Respublihasi


k. Radioaloqani taxhkil etixhning umumiy prinxiplari


Download 1.09 Mb.
bet3/42
Sana08.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#247493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
48236 (1)

1.k. Radioaloqani taxhkil etixhning umumiy prinxiplari


Radioaloqa deb, xabarni simsiz elektron uzatishga aytiladi. Rus olimi A... Popov 1895-yil 7-mayda birinchi bo‘lib radio uzatishni amalga oshirgan. Hozir radio orqali kuniga juda katta axborot oqimlari uzatiladi. Kemalar, samolyotlar, ekspeditsiyalar, qutb stansiyalari bilan bog‘lanish uchun radioaloqaning roli juda katta, chunki bu obyektlar bilan aloqa faqat radioaloqa orqali amalga oshirilishi mumkin.

Radioaloqaning eng sodda sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan:

Uzatuvchi qurilma Qabul qiluvchi qurilma

Uzatkich, uzatish antennasi, to‘lqin tarqalish muhiti, qabul qilish antennasi va qabul qilgichdan iborat to‘plam radioaloqa liniyasini hosil qiladi. 1.1-rasmda keltirilgan radioliniya bir tomonlama axborot uzatish imkonini beradi. Bunday sxema orqali radioeshittirish, televizion signalni, ob-havoni, aniq vaqt signallarini uzatish va boshqa turdagi aloqalarni amalga oshirish mumkin.



Uskuna ishlatilishini yaxshilash va radioliniyani o‘tkazish qobiliyatini kattalashtirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi. Bunday radioliniya ko‘p kanalli deyiladi va u 1.2-rasmdagi ko‘rinishda bo‘ladi.


1.2-rasm. Ko‘p kanalli radioliniyaning tuzilishi:



ZA — zichlashtirish apparaturasi; KBA — kanallarni birlashtirish apparaturasi; KAA — kanallarni ajratish apparaturasi.
Bir axborot manbayidan axborot iste'molchisiga xabarni uzatishni ta'minlaydigan texnik vositalarning to‘plamiga radioaloqa kanali deyiladi. Ikki punkt orasida axborot almashinish uchun ikki tomonlama radioaloqa tashkil qilinadi, bu bir-biriga yo‘naltirilgan bir tomonlama aloqa uskunasini ikki usul bilan amalga oshirish imkonini beradi: simpleks va dupleks (1.3-rasm).





1.1-rasm. Radioaloqaning umumlashgan tuzilish sxemasi:

1 — axborot manbayi; 2 — xabarni elektron signalga aylantiruvchi blok; S — radiouzatish qurilmasi (RAQ); 4 va 5 — uzatish va qabul qilish antenna-fider qurilmalari (AFQ); 6 — radioqabul qilish qurilmasi (RQQQ); 7 — elektron signalni dastlabki xabarga aylantirish (o‘zgartirish) bloki; 8 — axborot iste'molchisi; RTM — radioto‘lqinlarni tarqalish muhiti.


1.S-rasm. .impleks va dupleksli radioaloqa.

Radioaloqa liniyasi bir necha yoki ko‘pgina qismlardan (kesmalardan) iborat bo‘lishi mumkin. Bir punktdagi signallar boshqa punktga uzatiladi, u yerda qabul qilinadi, kuchaytiriladi va keyingi punktlarga uzatiladi va hokazo (1.4-rasm).




1.4-rasm. Murakkab tuzilishga ega radioaloqaning sxemasi.
1.5-rasmda sun'iy yo‘ldosh orqali aloqa o‘rnatish ko‘rsatilgan:

1.5-rasm. .un'iy yo‘ldosh orqali radioaloqani amalga oshirish sxemasi.


Har xil ko‘rinishli (konfiguratsiyali) radioliniyalar yordamida har xil aloqa tarmog‘ini qurish mumkin.


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling