Renessans universitetining “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishi talabasi ErkaboyevHaydarali “Iqtisodiyot nazariyasi” fani doirasida qilgan mustaqil ish


Download 69 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi69 Kb.
#1644463
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish Ishlab chiqarish jarayoni va uning asosiy omillari

Iqtisodiy faoliyat turlari

Ehtiyojlar turli-tuman bo`lganidan ularni qondirish ham turlicha yo`llar bilan amalga oshiriladi, lekin baribir bu ish iqtisodiy faoliyatni talab qiladi.


Iqtisodiy faoliyat deganda inson tirikligini ta`minlash usullari va vositalarn majmui tushuniladi.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi, yaratilgan mahsulotlarni ayirboshlash orqali isge`mol etish bilan tugallanadi. Uning asosiy bo`g`ini ishlab chiqarish, ya`ni har xil mahsulot va xizmatlarni yaratishdir. Mehnat yaratgan ne`matlar iqtisodiy ne`matlar deyiladi. Ular tabiatdagi tekin ne`matlar (havo, quyosh nuri, suv) dan farq qiladi. Mahsulotlarni ayirboshlash va ularning isge`moli (ishlatilishi) ham iqtisodiy faoliyat tarkibiga kiradi Ishlab chiqarish tijorat (savdo-sotiq) orqali iste`mol bilan bog`lanadi. Iqtisodiy faoliyat turlari xilma-xil, lekin ular bir-birini albatga taqozo etadi.
Ishlab chiqarish bo`lmasa kishilar yashay olmaydi, bu turgan gap. Ammo kishilar yaratgan mahsulotlarini o`zaro ayirboshlash orqali iste`molni qondiradilar, bir-birlariga kerakli mahsulotlarni egkazib beradilar.
Kishilar o`z ehtiyojini qondirmasa, ish qobiliyatini tiklay olmaydilar. Binobarin, iste`molsiz ishlab chiqarish ham bo`lmaydi. Ishlab chiqarish turlari g`oyat ko`p. Hozir dunyoda 25 million xil mahsulot va ularning butlovchi qismlari va detallari yaratiladi. Aholiga minglab xil xizmatlar ko`rsatiladi.
Ishlab chiqarish birlamchi faoliyat sifatida ikki turga bo`linadi:
1. Moddiy ishlab chiqarish aniq moddiy shaklga ega mahsulotlarni (masalan, iste`mol buyumlari, yonilg`i, xomashyo, material, mashina va uskunalarni) yaratish, shuningdek, moddiy sohaga xizmatlar ko`rsatish. Bunga sanoat, qishloq
xo`jaligi, yuk transporti, qurilish, ombor xo`jaligi, aloqa kiradi.
2. Nomoddiy ishlab chiqarish — moddiy shaklga ega bo`lmagan, qo`l bilan
ushlab his etilmaydigan, ammo foydali xizmatlar ko`rsatish. Masalan, shifokor yoki o`qituvchi xizmati moddiy ko`rinishda emas, lekin u hammaga
zarur. Nomoddiy ishlab chiqarishga madaniyat, xalq ta`limi, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport kabi sohalar kiradi.
Ayirboshlash faoliyatida mahsulotlar va xizmatlar yaratilmaydi, balki ular ma`lum miqdoriy nisbatda bir-biriga almashtiriladi. Bu jarayon ikki xil kechadi: biri mahsulot ayirboshlash, ikkinchisi tovar ayirboshlash.
Bir mahsulotning bevosita boshqasiga to`g`ridan-to`g`ri, lekin ma`lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanishi barter (mu`ovaza) dsb yuritiladi.
Barter ayirboshlashning qulay bo`lmagan xolis usuli. Bu usul oldi-berdi aloqalari izdan chiqqanda, pul shiddatli qadrsizlanganda qo`llaniladi. Me`yordagi iqtisodiyot sharoitida tovar ayirboshlashga amal qilinadi.
Bir mahsulotning boshqasiga pul vositasida va ma`lum narx asosida, ya`ni oldi - sotdi yo`li bilan ayirboshlanishi tovar ayirboshlash deyiladi.
Tovar ayirboshlash barterdan farqliroq, tovarni oldin pulga, so`ngra pulni kerakli boshqa tovarga ayirboshlashni bildiradi. U hamma bop, ya`ni universal ayirboshlashdir. Bu jarayonda pul ishtirok etadi, pulga xohlangan tovarni xohlagan joydan sotib olish mumkin bo`ladi.
Tovar ayirboshlash, oldi-sotdi ayirboshlashning eng yuksak va qulay shaklidir.
Iste`mol degan narsa mahsulotni amalda, ya`ni ehtiyojni qondirish uchun ishlatish demakdir. Mahsulotlar, birinchidan, tirikchilik uchun kishilarning o`zlari tomonidan iste`mol etiladi, ikkinchidan, ishlab chiqarishni davom ettirish uchun uning o`zida ishlatiladi.
Iste`mol faoliyat sifatida yakka, oilaviy, guruhiy yoki umum-milliy istemol tarzida yuz beradi. Masalan, ko`ylakni har bir kishi yakka tartibda kiyadi, televizor, gilam yoki mebel oilaning birgalikdagi iste`molida bo`ladi. Maktab, kasalxona yoki bolalar bog`chasidagi asbob-anjom va jihozlar ham birgalikda ishlatiladi. Armiya, xavfsizlik xizmati yoki boshqa ma`muriy tashkilotlar xizmatidan ayrim kishilar yoki guruhlar emas balki butun xalq bahramand bo`ladi. Хullas, mahsulotlar va xizmatlar har xil bo`lsada iste`mol etiladi. Ammo bundan qat`i nazar ular iste`mol etilgach, yana qayta yaratilishi lozim. Demak shunday qoida bor:
Cheksiz ehtiyojni qondirish uzluksiz iqtisodiy faoliyatni talab qiladi.
Iqtisodiy faoliyat yoki iqtisodiyot kishilarning ma`lum maqsad yo`lidagi xatti-harakatini bildiradi. Uning ishtirokchilari ayrim kishilar, oila, korxona, xo`jaliklar va davlatdir.
Iqtisodiyot ishtirokchilari iqtisodiy sub`ektlar deb ataladi, ular o`zaro muntazam iqtisodiy aloqada bo`ladilar. Bu esa ularning iqtisodiy munosabatlaridir. O`zaro aloqasiz na ishlab chiqarish, na ayirboshlash, na iste`mol yuz beradi. Robinzon Kruzo kabi kimsasiz orolda tanho xo`jalik yuritish faqat hikoyalarda bo`ladi. Amaldagi iqtisodiyot yo`lida esa hamma bir biriga bog`liq bo`lishi zarurat hisoblanadi.



Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling