Renessans ta’lim universiteti mavzu: sinfda o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish metodikasi mavzusidaga kurs ishi bajardi


Sinfdan tashqari o‘qishning maqsad va vazifalari


Download 60.21 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi60.21 Kb.
#1569658
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SINFDA O‘QISH VA SINFDAN TASHQARI O‘QISH METODIKASI

1.2. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsad va vazifalari
Sinfdan tashqari o‘qish 1-sinfda haftada 1 marta savod o‘rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adaboyoti bilan tanishtiriladi.Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir.Asosan bu sinf o‘quvchilariga kitob bilan muomila qilish,kitob o‘qish qoidalari, kitobni asrash,asar qahramonlarining hatti-harakatlarini kuzatish,ijobiy tamonlarni o‘rganish,obrazli qilib qayta hikoya qilib berish, bilim,ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.Bu sinf o‘quvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi.O‘qituvchi bolalarning his-tuyg‘ularini o‘stiradigan kitoblarni o‘qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz,uning go‘zal shaharlari,qishloqlari,milliy urf-odatlari,qadriyatlari,o‘tmishi,insonlarning orzu istaklari bilan tanishtiradi.Ularda bilimga havas uyg‘otadi.
2-sinfda o‘quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o‘qituvchining yordami va Topshiri‘‘i asosida mustaqil o’qishga o‘tadilar.Bu 2- sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o‘qish darlari o‘tkaziladi. Ona Vatan va ota bobolar jasorati, o‘simliklar,qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarini o‘qituvchi topib,tanlab o‘quvchilarga o‘qish uchun tavsiya qiladi.
3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari uchun kishilarninig hayoti,yorqin tasvirlardan,ularning ma’naviy ahloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommobop asarlar tavsiya etiladi.3-4 sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi.Bu sinflarda o‘qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo‘lgan o‘quvchilar yoshiga mos kitoblarni o‘qish darslari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi.Bu sinflarda o‘qituvchi sinf kutubxonasiga kerakli bo‘lgan o‘quvchilar yoshiga mos kitoblarni to‘plashni davom ettiradi. Sinfdan tashqari o‘qish burchagi turlicha bezatishi mumkin.Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorlikda ish olib boradilar.Badiiy va ilmiy-ommobop asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsagina, o‘quvchilarning dunyoqarashlarini kengaytirishga,shakllantirishga xizmat qiladi.Sinfdan tashqari o‘qish bolalarda ezgulikka muhabbat,yozuvlikka nafrat uyg‘otish,bog‘lanishli nutqni o‘stirish,adabiy-estetik tafakkurlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.Bolalr adabiyoti avvalo o‘zining qiziqarli mazmuni,badiiy obrazlarning go‘zalligi,tilning ifodaliligi,she’riy so‘zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi.Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko‘rsatadi.Bolalar adabiyoti o‘quvchilarga jonajon o‘lka, tabiyatini,kishilarning mehnati,hayoti,ularning qilayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan qahramonliklari,bolalar hayotidan olingan voqelikni , bolalarning o‘yinlarini tushunshga o‘rgatadi.
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qishga kichik yoshdagi o‘quvchilarni ona tilini puxta o‘zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi.Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi kichik yoshdagi o‘quvchilarni bolalar adaboyoti va xalq o‘gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashdan iboratdir.Sinfdan tashqari o‘qish dasturining mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki-asosiy bo‘limga ajratiladi.
1-boshqichda o‘qish doirasi , ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi.
2-bosqichda shu o‘quv materiallari asosida bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
Mana shunday tadbirlar bevosita oʻquvchilarda Vatanga e’tiqodni tarbiyalash ishlari bilan bog`liq holda olib boriladi. Bu tadbirlarga material tanlashda eng qimmatli manba bo`lib milliy qadriyatlar namunalari hisoblanadi.
Oʻqituvchi tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda kuyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim:
- tarbiyaviy tadbir oʻquvchining yoshi, ruhxiy holatiga mos boʻlishi lozim;
- har bir tarbiyaviy tadbir darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi kerak;
- tarbiyaviy tadbir aniq maqsad va reja asosida uyushtirilishi kerak;
- tadbir orqali boshlangʻich sinf o`quvchilarida jamoatchilik, uyushqoqlik, oʻzaro yordam kabi ahloqiy sifatlar tarbiyalanib borishi darkor.
Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari tadbirlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Tadbirni rejalashtirish;
2. Tadbir yuzasidan o`quvchilarga tushuncha berish;
3. Tadbirni tashkil qilish jarayonida sinf o`quvchilarining barchalarini ishtirok etishini ta`minlash;
4. Oʻquvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda maishiqlarni taqsimlash;
5. Tadbirni amalga oshirish;
6. Tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash.
Bosqichlarning har biri oʻqituvchi tomonidan oldindan chuqur oʻrganilgan bo`lishi lozim.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yordam beradigan quyidagi metodik tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik:
1. Boshlangʻich sinf o`quvchilarining sinfdan tashqari tadbirlariga rahbarlik qilishda, avvalo o`tkazilayotgan tadbirning ahamiyatiga, ijtimoiy xarakteriga e`tibor berish kerak;
2. Yaxshi ishtirok etgan oʻquvchilarni, sinfni maktab jamoasi oldida moddiy va ma’naviy jihatdan ragʻbatlantirish;
3. Darsdan tashqari tadbirlar orkali oʻquvchi shaxsidagi axloqiy sifatlarni rivojlantirish yoʻllarini izlash;
4. Sinfdan tashqari mashgʻulotlarga rahbarlik qilishda milliy qadriyatlar ta’siri vositasida ba`zi oʻquvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bar- taraf qilib borish;
5. Boshlangʻich sinf o’quvchilari bunday tadbirlarda zoʻr ishtiyoq bilan qatnashadilar. Ba’zan hamma oʻquvchilar ham birdek talabga javob bera olmay- dilar, shu sababdan ularning ishtirokiga asta- sekinlik bilan erishish.
Mazkur ishlarni amalga oshirishda xar- bir boshlangʻich sinf oʻqituvchisi eng avvalo, tashkil qilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini chuqur oʻrganishi, uning natijalariga jiddiy eʻtibor berishi va bu bilan oʻquvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etishga intilmogʻi, Vatanga e’tiqod, milliy gʻurur, Vatan ravnaqi uchun xizmat kilish, qolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yoʻllarini izlamogvi lozim.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari tarbiyaviy faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning darsda olgan bilimlarini amalda isbotlash maqsadida turli kechalarni, bellashuvlarni oʻtkazish maqsadga muvofiq.
Buning uchun, avvalo oʻtkazilayotgan tadbir haqida bolalarda tushuncha xosil qilish, Vatan haqidagi she’rlarni yod oldirish, oʻquvchilarning oʻzlari chizgan suratlar namoyishini tashkil qilish, koʻrinishlarni tayyorlash bilan estaliklarga tayyorgarlik koʻriladi.
Milliy bayramlarimizni boshlangʻich sinf oʻquvchilari bilan birgalikda nishonlash, avvalo oʻquvchilarda ona- Vatanga, tabiat va jonzotlarga nisbatan mehr- muhabbat, gʻurur va iftixor hissini tarbiyalaydi. Bu kabi tarbiyaviy ishlarning natijasida boshlang`ich sinf oʻquvchilarining lugʻat boyligi oshadi, dunyoqarashi kengayadi, asosiysi darsda olgan bilimlarini mustahkamlanadi, xotirasida uzoq vaqt saqlab qoladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, oʻquvchilar birdamlikka, jamoa bo`lib ishlash koʻnikmasiga ega boʻladilar.
Xuddi shunday ijobiy sifatlarni boshlangʻich sinf oʻquvchilarida tarbiyalab borishda ertaliklarning oʻz oʻrni bor.
Ertaklar bolalar uchun juda qiziqarli, tarbiyaviy jihatdan ahamiyatga ega boʻlgan tarbiya vositalaridan biridir. Ertaliklarda deyarli barcha sinf oʻquvchilari ishtirok etadilar. Ularga tayyogarlik koʻrishning oʻziyoq bolalarda qiziqishni uygʻotadi. Bolalar ertalik munosabati bilan sheʻr, qoʻshiqlar yodlashi, raqs tushishi va albatta milliy qadriyatlarimiz namunalari bilan tanishishi har tomonlama foydalidir.
Biz kuzatishlar olib borayotgan maktablarning aksariyat qismida ertaklarni oʻtkazishga kam e`tibor beriladi, ba’zi sinflarda umuman oʻtkazilmasligi ayon bo`ldi.
Ertaklar quyidagi tartibda oʻtkazilsa, yaxshi natija beradi.
- ertakning mavzusini tanlash va mavzu yuzasidan materiallar toʻplash;
- ertakning dasturini rejalashtirish;
- ertakka mehmonlar taklif etishni rejalashtirish;
- ertak oʻtkaziladigan joyni aniqlash va bezash;
- ertakni muvaffaqiyatli oʻtkazish va qatnashchilarni ragʻbatlantirish.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari bilan «Navroʻz bayrami», «Mehrjon bayrami», «Gullar bayrami », «Alifbo ertagi», “Oltin kuz” va boshqa ertaklarni uyushtirish mumkin.
Shuningdek, Navroʻz bayrami xalqimizning eng qadimiy qadriyatlaridan biridir. Uni necha ming asrlardan buyon ajdodlarimiz nishonlab kelishadi. Navroʻz kelishi bilan tabiat uygʻona boshlaydi. Bu kun tabiatning oʻzidan kelib chiqqan holda, kun va tun tenglashuvi, kunlarning uzayishi, dalalarda ishlarning avj olishi bilan, tabiatning uygʻonishi va yashillanishi bilan boshlanadigan xalq bayramidir. Shu munosabat bilan yurtimizning barcha shahar va qishloqlarida, korxona- yu, tashkilotlarida, maktabu- bogʻchalarida “Navroʻz” bayramiga bagʻishlangan sayillar, tadbirlar, namoyishlar, bellashuv va koʻrik- tanlovlar oʻtkaziladi.
Boshlangʻich sinflarda bu ishlarning davomi sifatida «Navroʻz bayrami» ertaligini tashkil qilish mumkin. Bu borada boshlang’ich sinf oʻqituvchilari “Navroʻz”, “Bahor” haqidagi she`rlarni ifodali oʻqib berib, oʻquvchilarni bahor kelganidan ogoh etishi va bu tadbirga ularni jalb etishlari mumkin. Ertalikda barcha o`quvchilarni ishtirok etishini ta`minlash lozim. Shuningdek, musiqa oʻqituvchisi yordamida bolalarga Navroʻz, Bahor, Vatan, Tabiat haqidagi alohida va guruh ishtirokida aytiladigan ashulalar oʻrgatiladi. Mana shu tantanaga tayyorgarlik koʻrishning oʻziyoq bolalarga benihoya zavq- shavq bagʻishlaydi. Oʻqituvchining bayramga atab devoriy gazeta chiqarishi, unda bahor, tabiatning tasvirlanishi ham bolalarda koʻtarinki kayfiyatni hosil qiladi. Biz yuqorida aytganimizdek, ertalik munosabati bilan bolalarning she’r yodlashi, qoʻshiq va raqslarni, bahor, tabiat, hayvonlar toʻgʻrisidagi topishmoq, tez aytishni oʻrganishlari ertalikni qiziqarli, ta’sirchan oʻtishiga katta yordam beradi. Ertalik mazmunini boyitadigan obrazlar: Navroʻzoy, Dehqonbobo, Gullar, Bahoroy, Quyosh bobo, hayvonlardan: Ayiqpolvon, Quyoncha, Olmaxon, qushlarning ishtiroki bayramga yanada koʻrk bagʻishlab bolalarning qiziqishini yanada oshiradi.
Ertalikka ota- onalar va boshqa mehmonlar taklif qilinadi. Bu ertalik, ya’ni, «Navroʻz» bayrami ertaligi orqali oʻquvchilar yurtimiz tabiati, undagi bahor munosabati bilan bo`ladigan tabiat hodisalari, kattalar mehnati xaqida ma’lumotga ega boʻladilar. Qolaversa, bu ertalik orqali bolalar ona- tabiatni asrashga, jonvorlarga ozor bermaslikka, tevarak- atrofni ifloslantirmaslikka, daraxt va ko`chatlarni ko`paytirish ishlariga oʻz hissalarini qoʻshishda qatnashadilar. Shu bilan birga o`quvchilar bu estalik orqali, «Navroʻz» bayrami xalqimizning e’zozlab keladigan qadriyatlaridan biri ekanligini anglab etadilar.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishda rolli hamda ishbop oʻyinlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻquvchilarda muayyan faoliyat yuzasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy koʻnikma va malakalarga aylantirish, ularda ta’limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbop o`yinlar oʻziga xos oʻrin tutadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida qoʻllash nihoyatda qulay boʻlgan bir qator oʻyinli texnologiyalar yaratilgandir.
Jamiyatdagi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni aks ettirishga, oʻquvchilarning muayyan bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan hamda kasbiy sifatlarini tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yoʻllash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga mo`ljallangan didaktik oʻyinlarni ishbilarmonlar oʻyini deyiladi. Ishbilarmonlar oʻyini ham boshqa oʻyinlar kabi oʻqituvchi va oʻquvchilardan puxta tayyorgarlik koʻrishni talab etadi.
Oʻqituvchi ishbilarmonlar oʻyinini uyushtirishda quyidagi vazifalarni bosqichma- bosqich amalga oshirishi zarur:
1. Oʻyin mavzusini oldindan belgilash.
2. Didaktik oʻyinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma- ketligi, oʻquvchilar bajarishi lozim boʻlgan topshiriqlarni aniqlash va rejalashtirish.
3. Didaktik oʻyin davomida oʻquvchilar oldiga qoʻyiladigai oʻquv- bilishga oid muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yoʻllarini aniqlash va loyihalash.
4. Oʻquvchilarni didaktik oʻyinning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, didaktik oʻyin talab etadigai vazifalarni taqsimlash, har bir o`quvchiga aniq yoʻllanma berish.
5. Mazkur oʻquv- bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda oʻquvchilarning avvalgi mavzulardan oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini tanish, odatiy va kutilmagan vaziyatlarda qoʻllash imkoniyatlarini aniqlash.
6. Oʻquvchilarning didaktik oʻyinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat qilish.
Didaktik o`yinli darslarniig muvaffaqiyati, avvalo, oʻquvchilarning mazkur oʻyinlarga puxta va qizgʻin tayyorgarlik koʻrishlariga, oʻqituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish hamda mohirlik bilan boshqarishiga bogʻliq. Oʻquvchilarning bunday oʻyinga tayyorgarlik koʻrish faoliyati quyidagi masalalarni bilishni taqozo etadi:
1. Didaktik oʻyinning maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari bilan tanishish.
2. Didaktik oʻyin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatni aniqlash.
Biz sinfdan tashqari o‘qish metodlarini, sinfdan tashqari o‘qishning maqsad va vazifalarini tahlil qilib chiqdik. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi kichik yoshdagi o‘quvchilarni bolalar adaboyoti va xalq og‘zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashdan iboratdir.Sinfdan tashqari o‘qish bolalarda ezgulikka muxabbat,yozuvlikka nafrat uyg‘otish, bog‘lanishli nutqni o‘stirish,adabiy-estetik tafakkurlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.Bolalr adabiyoti avvalo o‘zining qiziqarli mazmuni,badiiy obrazlarning go‘zalligi,tilning ifodaliligi,she’riy so‘zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch bahsh etadi.Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko‘rsatadi.Bolalar adabiyoti o‘quvchilarga jonajon o‘lka, tabiyatini,kishilarning mehnati,hayoti,ularning qilayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan qahramonliklari,
bolalar hayotidan olingan voqelikni,bolalarning o‘yinlarini tushunishga o‘rgatadi.Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi.O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar,so‘ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‘tadilar.Bunga asosan o‘qituvchi o‘quvchilar bilan maktab kutubxonasiga,3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib,bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boriladi.Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o‘quvchilarga ertak,hikoyalar o‘qishga yordam beradi.

Download 60.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling