Repititsion test
Download 270.96 Kb.
|
@Bio life DTM (02.06.2022)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ABITURIYENT DIQQATIGA!
- FANLAR
- Majburiy fan: ONA TILI
OLIY TA’LIM MUASSASALARI KIRISH IMTIHONIGA TAYYORGARLIK KO’RAYOTGAN ABITURIYENTLAR UCHUN “EVEREST” Innovatsion ta’lim markazi SAVOLLAR KITOBI ABITURIYENT ___________________________________ _______ F.I.O imzo ABITURIYENT DIQQATIGA! Test topshiriqlarini bajarishdan avval savollar kitobini varaqlab, unda har bir majburiy fanlar bo‘yicha 10 tadan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha esa 30 tadan savol mavjudligiga ishonch hosil qiling. Agar savollar kitobi raqami bilan javoblar varag‘i raqami bir xil bo‘lmasa yoki savollar soni kamligi aniqlansa, darhol auditoriya rahbariga ma’lum qiling. FANLAR: Mutaxassislik fanlari: Majburiy fanlar: Fan 1: Biologiya Fan 1: Ona tili Fan 2: Ona tili va adabiyot Fan 2: Matematika Fan 3: O’zbekisiton tarixi Savollar kitobi raqami: 1084566
1. Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning barchasi to‘g‘ri yozilgan. A) sabzovot, hukm, ta'na B) talofat, haqarot, suverenitet C) hasharot, vakolat, tavsiya D) tavsilot, mashshaqat, beshiktervatar 2. Qaysi qatorda nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi yoziladi. A) ...alqparvar, ...ar kim, ...alol B) ...ushbichim, kam...osil, ...lor C) ...atti-...arakat, ...ronologik, ...amal D) ...afsala, ...arakat, ...adis 3. Fe'lning vazifa shakllaridan faqat ravishdosh va harakat nomi ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) O‘ylangancha turib qoldi, hatto bir og‘iz gapirolmay qoldi. B) Uning xayoli tinmay o‘qishda, o‘qishga kirishda. C) Bekor yurganlar qachondir osmondan rizq keladi deb o‘ylasalar kerak. D) Bundan maqsad bitta: uni tinchitish. 4. Metafora usulida ma'no ko‘chmagan qatorni aniqlang. A) Bugun bozor o‘zi ham rosa qaynadida. B) Dasturxonga boqqan do‘st emas. C) U sahna chekkasiga borganida, konsert qizib ketgan edi. D) Asrora unga bir shiringina kulib qo‘ydi. 5. Qaysi qatorda sifatning otlashuvi sodir bo‘lgan. A) Insofli insonlardan bunday g‘arazliklar chiqmaydi. B) U juda ham tez odam, lekin ko‘pga gina saqlamaydi. C) Bunday ishtiyoqsizlar bizga umuman kerak emas. D) Qilganlaringni tan ol endi, bas. 6. Qaysi qatorda undov so‘z ishtirok etgan. A) Turfa savdolar boshima tushdi, ketdi ixtiyor, Voh, o‘targa o‘xshadi endi umr zanjirda. B) Uning lapang-lapang yurishi ham odamni kuldirib o‘ldiradi. C) Mana, bugun bayram, O‘yna, kuyla, do‘stginam, sen ham. D) Hil-hil pishgan yumshoq kabobni piyoz qo‘shib yeya boshladi. 7. Qaysi qatorda sodda yasama ravish ishtirok etmagan. A) Ahmad jo‘rttaga sakrab o‘rnidan turdi. B) Go‘yo qalbini jizillatib turgan og‘riqni bittalab olib tashlayotganday gapirdi. C) Otabek onasining araziga allaqachon tushungan edi. D) Teshaboy tashqarisida yaktakchan, sarpoychan yurgan edi. 8. Qaysi qatorda ishtirok etgan yasama sifat asosi fe'l so‘z turkumiga oid. A) Saidiyni ko‘rganida oilaviy hayotidan juda mamnun qilib ko‘rsatar edi. B) Terak bo‘yi keladigan g‘ishtin devor juda enli edi. C) Yigit chirik og‘ochlar tirqishidan pastga qaradi. D) Normat qadrdon bataloniga kelib, oshna- og‘aynilari bilan uchrashdi. 9. Qaysi qatorda fonetik hodisa sintaktik shakl yasovchi ta'sirida yuzaga kelgan. A) Zamira og‘zaki quruqqina so‘rashdi-yu, keyin churq etmadi. B) Mana, siz bitta o‘zingiz o‘ttiz ikkita mashinaga qarar emishsiz. C) Olimov quyon tushgan yashikning qopqog‘ini mahkamlab, Ahmadga uzatdi. D) Azbaroyi tutaqqanidan ko‘zlari kosasidan chiqib keta yozdi. 10. Belgilash olmosh ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) Kapitan jangchilardan qanday qurolni o‘rganmoqchi ekanliklarini so‘radi. B) Mayli, nima bo‘lsa ham ortinga qaytma, bu sening yo‘ling, sening umring. C) Bari narsasi shu kulba ichida yonib kul bo‘ldi. D) Muhabbat dardiga mubtalo oshiq, Senga havas bilan boqurman chindan.
Download 270.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling