Matn turini belgilang .
A)hikoya B)tasviriy C)muhokama D)ma’lumotnoma
27. Biz Vatanning farzandlari va egalarimiz. Uning zafar-u quvonchlari bizning ham zafar-u quvonchimizdir, uning
mushkullari bizning ham mushkulimizdir. Shu yurt sevinchlari bizning ham ko‘zimizda, qayg‘ulari bizning ham
kiprigimizda. Biz – yoshlarmiz. Biz farovon shu kunlarning qadriga yeta oluvchi, yanada yorqin kun uchun kurasha
olguvchilarmiz. Matn turini belgilang .
A)hikoya B)tasviriy C)muhokama D)ma’lumotnoma
28. Qaysi gaplarda faqat sof modal qatnashgan ?
1. Darhaqiqat, siz to‘g‘ri ish qildingiz2. Afsuski, rejadagi ishlar ko‘ngildagidek bajarilmadi. 3. Kanizak, aftidan, shuni
aytmoqchi emas edi, shekilli, noiloj «ha» dedi.4. To‘g‘ri, qishloq tomonga bir-ikki qadam bosdim. 5.Xullas, Umidjon
deyarli har kuni bitta yangi, ibratli ertak o‘ylab topib, buvisiga so‘zlab beradigan bo‘libdi.
A)1,2,5 B)1,5 C)3,4 D)1,2,3,4,5
29. Qaysi gaplarda faqat vazifadosh modal so’z qatnashgan ?
1. Avvalo, insonning qalbi go‘zal bo‘lmog‘i kerak. 2.Shubhasiz, biz g‘olib chiqamiz 3. Afsuski, besh qo‘l barobar emas.
Oramizda yomon niyatli kimsalar ham uchrab qoladi. 4.Bo‘ron bo‘lishi ehtimol, qizim
5. Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz, albatta
A)2,4 B)1,3,5 C)faqat 2 D)2,3,4
30. Vatan nima o‘zi? Qanday qiyin savol? Daraxtni tasavvur qiling. Uning ildizi – Vatan! Osmonga intilayotgan shoxi
ham – Vatan. Xazonlarda uchayotgan barglari, qurigan shoxlari ham – Vatan. Hali shakllanmagan kurtaklari xayolidagi
mevalari ham – Vatan. Matn turini belgilang .
A)hikoya B)tasviriy C)muhokama D)ma’lumotnoma
31. 1. Darhaqiqat, Zulfiya she’riyati mardona she’riyat;
2. Xullas, biz ulug‘ odamlarning farzandlarimiz;
3. To‘g‘ri, qishloq tomonga bir-ikki qadam bosdim;
4. Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz, albatta;
5. Haqiqatan ham, ko‘rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar orasidagi jonivorlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |