Rentabillik tahlili
Rentabellikiing asosiy ko‘rsatkichlari
Download 23.08 Kb.
|
Sardor aka mustaqil ish
Rentabellikiing asosiy ko‘rsatkichlari.
Bu ko‘rsatkich butun korxona mol-mulki samaradorligini ifodalaydi. Mol-mulk korxonaning butun ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyati uchun xizmat qiladi. Shu sababli bu ko‘rsatkich korxonaning yalpi foydasi soliqlar to‘lanishdan oldingi foydaga asosan aniqlanishi lozim. Ishlab chiqarish rentabelligi korxonalarda ishlatilayotgan ishlab chiqarish asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini ifodalaydi. Ishlab chiqarish fondlar korxona faoliyatini moddiy bazasini tashkil etib, ishlib chiqarishning asosiy omili bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli bu ko‘rsatkich ham korxonaning soliq to‘lashdan oldingi foydasi asosida aniqlanishi lozim. Moliyaviy hisobotlarga binoan aniqlasak soliq to‘lashdan oldingi foyda hisoboti 2-shaklidan, ishlab chiqarish asosiy va aylanma fondlarning o‘rtacha qiymati buxgalteriya balansi yoki buxgalteriya birlamchi hisobot ma’lumotlariga binoan aniqlanadi. Joriy xarajatlar rentabelligi ilgaridan foydalanadigan rentabellik ko‘rsatkichi bo‘lib, u korxona xarajatlarini mahsulotni ishlab chiqarib, uni sotishga ketgan xarajatlar samaradorligini ifodalaydi. Demak, bu ko‘rsatkich mahsulot sotish bilan bog‘langan bo‘lib, mahsulot sotishdan olingan foydaga asosan aniqlanadi. Mahsulot rentabelligi, odatda, savdo tashkilotlarida keng foydalanib, hozirgi paytda foydalanish uchun boshqa tarmoqlarga ham tavsiya etilyapti. Bu ko‘rsatkich sotilgan mahsulotni har bir so‘miga nisbatan qancha foyda olinganligini ifodalaydi va demak, u sotilgan mahsulotdan olingan foyda asosida aniqlanishi lozim. 𝐊𝐚𝐫𝐢𝐦𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯, [26.11.2022 8:47] Mahsulot rentabelligi, odatda, savdo tashkilotlarida keng foydalanib, hozirgi paytda foydalanish uchun boshqa tarmoqlarga ham tavsiya etilyapti. Bu ko‘rsatkich sotilgan mahsulotni har bir so‘miga nisbatan qancha foyda olinganligini ifodalaydi va demak, u sotilgan mahsulotdan olingan foyda asosida aniqlanishi lozim. 2. Qo‘shimcha rentabellik ko‘rsatkichlari: Korxonaga tegishli kapitalning rentabelligi. Ma’lumki, korxonalar o‘zlik va tashqaridan safarbar etilgan mablag‘lardan foydalanadilar. Ularning samaradorligini alohida aniqlash, moliyaviy tahlilni chuqurlashtirishga yordam beradi. Qarzga olingan kapitalning rentabelligi uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlar samaradorligini ko‘rsatadi. Bu qarzlar ham korxonaning butun ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatiga xizmat qiladi va shu sababli ular samaradorligi korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanadi. Asosiy kapitalning rentabelligi ham korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanishi lozim. Chunki asosiy kapital korxonaning butun faoliyatiga xizmat qiladi va uning rentabelligi asosiy fondlarni korxona foydasi asosida aniqlangan fondlar qaytimidir. Aylanma kapitalning rentabelligi ham korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanishi lozim. Chunki aylanma mablag‘lar ham korxonaning butun faoliyatiga xizmat qiladi. Bu ko‘rsatkich korxona moddiy va pul aylanma mablag‘lari samaradorligini ifodalaydi. Investitsiyalar rentabelligi ham korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanib, bu ko‘rsatkich korxona asosiy kapitalini hamda uzoq muddatga olingan kredit va qarzlar samaradorligini ifodalaydi. Shunday qilib, korxonalarning moliyaviy holatiga moliyaviy resurslarning alohida elementlari ta’sir ko‘rsatar ekan, demak, bu elementlarning ham rentabelligini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan, korxona resurslarining alohida elementlari korxonalarning moliyaviy holatini umumiy darajasiga ta’sir ko‘rsatar ekan, bu resurslarni rentabelligi aniqlanganda, soliq to‘lashdan oldingi, ya’ni yalpi foyda e’tiborga olinishi lozim. 𝐊𝐚𝐫𝐢𝐦𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯, [26.11.2022 8:50]
- rentabellik ko‘rsatkichlari joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan umuman ko‘tarilgan. Demak, korxona faoliyatining moliyaviy natijalari yaxshilangan; - lekin rentabellik ko‘rsatkichlari har xil o‘zgargan. Demak, ularning o‘zgarishiga har xil omillar ta’sir ko‘rsatgan; - eng yuqori sur’atlarda ko‘tarilgan ko‘rsatkichlar — bu joriy xarajatlarning va aylanma mablag‘larning rentabellik ko‘rsatkichlaridir; - joriy xarajatlarning rentabelligini oshishi - sotilgan mahsulotlarning tannarxini pasaytirish yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan; - aylanma mablag‘lar rentabelligining ko‘tarilishi, fikrimizcha, korxonada me’yordan yuqori aylanma mablag‘larni yo‘q qilish natijasi bo‘lsa kerak. - sotilgan mahsulotlarning rentabelligi - sotilgan mahsulotlar tannarxining pasaytirishi natijasidir. Ko‘rinib turibdiki, sotilgan mahsulotlarning hajmi 3,8 % ga ko‘paygan, sotilgan mahsulotlar tannarxi shu davrda 12,4 % ga pasaygan; - korxona aktivlarining rentabelligi ko‘tarilgan, lekin shu davrda ishlab chiqarish fondlarining rentabelligi pasaygan. Bunga sabab o‘rganilayotgan davrda korxonada ishlab chiqarish fondlari 37,4 % ga ko‘paygan. Yangi fondlar hali o‘zlashtirilmagan. Shu sababli ishlab chiqarish fondlari samaradorligi pasaygan; - xuddi shu sababli yangi fondlarning o‘zlashtirilmaganligi natijasida korxonaga tegishli kapitalining va investitsiyalarning rentabellik darajasi kamaygan. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shuni tasdiqlaydiki, rentabellikni tahlil qilishda ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish kerak. Bu ko‘rsatkichlardan har biri korxonalar moliyaviy natijasining alohida tomonlarini, xususiyatlarini ifodalaydi va bu moliyaviy natijalarni har tomonlama tahlil qilishga imkoniyat beradi. Rentabellikni tahlil etish rentabellik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish bilan yakunlanishi lozim. Yuqorida keltirilgan rentabellik ko‘rsatkichlariga, ulardan har biri bilan bog‘liq bo‘lgan omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, korxona aktivlari rentabelligiga aylanma mablag‘larning aylanishi, mahsulot rentabelligi o‘zgarishi; ishlab chiqarish rentabelligiga - aylanma mablag‘larni birkitish, mahsulot rentabelligi o‘zgarishi va mahsulot fond sig‘imi, fondlar qaytimi; mahsulot rentabelligiga mahsulot tannarxi, mahsulotlarga qo‘yilgan narxlar; joriy xarajatlar rentabelligiga narxlar va sotilgan mahsulotning tarkibiy o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi.
Internet saytlari: 1. www.ved.ru www.ser.uz www.uza.uz Download 23.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling