Renessans universitetining “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishi talabasi ErkaboyevHaydarali “Iqtisodiyot nazariyasi” fani doirasida qilgan mustaqil ish
Ishlab chiqarish omillari va natijalari
Download 69 Kb.
|
Mustaqil ish Ishlab chiqarish jarayoni va uning asosiy omillari
Ishlab chiqarish omillari va natijalari
Aytganimizdek, iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. har qanday ishlab chiqarishda ikki omil; — shaxsiy-insoniy va moddiy-ashyoviy omillar ishtirok etadi. Shaxsiy-insoniy omil — bu mehnat qilish qobiliyatidan iborat bo`lgan ish kuchi va uning faoliyatdir. Shaxsiy-insoniy omil mehnatga layohatli aholi, uning jismoniy va aqliy qobiliyati, bilim va saviyasi, malaka va mahoratidir. Mazkur aholi O`zbekistonda 2002 yilda 12 million kishi edi. Bu omil insoniy qobiliyat bo`lgani sababli inson shaxsi bnlan birgalikda, undan ajramagan holda namoyon bo`ladi va inson shaxsida gavdalanadi. Moddiy-ashyoviy omil — bu ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan barcha oddiy shakldagi vositalardir. Tadbirkorlik qobiliyati oddiy ish kuchidan farq qilib, ishlab chiqarishda boshqarishdan iborat bo`lgan alohida vazifani bajaradi. U tabiatan ishbilarmonlik bo`lib, alohida bir iste`dod, yuksak bilim, maxsus tayyorgarik va mas`uliyat mujassami demakdir. Tadbirkorlik qobiliyati moddiy omillar bilan birikmaydi, balki shu omillar bilan ish kuchining samarali birikishi, iqtisodiy faoliyatdan yaxshi natija olinishini ta`minlaydi. Omillarning birikishi tufayli olingan mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning natijasi hisoblanadi. Ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulot ikki xil bo`ladi: birinchisi — natural mahsulot bo`lib, uni ishlab chiqaruvchining o`zi iste`mol etadi. Bu mahsulot ayirboshlash uchun bozorga chiqarilmaydi. Masalan, fermer xo`jaligida etishtirilgan donning bir qismi natural mahsulot bo`lib, xo`jalikning o`zida molga em yoki fermer oilasiga oziq-ovqat uchun ishlatiladi; ikkkinchisi — tovar shaklidagi mahsulot bo`lib, ishlab chiqaruvchining o`z iste`moli uchun emas, balki bozorda sotish uchun yaratiladi. Mahsulotni bozorda oldi-sotdi qilish uchun ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarish deb yuritiladi. Mana shu tovar ishlab chiqarish bozor iqtisodiyotining asosidir. Bozorda sotish uchun- chiqarilgan mahsulot va xizmatlar tovar deyiladn. Tovarning ikki xil xususiyati bor. Birinchidan, u kishilarning hayotiy ehtiyojini qondirib, ularga foyda keltiradi. Ikkinchidan, u boshqa tovarlarga almasha olish xususiyatiga egaki, bu uning almashuv qiymati deyiladi. Tovarning yaratilishidan tortib, to u iste`mol etilguncha bo`lgan jamiki mehnat sarfi tovarning qiymatini tashkil etadi. Ammo qiymatni aslo befoyda mehnat yaratmaydi. Agar mehnat kishilarga kerak bo`lgan mahsulotni yaratsa va me`yorida sarf etilgan bo`lsa, mana shunday mehnatni kishilar ma`qul topib tan oladilar, ya`ni mahsulotni sotib oladilar. Shu tarzda zarur deb topilgan, mehnat tovar qiymatini tashkil etadi (ilova 1,2). Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling