Рекомендательное письмо
Kursning ahamiyati, ob`ekti, predmeti va vazifalari
Download 0.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI
2. Kursning ahamiyati, ob`ekti, predmeti va vazifalari.
“Korxonalar iqtisodiyoti” fani iqtisodiyot va fermer xo’jaligigni boshqarish mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlash tizimida umumkasbiy fanlar sirasiga kiruvchi fanlardan hisoblanib, u mutaxassis tayyorlashda o`ziga xos ahamiyatga egadir. Korxonalar iqtisodiyoti fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan bog`liqlikda malakali iqtisodchi kadrlar tayyorlashda o`ziga xos ahamiyatga egadir. “Korxonalar iqtisodiyoti” fanining mazmunini uning tarkibiy qismi tashkil qiladi. Fanning tarkibiy qismini korxonalarning tasniflanishi, turlari, tashkil qilish tartibi, tugatish tartibi, takomollashtirish yo`nalishlari, korxonaning xalqaro iqtisodiy aloqalari va boshqa turdagi korxona faoliyati bilan bog`liq masalalar tashkil qiladi. Kurs o`z oldiga qo`ygan vazifalaridan kelib chiqqan holda talabalarda mustaqil ravishda korxonani tashkil qila olish va uni samarali faoliyat olib borishini ta`minlay olish malakasini yaratishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uning alohida bog`inlarida iqtisodiyotni samarali yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan korxonalar iqtisodiyotini o`rganish butun mamlakat iqtisodiyotini yaxshi tomonga o`zgartitishga asos bo`ladi, chunki malakali kadrlarning korxonada olib boradigan ijobiy o`zgarishlari yakunda mamlakat iqtisodiyotini samarali rivojlantirishga olib keladi, shuning uchun ham fanni mukammal o`rganish yakunda mamlakat iqtisodiyoti uchun ham zarurdir. Har bir fan o`z oldiga ma`lum bir muammolarni hal qilish vazifasini qo`yar ekan, avvalo o`rganish ob`ekti, maqsadi, predmeti va vazifalari kabi umummetodolik yo`nalishlarini ajratib olishi lozim. Shu nuqtai-nazardan olganda korxonalar iqtisodiyoti fani ham o`z oldiga o`sha masalalarni hal qilish muammolarini echishi lozim bo`ladi. Boshqa fanlarda bo`lgani singari bu fanning ham predmeti va metodlarini aniqlab olishi lozim, aks holda tadqiqotlar nima haqida borayotganligidan tadqiqotchi adashishi mumkin. Avvalo, ob`ekt va predmet terminlariga aniqlik kiritib olaylik. Ob`ekt - muammoli jarayon vujudga kelgan va izlanish uchun tanlangan jarayon yoki qarash bo`lsa, predmet – ob`ekt chegarasida joylashgan barcha vositalardir. Ob`ekt va o`rganish predmeti ilmiy jarayon kategoriyasi sifatida umumiy va xususiy kabi moslashadi. Ob`ekt doirasida o`rganish predmetiga xizmat qiladigan qismigina ajratib olinadi va aynan o`sha qismga e`tibor qaratiladi. “Korxonalar iqtisodiyoti ” fanining ob`ekti bo`lib o`z-o`zidan kroxona faoliyati va u bilan bog`liq munosabatlar yig`indisi hisoblanadi. Predmeti bo`lib esa korxona ishlab chiqarish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan barcha vositalar, jarayonlar va usullar hisoblanadi. “Korxonalar iqtisodiyoti ” fanining asosiy maqsadi alohida xo`jalik bo`linmalari yani korxonalarda xo`jalik yuritishning qoida, qonun va vositalarini keng qamrovda o`rganish va amalda tadbiq qilishdan iboratdir. Qo`yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda fan o`z oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi: korxonaning mohiyati, maqsadi va tashkil qilish shart-sharoitlarni o`rganish; korxonaning faoliyat yo`nalishlarini ta`minlashni o`rganish; korxona faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yo`nalishlarini o`rganish. Mazkur fan o`z xususiyatlaridan kelib chiqib bir qator iqtisodiy, matematik va texnologik fanlar bilan bog`liqdir, xususan olganda, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, marketing, menejment, iqtisodiy-matematik usullar va modellar va boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog`liqdir. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling