Reliable lawyer protection


Download 22.8 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi22.8 Kb.
#1224620
Bog'liq
Zafar hisobot


TDYU 4- bosqich Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi Jamolov Zafarjon Yigitali o’g’lining 2023- yil 06-10 – fevral kunlari Toshkent shahar “RELIABLE LAWYER PROTECTION ” advokatlik byurosida o’tagan amaliyoti yuzasidan haftalik
HISOBOTI



“Advokatura to’g’risida”gi qonun bilan batafsil tanishib chiqdim. Ushbu qonunning advokatlar faoliyatidagi ahamiyatini, uning ijrosini, qo’llanilish doirasini, amaliyotda uhraydigan xató va kamchiliklarni, turli xil muammolarni, advokatlik litsenziyasiga ega bo’lish tartibini, advokatura faoliyati prinsiplari, tashkiliy tuzilmalari va ularning o’zaro o’xshashigi va farqlarini o’rganib chiqdim.

06.02.2023

Advokatning o’z kasbiy faoliyatini amalga oshirish paytida uning qanday huquq va majburiyatlari, qanday vazifalari borligini o’rgandim. Advokatlik kasbining etikasi qoidalari haqida batafsil tushunchaga ega bo’ldim. O’z rahbarimdan ushbu qoidalarning ahamiyatini, qo’llanilishini, amaliyotda uchraydigan xato va kamchiliklarni, muammolarni batafsil o’rgandim.

07.02.2023

“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”gi qonun bilan tanishib chiqdim. Ushbu qonunning advokatlar faoliyatidagi ahamiyatini, uning ijrosini, qo’llanilish doirasini, amaliyotda uhraydigan xató va kamchiliklarni, turli xil muammolarni, advokatlik qasamyodi, daxlsizligi, vakolatlari, yuridik yordam ko’rsatish tartibini o’rganib, atroflicha tahlil qildim.

08.02.2023

Advokatning sog’lig’I va hayotining muhofaza qilinishini o’rgandim. Bundan tashqari, advokatura tizimi bilan davlatning o’zaro munosabatlarini tahlil qildim.

09.02.2023

Advokat tomonidan davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga advokatlik so’rovi berish, uning tartib va qoidalarini o’rganib chiqdim. Bundan tashqari, “Pochta aloqalari to’g’risida” gi qonunni ham amaliyotda qanday tartibda amalga oshirilishini, ushbu qonunga qaysi holatlarda rioya qilinmayotganligini, ushbu qonunning ahamiyatini tahlil qildim.

10.02.2023

Amaliyot joyidan biriktirilgan rahbari, _____________
advokat ­


Amaliyotchi talaba Z.Yigitaliyev _____________
10.02.2023
Download 22.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling