Relg‘efning chiziqlar bilan tasvirlanish mohiyati
Yotiq chiziqlar turlari. Relg‘ef shakllarining shartli belgilari
Download 1.64 Mb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xaritalarda joylardagi balandlik va o‘zaro yuqori nuqtalarni aniqlash.
Yotiq chiziqlar turlari. Relg‘ef shakllarining shartli belgilari. Relg‘efning asosiy kesimiga tegishli yotiq chiziqlar asosiy deb aytiladi.
Ular xaritada ingichka uzluksiz chiziqlar bilan chiziladi, hisob qulayligi uchun har beshinchi yotiq chiziq qalinlashtiriladi. Xaritada asosiy yotiq chiziqlar bilan ko‘rsatib bo‘lmaydigan alohida cho‘qqilar, pastliklar va tog‘ bag‘irlarini tasvirlash uchun, yarim va yordamchi yotiq chiziqlardan foydalaniladi. Xaritalarda ular uzuq-uzuq chiziqlar bilan chiziladi. Bunda yordamchi yotiq chiziq xalqalarining uzunligi, yarimtaliklardan taxminan ikki barobar qisqa bo‘ladi. Relg‘ef shakllarining xaritalarda shartli belgilar bilan tasvirlanishi quyidagi ko‘rsatilgan. Jarlik, tepalik, chuqurlik, kovak va qo‘rg‘onlarning shartli belgilari yonida ularning balandligi (chuqurligi) to‘g‘risida mahlumot metrda, jarlik va suv yuvib ketgan joylar esa kasrda; suratida – kengligi, maxrajida – chuqurligi yozib ko‘rsatiladi. G‘or aloxida shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Ularning sonli ko‘rsatkichi kasr tuzulishida; suratida – kirish joyining o‘rtacha kengligi, maxrajida – g‘orning metrda uzunligi yozib ko‘rsatiladi. Shuningdek, qoyalar, qumli, toshli va boshqa tog‘ jismlarining o‘pirilib tushishida xosil bo‘lgan uyumlar, maxsus shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Joydagi maydon relg‘efining xar hil tavsifini xaritada tasvirlanishi quyidagi 36 - rasmda ko‘rsatilgan. Xaritalarda joylardagi balandlik va o‘zaro yuqori nuqtalarni aniqlash. Joylardagi nuqtalarni dengiz satxidan balandligini, xaritada yotiq chiziqlarning balandlik ko‘rsatkichi va xaritaga kiritilgan relg‘ef kesishmasini balandligi yordamida aniqlanadi. Agar, nuqta yotiq chiziqda joylashgan bo‘lsa, uning mutloq balandligi shu yotiq chiziqning belgi ko‘rsatkichiga teng. Masalan quyidagi rasmda belgisi 200m bo‘lgan yotiq chiziq saroy orqali o‘tgan. Demak, saroy 200m balandlikda joylashgan. Yotiqli chiziq belgi yozuviga ega bo‘lmagan xollarda, uning ko‘rsatkichi boshqa yotiq chiziqlarning belgilaridan yoki joylardagi balandlik nuqtalaridan aniqlanadi. Aytaylik, joydagi alohida turgan toshning balandlik nuqtasini aniqlash kerak. Aloxida turgan toshning shartli belgisi, ko‘rsatkichi bo‘lmagan yotiq chiziqda joylashgan Yotiq chiziqdagi chiziqchalar (qiyalik ko‘rsatkichi) qiyalikni irmoq tomon pasayishini ko‘rsatmoqda. Aloxida tosh turgan yotiq chiziqning chap tomonida 200 ko‘rsatkichli qalin yotiq chiziq joylashgan. Kesishma balandligi 10m ga teng. Demak, alohida turgan toshning shartli belgisidan o‘tgan yotiq chiziq 190 ko‘rsatkichiga ega, bu ko‘rsatkich nuqtaning balandligi hisoblanadi. Agarda nuqta yotiq chiziqlar oralig‘ida bo‘lsa, unda uning mutloq balandligi shu yotiq chiziqlardan birining balandlik ko‘rsatgichi yordamida aniqlanadi. Buning uchun yotiq chiziqni balandlik ko‘rsatkichi qiymatiga, nuqtani shu yotiq chiziqdan uzoqlashgan oraliq qismi (nuqtani yotiq chiziqqa nisbatan joylashuviga qarab) qo‘shiladi yoki ayiriladi. Joydagi nuqtalarning o‘zaro balandligi ularning mutloq balandligi farqi bilan aniqlanadi. Masalan, 236,3 ko‘rsatkichli tepalik balandligi, ko‘rsatkichi 177,8 bo‘lgan CHuqurlik ko‘lidan; 236,3 – 177,8 = 58,5 metrga farq qiladi. Qiyalik cho‘qqilari balandligi va pastliklar chuqurligi nisbatini, ulardagi yotiq chiziqlarning orliq masofa soni bilan aniqlanadi. Qiyalikni nisbiy balandligini olish uchun, qiyalikning yotiq chiziqlari orasidagi masofa sonini hisoblab, uni kesishma balandligiga ko‘paytirish kerak. Masalan, 236.3 ko‘rsatkichli bo‘lgan janubiy – g‘arbdagi qiyalikda uchta asosiy chiziqlar oralig‘i, bitta asosiy va qo‘shimcha yotiq chiziqlar oralig‘i mavjud. Kesishma balandligi 10m bo‘lsa, qiyalikning nisbiy balandligi 3,5 x 10m= 35m bo‘ladi. E’tiboriz uchun RAHMAT Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling