko`rsatish va garantiyalar bo`yicha xarajatlar;

  • umumiy boshqaruv xarajatlari (savdo va reklama xarajatlari bilan birgalikda);

  • material zahiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish;

  • daromadlar;

  • tayyor mahsulot zahiralari (ehtiyot qismlar bilan birgalikda );

  • moliyaviy to`lovlar va qarzlar;

  • daromad qoldiqlari;

  • bozor ulushi (raqobatchilarning shu kabi ko`rsatkichlari bilan taqqoslagan holda);

  • mahsulot sotishni nisbiy o`sishi.

Markaziy ofisda bu kabi ko`rsatkichlarni to`plash va tahlil qilib borish bo`yicha maxsus funksional xizmat tashkil qilingan bo`lib, bu xizmat axborotlarni direktorlar kengashiga etkazib turadi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling