Releli himoya vazifasi va asosiy tushunchalar
Rele himoyasining ahamiyati va tuzilishi
Download 120.37 Kb.
|
9-МA’RUZA
Rele himoyasining ahamiyati va tuzilishi
Elektr ta’minoti tizimi faoliyatining o‘ziga xosligi avariya holatlari paydo bo‘lganda unda sodir bo‘ladigan elektromagnit va elektromexanik jarayonlarning tezkorligi sanaladi, buning natijasida operativ hodimlar ularning salbiy rivojlanishini bartaraf qilish uchun mazkur jarayonlarga aralashishga ulgura olmasliklari mumkin. Energo tizimi ish tartibini tezkor boshqarish uchun texnologik va tizimli avtomatika xizmat qiladi. Texnologik avtomatik alohida ob’yektlarda tartib jarayonlarini boshqaradi. Tizimli avtomatik energo tizimning yirik uzellarini boshqarishni amalga oshiradi va uning ishlash tartibiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tizimli avtomatika me’yoriy tartibli avtomatika va avariya tartibli avtomatikaga bo‘linadi. Me’yoriy tartibli avtomatika tarmoqdagi kuchlanishning zarur darajasi, tok chastotasi, faol va reaktiv quvvatlar iste’mol qilishning optimal tartibiga rioya qilishni ta’minlaydi. Avariya tartibi avtomatikasi tizimda me’yoriy bo‘lmagan tartib paydo bo‘lganda harakatga keladi, unga qisqa tutashuv, yuklamaning oshishi, kommutatsion va atmosfera kuchlanishlari oshishi, kuchlanish tebranishlari, generator aylanish chastotasining sakrashi kiradi. Me’yoriy bo‘lmagan tartiblar avariya uskunalar shikastlanishi, iste’molchilarga elektr energiyasi etib bormasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Me’yoriy bo‘lmagan ish tartibi paydo bo‘lgan tarmoq uchastkasi qancha tez o‘chirilsa avariya rivojlanishi uchun ehtimol shuncha kichik bo‘ladi. Sekundning ma’lum ulushida avariya uchastkasini aniqlash, uni quvvat manbasidan o‘chirish va ishlashda qolgan katta miqdordagi iste’molchilar uchun uzluksiz elektr ta’minotini yaratish kerak. Tarmoqning avariya uchastkasini qolgan energo tizimdan o‘chirish yuqori voltli o‘chirgich bilan amalga oshiriladi, uning simi maxsus boshqariluvchi mexanizm bilan ta’minlangan, u o‘chirgich holatini boshqaradi. Me’yoriy bo‘lmagan tartib va o‘chirgichning o‘chirish mexanizmiga ta’sir qiluvchi tartiblarni aniqlash uchun xizmat qiladigan avtomatik qurilmalar rele himoyasi deyiladi. Rele himoyasi avariya tartiblari avtomatikasiga kiradi. Uning vazifasi shikastlanish to‘satdan paydo bo‘lganda yoki energetik qurilmalar ishining me’yoriy bo‘lmagan tartiblarida shikastlanishlarni bartaraf qilish, yo‘qotishlarni oldini olish va qisqartirish, elektr ta’minoti tizimi barqarorligi, ishonchliligi va yashovchanligini ta’minlashdir. Rele himoyasi rele yordamida bajariladi. Rele uning miqdoriga ta’sir qiluvchi boshqariladigan tizimlarda sakrash shaklidagi o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi avtomatik ishlaydigan apparatni o‘zida aks ettiradi. Ta’sir qiluvchi miqdor rele moslashadigan muhit parametrlarini aks ettiradi (tok, kuchlanish, qarshilik, quvvat, harorat, suyuqlik yoki gaz bosimi.). Rele himoyasi tuzilmasi 1 - rasmda ko‘rsatilgan. Rele himoyasi o‘z ichiga O’O1, O’O2 bir yoki bir nechta o‘lchov organlari, LCH mantiqiy qismi, VO chiquvchi organini oladi. O‘lchov organi O’S1, O’S2 o‘lchov sxemasi va TS1, TS2 taqqoslash sxemasidan iborat. Rele himoyasi kirishida RZ TA tok transformatori yoki TV kuchlanish transformatoridan himoya qilinayotgan ob’ekt ish tartibi to‘g‘risidagi axborot manbasi sanalgan bir yoki bir nechta signallarni beradi. O‘lchov organlari olinadigan parametrlar to‘g‘risidagi axborotni tahlil qiladi va ishlash sharoiti bajarilganda mantiqiy qism kirishiga keladigan diskret signalni shakllantiradi. O‘lchov organi sifatida tok, kuchlanish, qarshilik, quvvat relasidan foydalanilgan bo‘lishi mumkin. 1 – rasm. Himoyaning mantiqiy qismida barcha o‘lchov organlaridan keladigan chiquvchi diskret signallar himoya ishi algoritmi bo‘yicha qayta ishlanadi va himoya vaqtini saqlash zarur bo‘lganda shakllanadi. Agar himoyaning ishlash sharti bajarilsa, bunda LCH chiqishida VO chiquvchi organ kirishiga keladigan diskret signal paydo bo‘ladi va Q o‘chirgich EO o‘chirish elektromagnit g‘altagiga tushadi. RZ yoki uning alohida qismlari ishlashi to‘g‘risidagi axborot signalizatsiya blokiga chiqadi. Download 120.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling