Рекомендательное письмо


Tashqi savdo shartnomasini tuzish


Download 0.6 Mb.
bet59/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

2. Tashqi savdo shartnomasini tuzish.

Korxona tashqi iqtisodiy faoliyat shaklini tanlagach o`ziga munosib hamkor topishga harakat qiladi va uni topgach ular o`zaro tashqi savdo faoliyatini tartibga soluvchi shartnomani imzolashlariga to`g`ri keladi.


Tashqi savdo shartnomasi – bu hujjat bo`lib, unda importer va eksporter o`rtasidagi oldi-sotdi shartnomasining shartlari to`la bayon qilingan. Bu shartnomaga ko`ra tomonlar uning shartlarini qat`iiy bajarishlari lozim.
Amaliyotda tashqi savdo shartnomalari va ularni bajarilishini ta`minlovchi va tartibga soluvchi bir qator hujjatlar mavjud va ulardan keng foydalaniladi. Ulardan eng asosiysi 1980 yilda qabul qilingan tomonlar o`rtasidagi xalqaro oldi-sotdi shartnomalari to`g`risidagi Vena konvensiyasi hisoblanadi. Yana bir shunday manbalar sirasiga 1985 yilda qabul qilingan xalqaro oldi-sotdi shartnomalarida qo`llaniladigan huquqlar haqidagi Gaaga konvensiyasi hisoblanadi.
Tashqi savdo shartnomasida dastlab tomonlarning yuridik nomlanishlari, shartnomani imzolash muddatlari va joyi ko`rsatiladi.
Shartnomaning I bo`limi “Shartnoma predmeti” deb atalib, unda tashqi savdo operasiyasining turi, etkazib berish shartlari, tovarning aniq nomlanishi, miqdori va chiqishi ko`rsatiladi.
Shartnomaning II bo`limi “Tovarning sifati” deb atalib, unda tovarning sifat tavsifi, uni tasdiqlovchi hujjatlar va sifatini aniqlash usullari ko`rsatiladi. Xalqaro savdoda Tovar sifatini aniqlashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:

  • standartlar bo`yicha (milliy, xalaqaro, shuningdek, yirik sanoat firmalari standartlaridan foydalaniladi);

  • texnik shartlar bo`yicha( bu usuldam asosan mashina va uskunalar oldi-sotdi operasiyalarida foydalaniladi);

  • namunalar bo`yicha;

  • tovardagi alohida buyumlarning mavjudligiga qarab( masalan, xrustal qo`rg`oshin miqdori 21 %dan oshiq bo`lishi mumkin emas);

  • sotuvchi mamlaktdagi o`rtacha sifat talablariga mos kelishi bilan (agar shartnomada tovar sifati haqida ma`lumot ko`rsatilmagan bo`lsa);

Shartnomaning III bo`limi “Baho va shartnomaning umumiy qiymati” deb ataladi va bunda biror tomon valyutasida yoki uchunchi mamlakat valyutasidagi baholar va umumiy summa kelishiladi. Bu bo`limda shuningdek quyidagilar ham ko`rsatilishi kerak:

  • baholarning qayd qilish usullari yoki baho turlari;

  • baholardan chegirmalar va ularning hajmi.

Shartnomaning IV bo`limi “Etkazib berish muddati” bo`lib, unda etkazib berishning biror shaklidagi kelishuv aniq ko`rsatiladi.
Shartnomaning V bo`limi “To`lov shartlari” deb ataladi va unda to`lov muddati va joyi, muddati, usuli va shakli ko`rsatiladi.
Shartnomaning VI bo`limi “Topshirish-qabul qilish” deb ataladi va unda tomonarning topshirish qabul qilishdagi keliushuvlari aks ettiriladi.
Shartnomaning VII bo`limi “Tovarlarni qadoqlash va markalash” deb ataladi va unda qadoqlash va markalash turlari va shartlari to`la aks ettirib beriladi. Shunigdek bu bo`limda qadoqlash va markalashning noto`g`ri amalga oshirilganligi natijasidagi javobgarlik ham aks ettiriladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling