Renessans universitetining “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishi talabasi ErkaboyevHaydarali “Iqtisodiyot nazariyasi” fani doirasida qilgan mustaqil ish
Download 69 Kb.
|
Mustaqil ish Ishlab chiqarish jarayoni va uning asosiy omillari
Mehnat unumdorligi
Inson har doim farovon yashashga intilib kelgan. Buiing uchun esa mahsulotlarni va xizmatlarni ko`plab va sifatli ishlab chiqarish zarur. Resurslar kamyob bo`lganidan ularni tejab-tergab ishlatish kerak. Bu esa o`z navbatida mehnat unumdorligini oshirishni talab qiladi. Mehnat unumdorligi insonning vaqt birligida ma`lum miqdorda mahsulot va xizmatlarni yarata olishidir. Mehnat unumdorligi ishlab chiqaruvchi vaqt birligida (masalan bir soat, bir ish kuni yoki bir yilda) qancha sifatli mahsulot yaratgani yoki mahsulot birligini (masalan, 1 metr gazlama, 1 m3 gaz, 1 tonna paxta) ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflagani bilan o`lchanadi. Mehnat har xil bo`lgani uchun uning natijasini ketgan vaqt bilan o`lchash qiyin. Masalan, 1 tonna paxta, bug`doy, ko`mir yoki metall turlicha mahsulot bo`lganidan ularni ishlab chiqarish uchun ketgan vaqtni taqqoslab bo`lmaydi. Shu boisdan unumdorlik mahsulotni pul-qiymat shaklida hisoblab aniqlaydi. Misolga qaytsak 1 tonna paxta 100 ming so`m, ko`mir 2 ming so`m, bug`doy 30 ming so`m turadi. Shunga qarab yaratilgan mahsulot pulga chaqiladi. Pulda hisoblangan mahsulotni ishlovchilar soniga bo`lsak, mehnat unumdorligi kelib chiqadi. Agar ko`mir konida 1000 kishi ishlab, bir yilda 2 million tosh ko`mir qazib olgan bo`lsa, jami ko`mir 4 mlrd. so`mlik bo`ladi. Bunda har bir ishchi yiliga 4 mln. so`mlik ko`mir qazib olgan bo`ladi. Хullas unumdorlikni aniqlash uchun yaratilgan mahsulot ishlovchilar soniga bo`linadi. Unumdorlik soatlar bo`yicha hisoblanganda yaratilgan mahsulot ishlangan soatlarga bo`linadi. Mehnat unumdorligiga ta`sir etuvchi omillarni uchga bo`lish mumkin. 1. Ishlab chiqarishning texnika-texnologiya darajasi. Tsxnika qanchalik mukammal bo`lsa, mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Shaxsiy-insoniy omilnnng sifati. Agar ishlovchilarning bilim darajasi,ish malakasi va tajribasi yuqori bo`lsa, unumdorlik ortadi yoki aksincha. Ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti. Bu sharoit qanchalik qulay bo`lsa,unumdorlnk shunchalik yuqori bo`ladi. Tabiiy sharoitni inson o`zgartira olmaydi, ammo texnikani mukammallashtirish orqali noqulay tabiiy sharoitda ham unumdorlikni oshirish mumkin. Mehnat unumdorligini mugtasil oshib borish iqtisodiyotga xos qonuniyatdir, shu tufayli resurslar cheklangan bo`lishiga qaramay mahsulot ko`payib boradi. Moddiy shakli jihatidan mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish vositalari (moddiy resurslar) va iste`mol buyumlaridan iborat bo`ladi. Ishlab chiqarish biror korxona doirasida, shuningdek, mamlakat miqyosida olib boriladi. Ayrim ishlab chiqaruvchi yoki korxona yaratgan mahsulot—individual mahsulot hisoblanadi, jamiyatdagi barcha kishilarning iqtisodiy faoliyati esa yalpi milliy mahsulotni (YAMM) yaratadi. YAlpi milliy mahsulot bir yil davomida pirovard natijada yaratilgan va bozor narxida hisoblangan barcha mahsulot va xizmatlardir. Aholi jon boshiga yaratilgan YAMM miqdori iqtisodiyotning naqadar rnvojlanganligini bildiradi. Agar bu ko`rsatkich qanchalik yuqori bo`lsa, mamlakat shunchalik boy hisoblanadi, uning «fuqarolari shu qadar farovon yashaydi. Masalan, 1993 yilda YAponiyada aholi jon boshiga yaratilgan YAMM 31,4 ming dollar bo`ldi, Bangladeshda bu ko`rsatkich 220 dollarga tug`ri keldi. Demak, YAponiya boy, Bangladesh esa kambag`al mamlakat. Individual va YAMM mavjudligi iqtisodiy faoliyatning ikki darajali bo`lishidan kelib chiqadi. Birinchisi — mikroiqtisodiyot. Bu sektor (tarmoq) firma va ayrim uy xo`jaliklari (oilalar va oilasiz kishilar) doirasidagi iqtisodiy faoliyat bo`lib, uning asosiy unsuri firma (korxona) hisoblanadi. Ikkinchisi — makroiqtisodiyot, butun xalq xo`jaligi miqyosida milliy doiradagi jamiki iqtisodiy faoliyatdir. Mikroiqtisodiyotning barcha turlari o`zaro bog`lanib, bir-birini taqozo etuvchi yaxlit faoliyatni hosil etganda makroiqtisodiyot vujudga keladi. Makroiqtisodiyotning asosini ijtimoiy nshlab chiqarish tashkil etadi. Adabiyotlar: 1.Sh.M. Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va oli janob xalqi miz bilan birga quramiz. T.:“O‘zbekiston”, 2017 yil 2.Sh.M. Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonlik garovi. T.: “O‘zbekiston” 2017yil 3.Sh.M.Mirziyoev. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O‘zbekiston” 2017yil. 4.A.O‘lmasov, A.Vahobov – “Iqtisodiyot nazariyasi” T. “Moliya” 2014 y. 20-21, 32-50 betlar. 5.N.Beknozov – “Iqtisodiyot nazariyasi” darslik, TDYuI, 2005 y. 6.Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G‘ofurov – “Iqtisodiyot nazariyasi” Barcha yo‘nalishdagi bakalavriat talabalari uchun. Ma’ruza matnlari. T. 2007 y. Elektron resurslar: 1. www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi) 2. www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi) 3. www.mineconomy.uz (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi) 4. www.worldbank.org (The World Bank) 5. www.gov.uz (O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali) 6. www.norma.uz (Informatsionno-pravovoy portal Uzbekistana) 7. www.mf.uz (Ministerstvo finansov Respubliki Uzbekstan) Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling