Renaissance University Guruh: 3 Talaba: Abdumannonov Nuriddin
Download 10.17 Kb.
|
Germaniyadagi tarixiy maktablar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vilgelm Georg Fridrix Rosher
Fridrix List (1789-1846 yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug'ildi. U o'qishni 15 yoshda tugatib, hunarmandchilik ustaxonasida otasiga shogird bo'lib ikki yil ishladi. Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir vaqtning o'zida Tyubingen universitetini huquq mutaxassisligi bo'yicha tugatdi. F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a'zosi bo'lib, o'zining keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. Bunday siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab bo'ldi. Natijada u 1825 yilda Germaniyani tark etib, AQShga doimiy yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug'ullandi, keyinchalik nemis gazetalarining muharriri bo'ldi hamda sanoat sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat qiluvchi Germaniya va AQShda sanoat rivojlanishi xususiyatlarini chuqur o'rganib, Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy dasturni tayyorladi.
1832 yildan F.List Evropaga qaytib AQShning Leypsigdagi elchisi bo'lib ishladi. Germaniyaga qaytgandan so'ng olim Augsburg shahrida yashab, ilmiy ishini davom ettirdi. U xuddi ana shu buyuk davlatchilik, shovinistik kayfiyatdagi asarlarini yaratib, nemis imperializmining dastlabki himoyachilariga yo'l ochib berdi. List urushlar va bosqinchilikning tarafdori bo'lib, dehqonchilik holatidan dehqonchilik-sanoat holatiga o'tishga ko'maklashadigan urushlarni yoqlaydi. U Janubiy-sharqiy Evropadagi bo'sh erlarni Germaniya bosib olishi zarur, deb hisoblaydi. List hayotining so'nggi yillarida Angliyaga bo'lgan o'z munosabatini o'zgartiradi, chunki u doim Angliyani Germaniyaning birlashishiga va sanoat rivojiga qarshi deb hisoblardi. List hayotining so'nggi yillarida Angliyaga bo'lgan o'z munosabatini o'zgartiradi, chunki u doim Angliyani Germaniyaning birlashishiga va sanoat rivojiga qarshi deb hisoblardi. Endi uning fikricha, Angliya Germaniyaning qit'a qo'shnisi hisoblangan Fransiya va Rossiyaga qarshi harakatlarda qo'llashi mumkin edi. List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik namoyandasi bo'lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo'lib faoliyat ko'rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo'lgan qiymat va daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. VILGELM GEORG FRIDRIX ROSHER 1817-184 Gettingem va Leypsig dorilfununlarining professori Vilgelm Georg Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi. 1843 yilda u «Tarixiy usul nuqtai nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari» kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlarning ob'ektivligini rad qilish bu ta'limotning o'zagidir. V.Rosher ijtimoiy iqtisodiyotning umumiy qonuniyati yo'q, balki faqat iqtisodiy omillar taraqqiyotininggina qonunlari bor, deb da'vo qilgan edi. Siyosiy iqtisod millat oldida burch tuyg'usiga ega bo'lgan ma'naviy fandir. V.Rosher siyosiy iqtisod predmetini ta'riflashda Listning sistemasini to'la-to'kis qabul qilib olib, jamiyat asta-sekin rivojlanadi deb hisobladi va sinfiy kurash mavjudligini inkor etdi. Rosher urushning madhiyachisi edi, u urushni tabiiy holat deb hisobladi va Germaniyani mustamlakalar va ta'sir doiralarini bosib olishga chaqirdi. Rosher tarixiy fiziologik deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yo'lini, unga xos bo'lgan feodal sarqitlarni (dehqonlarning er egalariga bo'ysunishi, xunarmandlarning uyushmalariga va tabaqalariga xos cheklashlarini) tarixan oqlashdan va ko'klarga ko'tarib maqtashdan, faktlarni to'plashdan va shu faktlarni tarixiy o'xshashliklar asosida izohlashdan iborat. Download 10.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling