Releli himoya fanidan qayta o`zlashtirish


Download 63.48 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi63.48 Kb.
#1487922
Bog'liq
Releli himoya 2


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI ENERGO MEXANIKA FAKULTETI
RELELI HIMOYA FANIDAN


QAYTA O`ZLASHTIRISH

Guruh: 5A-20 EE


Bajardi:_______________
Tekshirdi:_____________

Navoiy 2023



Mavzu: Elektr ta’minoti tizimining almashtirish sxemasini tuzish va uning parametrlarini aniqlash

Reja:

  1. Elektr ta’minoti tizimining almashtirish sxemasini tuzish

  2. Elektr ta’minoti tizimining parametrlarini aniqlash

  3. Xulosa


Elektr taʼminoti — elektr energetikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, shahar xoʻjaligi, aholi va boshqalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda uning taqsimoti bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Unga elektr energiya manbalari, kuchlanishni oshiruvchi va pasaytiruvchi elektr st-yalari, taʼminlashtaqsimlash elektr tarmogʻi, turli yordamchi qurilmalar va inshootlar kiradi. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasining asosiy qismi sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladi.
Elektr taʼminotining asosiy manbalari elektr st-yalari (qarang Elektr stansiyasi), hududiy energetika tizimlarining energiya bilan taʼminlash tarmoqlari (qarang Elektr tarmogʻi). Yirik sanoat korxona
ʼminlash uchun issiqlikelektr markazlari IEM (TETS) dan foydalaniladi. Bularning quvvati sanoat korxonalari va shahar xoʻjaligining energiya va issiklikka boʻlgan ehtiyoji bilan belgilanadi (qarang Issiklikelektr markazi, Issiqlikelektr stansiyalari). Elektr taʼminoti tizimida koʻpincha yuqori kuchlanishli tok ishlatiladi. Maishiy korxonalar va uyroʻzgʻorda 220 V (kamdan kam hollarda 110 V), yirik sanoat korxonalari, transport va shahar xoʻjaligida 110 va 220 kV, ayrim yirik sohalarda 330 va 500 kV kuchlanishli elektr energiyasidan foydalaniladi.
Elektr taʼminoti tizimining sxemasi elektr energiyasi manbaidan energiyani isteʼmolchilarga uzatishda oraliq kommutatsiya va transformatsiya (kuchlanishni oʻzgartirish) bosqichlari soni kam boʻlishiga, energiya manbaini iloji boricha isteʼmolchiga yaqinroq qilib qurishga asoslanadi. Energiyani isteʼmolchilarga uzatishda kabelli va simli uzatish usullaridan foydalaniladi. Kuchlanishni oʻzgartiruvchi (asosan, pasaytiruvchi) st-yalar isteʼmolchilar zich joylashgan hududning oʻrtarogʻiga quriladi.
Oʻzbekistonda Elektr taʼminoti asosan, 20-asr boshlarida Toshkentda 2 elektr st-ya qurish bilan boshlandi. Eng yirik GESlar: Chorvoq GES, Xoʻjakent GES, Gʻazalkent GES, Farhod GES, eng yirik issiqlikelektr markazlari (IEM): Fargʻona IEM, Muborak IEM, Toshkent IEM; yirik elektr uzatish liniyalari (EUL) soni 20 dan ortiq (qarang Energetika). Resggublika shaharlari va qishloqlarini elektr bilan taʼminlash markazlashtirilgan.
Toshkent shahrida dastlabki elektr st-yalari 20-asr boshlarida qurilgan. Markazlashgan shahar Elektr taʼminotining boshlanishi Boʻzsuv GES ning birinchi navbati (1926) va 6 kV kuchlanishli oʻzgaruvchan tok kabel tarmogʻining ishga tushirilishi bilan bogʻliq. Hozir asosiy shahar Elektr taʼminoti manbalari: Toshkent DIES, Toshkent issiqlik elektr markazi (IEM), Toshkent GES lari kaskadi. Bundan tashqari, Elektr taʼminoti tizimida 60 dan ortiq kichik st-yalar, transformator punktlarq, taqsimlash punktlari, kabel va havo simlari bor.
Rele himoyasining asosiy vazifasi elektr tizimning shikastlangan elementlarini o‘chirgichlar yordamida avtomatik o‘chirish, bundan tashqari ulardagi nonormal rejimlarni aniqlash hisoblanadi. Eng xavfli shikastlanishning ko‘rinishi bu qisqa tutashuv hisoblanadi. SHuning uchun kurs ishini bajarishda avvalo berilgan tarmoqning barcha elementlaridagi QT tokining maksimal va minimal qiymatlarini aniqlashdan boshlash kerak. QT tokining maksimal qiymati himoyaning tanlovchanligini tekshirish uchun, minimal qiymati esa uning sezgirligini baholash uchun kerak.
QT tokining maksimal qiymati agar barcha ta’minlash manbalari qo‘shilgan bo‘lgandagi o‘rniga ega bo‘lsa, minimal qiymati esa ularning sonining minimal mumkin bo‘lgani hisoblanadi. QT toki kattaligining haqiqiy qiymatiga har bir alohida birlashmaning tarmoq konfiguratsiyasi, ularning elementlarini qarshiligi va hisob uchun qabul qilingan sxema ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun tahlil yo‘li bilan qaysi ko‘rinishdagi sxemada himoya qilinayotgan elementdan oqib o‘tadigan QT tokining maksimal qiymatini aniqlash kerak. Masalan, agar ikkita parallel liniya (transformator) mavjud bo‘lsa va ikkala liniya (transformator) qo‘shilgan bo‘lsa, podstansiyaning shinasidagi qisqa tutashishgan joyida QT toki maksimal bo‘ladi.
QT tokining kattaligi QT turiga va to‘g‘ri, teskari va nol ketma – ketlik qarshiliklarning o‘zaro munosabatiga bog‘liq. CHeksiz quvvatli ta’minot manbali va neytrali izolyasiyalangan tarmoqlarda tokning maksimal qiymati uch fazali QT ga, minimali qiymati esa ikki fazali QT ga javob beradi.
Kuchlanishi 35 – 0,4 kV li elektr ta’minoti tarmog‘ining almashtirish sxemasi tuzilayotganda liniyaning aktiv va reaktiv qarshiliklarini hisobga olish kerak, chunki aktiv qarshilikni hisobga olmaslik faqat r < 1/3∙x bo‘lgan hollarda ruxsat etiladi. Qarshiliklarning qiymatlarini bazis shartlarga keltirilgan nisbiy birliklarda ifodalash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun bazis quvvat Sb va transformatsiyaning barcha bosqichi uchun bazis kuchlanishlarni berish etarli, bazis kuchlanishlar sifatida o‘rtacha nominal kuchlanishlarni qabul qilish kerak, bular 115; 37; 10,5; 6,3; 3,15; 0,4 kV. U holda, tarmoqning asosiy elementlarini hisobiy ifodasi qarshiliklarning to‘g‘ri tashkil etuvchisi uchun quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
– transformatorlar uchun
,
bu erda, – transformator qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv tashkil etuvchisi, %; transformator qisqa tutashuv kuchlanishining reaktiv tashkil etuvchisi, %; – qisqa tutashuv kuchlanishi, %.
– liniya uchun

bu erda, x0 va r0 – berilgan markali liniya uchun 1 km ga to‘g‘ri keladigan induktiv va aktiv qarshiliklari, Om/km; l – liniyaning uzunligi, km; Ub – liniyaning o‘rtacha nominal kuchlanishiga to‘g‘ri keladigan bazis kuchlanish;
reaktor uchun

bu erda, xr – reaktorning induktiv qarshiligi; Inom – reaktorning nominal toki.
– cheksiz quvvatli sistema uchun

bu erda, Sqt – ta’minlanadigan podstansiyaning shinasidagi QT quvvati.
YUqorida keltirilgan munosabatlarga asoslanib tarmoqning ekvivalent almashtirish sxemasi tuziladi, shundan keyin QT ning hisobiy nuqtalari beriladi. Qoidaga asosan, hisobiy nuqtalar sifatida taqsimlovchi qurilmalarning shinalari qabul qilinadi. Bir vaqtning o‘zida yuqorida keltirilgan munosabatlarni hisobga olgan holda, hisobiy sxemaning har bir QT nuqtasi uchun tarmoqning barcha maksimal va minimal QT toklari hisoblanadi. Barcha hisobiy sxemalarda ularning tartib nomerlarini ko‘rsatgan holda tushuntirish xatida keltirilishi kerak.

Ushbu kurs ishida QT toklarining hisobiy qiymatlari uch fazali metallik qisqa tutashuvdagi davriy tashkil etuvchisining o‘rnatilgan qiymati kabi aniqlanadi. QT toki qiymatlarini QT nuqtalaridagi bazis kuchlanishga keltirish maqsadga muvofiq. Ushbu shartni hisobga olgan holda, bundan tashqari tarmoqning ekvivalent EYUK sini taxminan 1 ga teng deb, QT nuqtasi uchun uch fazali QT tokini quyidagi ifoda orqali topish mumkin:

bu erda, – bazis Ubi kuchlanishga to‘g‘ri keladigan bazis tok.
ZΣj – EYUK dan j QT joyigacha bo‘lgan oraliqning yig‘indi qarshiligi (bazis nisbiy birlikda).
Uch fazali QT tokidan foydalangan holda, ikki fazali qt tokini qiymatini aniqlash mumkin:

Fofdalanilgan Adabiyotlar:

1. Allayev Q.R, Siddiqov I.X, Ibragimov R.I «Stansiyua va podstansiyalarning elektr qismi» O`quv qo`llanma

2.Andreyev V.A «Rele ximoyasi va avtomatikasi» o`quv qo`llanma

3. G`ayibov.T.Sh, Shamsitdinov H.F «Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash» O`quv qo`llanma kollej va litseylar uchun

4. www.google.com sayti



5. www.wikipedia.org sayti
Download 63.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling