Renessans ta’lim universiteti matematika fanlaridan oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini nazorat qilish shakllari mavzusidagi kurs ishi bajardi


Download 0.59 Mb.
bet8/9
Sana09.07.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1659357
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Matematika fanlaridan oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini

VI. Uyga vazifa berish.
Uyga vazifa 68-, 69-misol va masalalarni bajarib kelish. 68-masala o‘quvchilarga tushuntiriladi. 69-misoldan esa bitta namuna yechib ko‘rsatib beriladi.
630 : 9 + 70 ∙ 3 = 70 + 210 = 280 qolgan misollar ham shu tarzda bajarilishi tushintiriladi.


XULOSA
Boshlang’ich sinf matematika darslarida yangi texnologiyalardan foydalanish shaxs kamolotini ta’nlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o‘z ustida ishlash, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarning ham shakllanishiga zamin yaratadi.
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida ta’lim samaradorligiga erishish maqsadida, dars o’tish jarayonida o’quvchilar faolligini oshiruvchi interfaol metodlardan, multimedia texnologiyalaridan o’z o’rnida unumli foydalanishga alohida e’tibor berish zarur. Darsga doir tanlanadigan misol, topshiriq va masalalar aniq bir sistemani tashkil qilishligi, o‘ziga xos tanlash usuliga va o‘qitishning aniq bir maqsadiga qaratilishi zarur.
Tanlangan metod va topshiriqlar mazmuni boshlang‘ich sinfda matematika o‘qitishning maqsad va vazifalariga mos kelishi zarur va buning natijasida o‘quvchi aniq ilmiy bilimga va amaliy malakaga ega bo‘lishi kerak.
1-4- sinflarda joriy etiladigan yangi texnologiya avvalo, fanlar orasidagi bog‘liqlikni ta’minlash (integrativ), ortiqcha qiyinchilikni bartaraf etish, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik va ijodkorlik muhitini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish imkonini beradi.
O‘qituvchi darsda turli pedagogik usullardan foydalansa, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida to‘siq yo‘qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi; kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi; chunki darsda majburiy bilim berish bo‘lmay, ilmni ixtiyoriy qabul qilish albatta ijobiy natijaga olib keladi. Buning uchun metodik usullarni tavsiya etishga harakat qildik. Matematikani o‘qitishda ta’lim texnologiyalarni tatbiq etish zarur deb hisoblaymiz.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling