Renessans ta’lim universiteti
Download 103.13 Kb.
|
O\'SPIRINLIK (2)0
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………...…3 I BOB. O’SPIRINLIK DAVRIDA SHAXS SHAKLLANISHI MUHIM OMILLARI SIFATIDA…………….………………………………………………….6
- 1.1. O‘spirinlik davri haqida umumiy tushuncha………………………..….6 1.2. O‘spirinlik yosh davrida jismoniy taraqqiyot va psixik rivojlanish….13
- 2.2.O’spirin shaxsning ijtimoyilashuvi ………………...............…….….…..23 XULOSA……………………………………………………………………….……...28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………......32
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI AMALIY PSIXALOGIYA YO’NALISHI KURS ISHI Fan: ONTAGENEZ PSIXALOGIYASI Mavzu: “O’spirinlik davri shaxs ijtimoiylashuvi maxsuli sifatida” Gurux: 3-kurs 302-gurux talabasi Bajardi: Qobulova Nasiba________ Qabul qildi: Abdukarimov M______ Toshkent 2023 MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………...…3 I BOB. O’SPIRINLIK DAVRIDA SHAXS SHAKLLANISHI MUHIM OMILLARI SIFATIDA…………….………………………………………………….6 1.1. O‘spirinlik davri haqida umumiy tushuncha………………………..….6 1.2. O‘spirinlik yosh davrida jismoniy taraqqiyot va psixik rivojlanish….13 II BOB. O’SPIRIN SHAXSLARDA IJTIMOIYLASHUV JARAYNI VA UNING MAXSULI………..……………………………………………………………………19 2.1. Shaxs rivojlanishining psixik xususiyatlari …………………………….19 2.2.O’spirin shaxsning ijtimoyilashuvi ………………...............…….….…..23 XULOSA……………………………………………………………………….……...28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………......32 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ilk o`spirinning psixik rivojlanishini xarakatga kеltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, ta’lim jarayoni quyadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o’rtasidagi ziddiyatlardir.Turli qarama–qarshiliklar, ziddiyatlar o’spirinning axloqiy, aqliy, etsеtik jixatdan tеz o`sishi orqali bartaraf qilinadi.O`spirinda idеallar bir nеcha ko’rinishda namoyon bo’lishi va aks etishi mumkin. Masalan, ular taniqli kishilarning qiyofalari, badiiy asar qaxramonlari timsolida uzlarida yuksak fazilatlarni gavdalantirishni orzu qiladilar. Bu orzular mazmun jixatidan o’spirin yigitlar va qizlarda fark qilishi mumkin. Masalan, qizlar ko’pincha mеxnatkash ayolning, jozibali, nazokatli, iboli, iffatli jamoat arbobining, badiiy asar qaxramonining xususiyatlari mujassamlashgan qiyofalarini idеal darajaga ko`taradilar. Ammo ayrim o`quvchilar tarixiy shaxslarning, masalan, baquvvat yo’lto’sar, xiylagar quv josus va boshqalarning salbiy sifatlariga taklid qilishga ham moyil bo`ladilar. Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta o‘tkazilayotgan O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida Uchinchi Renessans, yosh volontyorlar faoliyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent tajribasi, «Yoshlar: 1+1» dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, «Yoshlar murojaati» elektron platformasi, tadbirkorlikka o‘qigan yoshlarga 4 foizlik kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash va boshqa mavzularga to‘xtaldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, mamlakatimizda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu anjuman bilan barchani tabrikladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati. «Men xar gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sitqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman», — dedi Shavkat Mirziyoyev nutqining avvalida.«Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargoxlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qo‘shadilar». Davlat rahbari koronavirus pandemiyasi davrida yoshlar xalq dardiga darmon bo‘lgani, «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatida ko‘ngilli sifatida qatnashib, qiynalgan oilalarga amaliy yordam berganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ma’lumki, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent shahri namunasi yaratilib, o‘g‘il-qizlarning muammolari, taklif va istaklarini bevosita o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tajriba mamlakatimiz bo‘ylab keng qanot yozib, barcha shahar va tumanlarda Yoshlar festivallari o‘tkazildi.« Ko‘pchiligingiz ushbu tadbirlar doirasida vazirlar, hokimlar va boshqa mutasaddilar bilan ochiq muloqot qildingiz. Men ham mazkur jarayonlarni televideniya orqali shaxsan kuzatib bordim. Yoshlarimizning dolzarb masalalarni dadil ko‘tarib chiqishi, kuyunchakligi menga juda ma’qul bo‘ldi. Dunyoqarashi keng, jonkuyar, ilg‘or fikrli farzandlarimiz ko‘pligini ko‘rib nihoyatda quvondim», — dedi davlat rahbari.Prezident Shavkat Mirziyoyev endi Toshkent shahri tajribasi butun mamlakatimiz bo‘ylab joriy etilishini aytib o‘tdi. Bu borada Toshkent, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida allaqachon ishlar boshlab yuborildi. Yoshlarga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida ularning ijtimoiy muammolarini tizimli asosda o‘rganish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifasi mutasaddi tashkilotlarga yuklangan. Download 103.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling