Rentgen odamlar jamoasi tadqiqotlaridan. Tadqiqotchi psixolog online marafoni


Download 404.36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.10.2020
Hajmi404.36 Kb.
#132261
Bog'liq
Agressiyani rolli o'yinlar yordamida korreksiya qilish 7 mashg'ulot


Mualliflar roziligisiz tarqatish va tijoriy maqsadda foydalanish taqiqlanadi 

 

 





FARG’ONA PROFAYLING MAKTABI 

RENTGEN ODAMLAR JAMOASI  

TADQIQOTLARIDAN. 

 

 

TADQIQOTCHI PSIXOLOG ONLINE MARAFONI 2-BOSQICHI 

O’quvchilardagi agressiv xulq-atvorni korreksiya qilishga mo’ljallangan 18 

bosqichli “Rolli o’yinlar” texnologiyasi. 

O’smirlar  va  yoshlarning  jamoat  hayotiga  kirib  borishi  har  doim  qiyin.  Bu 

jarayonlar ayniqsa yosh inqirozi davrlarida, yangi yosh davridagi ruxiy va biologik 

o’zgarishlarga moslashuv amalga oshmagan paytlarda qiyin kechadi. Maktab yoshi 

o’quvchilarining fikrlashi obrazli bo’ladi. Shu bois ularga kinoya, kesatish samara 

bermaydi. O’qitish ko’rgazmali qurollar, vositalar yordamida tashkil etilishi kerak. 

Materialni tushuntirishda uning obrazli, ifodaviy bo’lishiga erishish lozim. Ularning 

kayfiyatiga o’qishdagi yutuqlari, olgan baholari, shuningdek, amalga oshirgan ijobiy 

ishlari ta’sir qiladi. Shu bois atrofdagilar tomonidan unga berilayotgan e’tibor bola 

uchun alohida qimmatga ega.  

Biz  o’quvchilar  bilan  "O`smirlik  davrida  agressivlik  muaamosi  va  uni  rolli 

o’yinlar yordamida bartaraf etish" profilaktik dasturini o'quv mashg'ulotlari shaklida 

o’tkazish texnologiyalarini taklif qildik. Buni maktab psixologlari yoki o'qituvchilar 

amalga oshirishlari mumkin. 

Taklif etilayotgan profilaktika dasturi tajovuzkor o’quvchilar bilan psixologik 

xizmatni  samarali  usuli  sifatida  o'zini  namoyon  etgan  N.A.Sakovichning 

Psixokorreksion va Psixoprofilaktik dasturlariga asoslangan. 

Ushbu  dastur  guruh  kesimida  amalga  oshiriladi.  Ishtirokchilar  soni  12-15 

(gurux o’quvchilar soni xisobga oling) kishi bo’lishi tavsiya etiladi. Mashg’ulotlarda 

davomida siz bolalarning shaxsiy xususiyatlarini va ularning o'zaro munosabatlarini 

nazoratgaolishingiz kerak. Dastur 18 ta darsdan iborat bo'lib, ulardagi topshiriqlarni 


 

Farg’ona Profayling Maktabi – Rentgen odamlar – Profaylerlar jamosi 

 



ajratilgan  vaqtga  qarab  haftada  2  marta  1  soatdan  bolalarning  ahvoli  va  taklif 



etilayotgan  mashqlarning  murakkabligiga  inobatga  olib  fan  o’qituvchilari  bilan 

o’tkazishingiz mumkin. Mashg’ulotlar fan o’qituvchilari dars jarayonlariga tadbiq 

qilinsa yaxshi natijalar beradi. 

Mashg’ulotlar  davomida  guruh  a'zolari  o'rtasida  guruh  ichidagi  ishonch  va 

guruh  a'zolarining  hamjihatligini  oshishi,  o’quvchilarni  fikrlash  qobiliyatlarini 

rivojlanishi, guruhda do'stona muhitni yaratilishi, shaxslararo munsabatlar va jamoa 

bo’lib  ishlash  ko’nikmalarini  rivojlanishi,  ishtirokchilardagi  xulq-atvorning 

tajovuzkor  shakllari  o'rniga  hamkorlik  va  do’stona  munosabatlar  o’rnatilishi 

kuzatiladi.  

 

 



 

Farg’ona Profayling Maktabi – Rentgen odamlar – Profaylerlar jamosi 

 



O’smirlardagi agressiv xulq-atvorni korreksiya qilishga mo’ljallangan 



18 bosqichli “Rolli o’yinlar” texnologiyasi. 

7-BOSQICH 

7 – Trening mashg’uloti 

Maqsad: 

Shaxslararo  munosabatlarda  muloqot  madaniyatini  oshirish, 

jamoa bo’lib ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, ijodiy fikrlashni 

o’sishiga  yordamlashish;  agressivlikni  kamaytirishga  yordam 

berish. 

O’tkazilish 

vaqti: 

1-soat 


Mashg’ulot 

o’tkazlishi 

kutilayotgan 

yosh davrlari 

9 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar. 

Kerakli 


jixozlar: 

Har  xil  rangdagi  sharlar,  iplar,  qaychi, 

flamasterlar, qalamlar, bo'yoqlar, cho'tkalar. 

Mashg’ulotddagi 

vazifalar 

taqsimoti: 

 

Asosiy qism. 



 

Topshiriq 

№:1 

"Sehrli tayoqchalar" o’yini 



 

Topshiriq: Ishtirokchilar qo'llariga qalam 

(har bir juftlikda bitta qalam bo’ladi) olib juft 

bo'lib turadilar va faqat ko'rsatkich barmoqlari 

bilan  qo'shnilarining  qalamiga  tegadilar. 

Keying  ishtirokchi  o'z  navbatida  ko'rsatkich 

barmog'i  bilan  keying  juftlik  qalamiga 

ko’rsatgich barmog’ini tekkizdiradilar. Barcha 

ishtirokchilar bir-birlari bilan shunday holatda 

aylana  shaklini  yaratadilar.  Keyin  juftliklar 

sinchkovlik  bilan  qalamlarini  oyoq  uchlari 

bilan  ushlab  turishadi.  Shu  xolatda  birga 

o'tirishadi.  O'ngga  va  chapga  egilishadi. 

Shunga 


o'xshash 

mashqni 


to'rt, 

olti 


ishtirokchiga va butun guruhga o'tkazish kerak. 

 

1. Psixolog yoki 



o’qituvchi 

ishtirokchilar 

bilan 

mashg’ulotda 



birgalikda 

ishtirok etadilar. 

Topshiriq 

№:2 


"Musiqiy sharlar" o’yini. 

Ishtirokchilar  sharlarni  shishirishi  va 

havoni  chiqarish  orqali  turli  xil  tovushlarni 

chiqarishga  harakat  qilishlari  kerak.  "Sharlar 

orkestri"  repetitsiyasi  uchun  besh  daqiqa  vaqt 

kerak.  (Mashqlarni  chiroyli  chiqishi  uchun 

uyali  telefonlardagi  musiqalar  yordamidan 

ham foydalanish mumkin). 

Psixolog yoki 

gurux raxbari 

topshiriqni o’qib 

eshittiradi. 

O’quvchilar 

mashg’ulotda 

qatnashadilar. 


 

Farg’ona Profayling Maktabi – Rentgen odamlar – Profaylerlar jamosi 

 



 



 

Online  marafonimizning  qadrli  ishtirokchisi  ushbu  rolli  o’yinlar  dasturiga 

qo’shimchalar  kiritib,  uni  yanada  boyitishingiz  mumkin.  Mualliflar  o’z 

hamkasblariga doimo yangi bilimlarni ulashishdan xursand!  

Xurmat bilan Baxromjon Sharofitdinovich 

 

Ishtirokchilarga  sharlarning  ovozining 

vazifasi  musiqiy  qismning  ba'zi  lahzalarini 

kuchaytirish  va  uni  urmaslik  ekanligini 

tushuntirish  kerak.  Musiqani  diqqat  bilan 

tinglash  va  ularning  fikriga  ko'ra  zarur 

bo'lganda ovoz qo'shish juda muhimdir. 

Savollarga javob 

beradilar 

Yakuniy 


qism 

Muhxokama uchun:  

1.  Shararda  musiqa  chalganda  nimani  his 

qildingiz? 

2.  Musiqa 

chalishni 

boshlaganingizda 

ahvolingiz o'zgarganmi? 

3.  Sizningcha,  bu  bizning  kayfiyatimiz  va 

hissiyotlarimizga ijobiy ta'sir ko'rsatadimi? 

4.  Bugungi  guruh  ishida  eng  qiyin  bo'lgan 

narsa nima edi? 

5.  Bugun  o'z  guruhingizda  va  sinfda  qanday 

shaxsiy xususiyatlarni kashf etdingiz? 

6.  Mashg’ulotdan keyingi holatingizni bir so’z 

bilan ifodalang. 

Psixolog yoki 

gurux raxbari 

savollarni o’qib 

eshittiradi. 

O’quvchilar  

muhokamada 



qatnashadilar. 

Download 404.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling