Рекомендательное письмо
Uchinchi ustuvor yo‘nalish
Download 0.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI
Uchinchi ustuvor yo‘nalish – aholini ish bilan ta’minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo‘nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va kasanachilik sohalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag‘batlantirishdan iborat.
Dunyodagi ko‘plab rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarning, avvalo, o‘zimizning o‘tgan yillar mobaynida to‘plagan tajribamiz bir haqiqatni yaqqol tasdiqlamoqda. Ya’ni, yuqorida zikr etilgan sohalar, birinchi galda, biz uchun eng o‘tkir bo‘lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish muammolarini hal etishda o‘ziga xos lokomotiv vazifasini bajaradigan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida biz tanlagan siyosatning mutlaqo to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan holda olib borilayotganini takror va takror isbotlamoqda. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, bu soha ichki bozorimizni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishda salmoqli hissa qo‘shmoqda. Ushbu soha bugungi kunda mamlakatimizda eng yirik mehnat bozori, mulkdorlarning o‘rta sinfini shakllantirishning asosiy omili, millionlab odamlar uchun daromad va farovonlik manbai hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish masalasi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirish bo‘yicha o‘ta muhim vazifani hal etish bilan bevosita bog‘liqdir. Bu vazifa 2008 va undan keyingi yillarda biz uchun asosiy ustuvor yo‘nalish bo‘lishi zarur. Yerlarning meliorativ holatiga oid vaziyat bizni tashvishlantirmasdan qolmaydi. Hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarning qariyb 8 foizining meliorativ holati yomon bo‘lib, bu avvalo tuproqning sho‘rlanish darajasi yuqoriligi va yer osti suvlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Salkam 330 ming gektar yer meliorativ holati qoniqarsizligi tufayli qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lib turibdi. Sug‘oriladigan yerlarning sifatini baholashning umumiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yer boniteti so‘nggi yillarda 55 ballgacha pasaydi. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm, Buxoro va Sirdaryo, Farg‘ona va Toshkent hamda boshqa bir qator viloyatlarda ahvol murakkabligicha qolmoqda. Bugungi kunda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish va uning samaradorligini yuksaltirishning muhim rezervi va hal qiluvchi omili, eng asosiysi – qishloq aholisining moddiy farovonligini ko‘tarishning zarur sharti va garovi bo‘lib xizmat qiladi. Biz mazkur muammoni hal etishni ko‘p jihatdan 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq holda ko‘ramiz. Ushbu dasturda melioratsiya inshootlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, melioratsiya texnikasi parkini yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni bajarish belgilangan. 2008-2012 yillarda umumiy uzunligi 3,5 ming kilometrdan ziyod bo‘lgan magistral, tumanlararo va xo‘jaliklararo kollektorlarni, mingdan ortiq melioratsiya qudug‘ini barpo etish va rekonstruksiya qilish, 7,6 ming kilometrlik drenaj tarmog‘ini qayta tiklash vazifasi qo‘yilmoqda. Birgina joriy yilning o‘zida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadlar uchun 75 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratish mo‘ljallanmoqda. Bu mablag‘larning katta qismi kollektor-drenaj tarmoqlarini qayta tiklash va tozalash, pudratchi va suv xo‘jaligi tashkilotlarini lizing asosida zamonaviy texnika bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi. Shu borada melioratsiya ishlarini moliyalashtirish mexanizmini ham tubdan qayta ko‘rib chiqish darkor. Bunda 2007 yili Moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi muhim rol o‘ynashi lozim. Shu bilan birga, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha o‘ta dolzarb vazifani amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari, banklar va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va uning samaradorligini oshirish ham katta ahamiyatga ega. Xalqimizning turmush darajasi va hayot sifatini izchil va bosqichma-bosqich yuksaltirib borish bo‘yicha bizning asosiy maqsadimiz ham ana shundan iborat. Shu sababli barcha rejalarimiz, resurs va imkoniyatlarimiz pirovard natijada ana shu bosh maqsadimizni amalga oshirishga qaratilmog‘i kerak. Iqtisodiy taraqqiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlari, yuksalib borayotgan moliyaviy imkoniyat va rezervlarimiz, ichki bozorimizning sifatli tovar va xizmatlar, birinchi navbatda yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barqaror ravishda to‘lib borayotgani aholining ish haqi va daromadlarini bosqichma-bosqich oshirib borish, mamlakatimiz iste’mol bozorini rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish uchun yetarli darajada ishonchli asos yaratmoqda. Shu bois, 2008 yilda joriy yil uchun ko‘zda tutilgan inflatsiya ko‘rsatkichlari doirasidan chiqmagan holda, o‘rtacha ish haqi miqdorini kamida 1,5 barobar oshirishni ta’minlash uchun tegishli manbalarni izlab topish muhim vazifa qilib qo‘yilmoqda. Qo‘lga kiritgan bunday yuksak marralarimiz – avvalambor, bunyodkor xalqimizning kechani kecha, kunduzni kunduz demay qilgan fidokorona mehnatining amaliy samarasi, demokratik yangilanishlar va bozor islohotlari yo‘lidan qat’iyat bilan oldinga intilib borayotganimizning berayotgan natijasidir. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling