Renessans universitetining “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishi talabasi ErkaboyevHaydarali “Iqtisodiyot nazariyasi” fani doirasida qilgan mustaqil ish


Download 69 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi69 Kb.
#1644463
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish Ishlab chiqarish jarayoni va uning asosiy omillari




Renessans universitetining “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishi talabasi
ErkaboyevHaydarali “Iqtisodiyot nazariyasi” fani doirasida qilgan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Ishlab chiqarish jarayoni va uning asosiy omillari.
Reja:
1.Iqtisodiy faoliyatning mazmuni. Ishlab chiqarish omillari.
2.Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni, ishlab chiqarish shakllari.
3.Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
4.Ishlab chiqarish samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari.
Ishlab chiqarish jarayoni va uning asosiy omillari
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayo tining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayon lari bo‘lmasa, ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va iste’mol qiladi gan ne’matlarning o‘zi boimaydi. Har qanday jamiyatda insoniyat iste’molsiz yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz prezidenti va hukumati mustaqillikka erishgan kundan boshlab to hozirgi kungacha ishlab chiqarish jarayonini aholi turmush darajasi va sifatini oshirishning asosiy manbai va yo‘li deb qarab uni rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelmoqda.Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida - “Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining ularga bo‘lgan ehtiyojini to iiq qondirish, jumladan, maqbul narxlar bo‘yicha keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimizni to‘liq ta’minlash oldimizda turgan muhim vazifalar qatoriga kiradi”, deb ta’kidladilar. Prezidentimizning bu gaplari aholining o‘sib boruvchi talablarini mavjud imkoniyat va resurslarimizni real hisobga olgan holda 2030-yilgacha YalM hajmini 2 baravarga oshirish vazifasi qo‘yilgani va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiyalar hajmining asosiy qismini ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflanayotgani bu sohaga qaratilgan katta e’tiborning dalilidir.
Biroq, bugungi kunda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha yozilgan ayrim ilmiy ishlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishlab chiqarish jarayonining mazmun-mohiуatini yoritish tamomila e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir tomondan, talabalaming mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini tushunmaslikka olib keladi, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida sodir bo‘layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo‘ladi, uchinchidan esa, butun j ahonda sodir bo ‘ layotgan iqtisodiy inqirozlaming tub sababini „ tushunmaslikka olib keladi. Xolbuki inqiroz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish o‘zining turlari, sifati, hajmi bo‘yicha talabga javob bermasligi ya’ni muomaladagi pul miqdori bilan tovarlar va xizmatlar hajmi o‘rtasidagi nisbatning buzilishi sababli kelib chiqadi.Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lganmunosabatlar va muammolami ko‘rib chiqamiz. Ishlab chiqarishning omillari tavsifi, maqsadi va mazmuni ochib beriladi, uning natijalari va samaradorligi bilan bog iiq masalalar bayoni yoritiladi va «ishlab chiqarish imkoniyatlari» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Shuningdek, keyingi qo‘shilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonunikabi marjinalistik g ‘oyalar bilan tanishtiriladi, ulamingkamchilik jihatlari ochib beriladi. Bu yerda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining har taraflama rivojlantirilishi, bu jarayonlarni modemizatsiyalash, tarkibiy jihatdan o ‘zgartirish, diversifikatsiyalash hamda muvozanatli va mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini olishning muhim yo‘li sifatida qaraladi.
Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun eng awalo, ishlab chiqarish omillari va ulaming tarkibiyqismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcharesurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish sodir bo‘lishi uchun uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi shart. Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy resurslardan farqli o‘laroq, o‘z ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi unsurlami oladi. Misoluchun, iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblangan pul resurslari iste’mol mollari zaxiralari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llanilmaganligi sababli, ishlab chiqarish omili bo‘la olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun ulaming har biriga alohida ta’rif berib o‘tamiz.Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliyva jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi
mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning mehnatga boigan qobiliyatidan iboratdir.Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga,
mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga turli xildagi mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalami misol keltirish mumkin.Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan,ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir. Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar mehnat predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xomashyo boiishi mumkin. Masalan, tabiatda o‘sib turgan turli xil o‘simliklar, daraxtlar, o‘rmonlar, yer osti boyliklari va boshqalar tabiatda tayyor uchraydigan mehnat predmeti bo‘lsa, qazib olingan temir, mis,
qo‘rg‘oshin, neft, ishlab chiqarilgan paxta g‘alla sut kabi mahsulotlar inson mehnati ishlovidan o‘tgan xomashyolardir.
Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlabchiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy boisada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan iborat ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko‘pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.



Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling