Respublihasi


Tovuxh exhittirixh tizimining tuzilixhi


Download 1.09 Mb.
bet9/42
Sana08.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#247493
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
48236 (1)

Tovuxh exhittirixh tizimining tuzilixhi


Dasturlarni shakllantirish va tinglovchilarga yetkazish ovoz eshittirishning elektr kanali (TEEK) ni hosil qiluvchi maxsus texnik vositalar majmui yordamida amalga oshiriladi. TEEK mikrofon chiqishidan to uzatkich antennasigacha yoki sim orqali eshittirish traktidan abonent rozetkasigacha bo‘lgan texnik vositalarni o‘z ichiga oladi. TEEK bir-biri bilan ketma-ket ulangan uchta traktdan iborat, bular: dasturlarni tashkillashtirish trakti (DTT), dasturlarni birlamchi taqsimlash trakti (DBTT) va dasturlarni ikkilamchi taqsimlash trakti (DITT). DBTT va DITT texnik vositalarning jami uzatish tarmog‘ini tashkil qiladi.

Dasturlarni shakllantirish trakti TEEK ning bir qismi bo‘lib, mikrofon chiqishidan boshlanib, ovoz yozish va eshittirish uyining markaziy apparat xonasi (radiotelemarkaz) chiqishida tugaydi.



Ovoz yozish va eshittirish uyi — ovoz eshittirish tizimining bosh bo‘g‘ini hisoblanadi va shuning uchun DTT ni tashkil etuvchi texnik vositalar yuqori sifat parametrlariga ega bo‘lishi kerak. Toshkent shahrida joylashgan radio uyi Davlat ovoz yozish- eshittirish uyi deb ataladi (DOYEU).

Dasturlarni shakllantirish trakti apparat-studiyalari kompleksi (A.K), uzatish apparat xonasi (UAX), markaziy apparat xonasi (MAX), translatsiya apparat xonasi (TAX) va ovoz yozish apparat xonalari (OYAX) dan tashkil topgan. Dasturlarni shakllantirish



S.2-rasm. Tovush eshittirish tizimining struktura sxemasi: DOYEU—davlat ovoz yozish-eshittirish uyi; ASK—apparat studiya kompleksi; YAX—yozish apparat xonasi; OEAX—ovoz eshittirish apparat xonasi; TAX— translatsiya apparat xonasi; TNB—texnik nazorati bo‘limi; MAX—markaziy apparat xonasi; UT—ulovchi tizim; DSHT—dasturlarni shakllashtirish trakti; MKTAX—markaziy kommutatsiya taqsimlash apparat xonasi; DBTT— dasturlarni birlamchi taqsimlash trakti; DITT—dasturlarni ikkilamchi taqsimlash trakti; RRS—radiorele stansiyasi; RES—radio eshittirish stansiyasi; SHTRTU—shahar radio translatsiya uzeli; MSHEAX—markaziy shaharlararo eshittirish apparat xonasi; SHOEK—shaharlararo ovoz eshittirish elektr kanali; YSY—yer sun'iy yo‘ldoshi; QQ— qabul qilgich; AQ—abonent qurilmasi; MRU—mahalliy radio uyi; KTAX—kommutatsiya taqsimlash

apparat xonasi; MEAX—mahalliy eshittirish apparat xonasi.


traktining kirish qismi past sathli (-30—70 д@) yoki yuqori sathli (-12÷+12 д@) signal manbalariga ulanishga mo‘ljallangan. Past sathli signallar mikrofon traktlariga xos bo‘lsa, yuqori sathli signallar magnitofon, translatsiya punktlari, xalqaro, shaharlararo ovoz eshittirish kanallari chiqishlaridan keladi.

Dasturlar radio uyining apparat-studiya kompleksida yaratiladi, bu kompleks bir nechta studiya va studiya-apparat xonalaridan iborat. Ammo, odatda, apparat studiya majmuida dasturlarni to‘liq shakllantirish amalga oshirilmaydi, ularning magnit tasmasiga yoziladigan ayrim fragmentlarigina yaratiladi. Har bir radio uyida fonotekalar mavjud bo‘lib, ulardan dasturga talab qilinadigan yozuvlarni olish mumkin.

Dasturning ayrim fragmentlarini radio uyidan tashqarida, ya'ni konsert zallarida, teatrlarda, shahar stadionlarida jihozlangan

translatsiya punktlaridan va boshqa shaharlar radio uylaridan shaharlararo ovoz eshittirish kanallari orqali olish mumkin. Tovush eshittirish dasturlari fragmentlarini qabul qilish uchun har bir radio uyida translatsiya apparat xonasi mavjud. Eshittirish apparat xonalarida tuzilgan dasturlar markaziy apparat xonasiga beriladi va tinglovchilarga kommutatsiyalanadi. .o‘ngra signallar markaziy apparat xonasidan ovoz yozish apparat xonasi (OYAX) va texnik nazorat bo‘limi (TNB) ga uzatiladi.



Radio uyi markaziy apparat xonasi (MAX) ning chiqishidan dasturlarni birlamchi taqsimlash trakti boshlanadi. Ulovchi liniyalar orqali signallar markaziy apparat xonasidan markaziy kommutatsiya taqsimlash apparat xonasi (MKTAX) ga uzatiladi. Dasturlarning texnik nazorati uzluksiz amalga oshiriladi. Dasturlarni ikkilamchi taqsimlash trakti ovoz eshittirish elektr kanalining bir qismi bo‘lib, dasturlarni tinglovchilarga bevosita uzatish uchun mo‘ljallangan.

.hunday qilib, dasturlarni tinglovchilarga bevosita uzatish ikki usul bilan: radio uzatish stansiyalari yoki sim orqali eshittirish tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Ko‘pincha ikkala usul ham bir vaqtda qo‘llaniladi, chunki har bir usul o‘zining afzalligi va kamchiliklariga ega.

Radioeshittirishning afzalligi ko‘p dasturiylik va uzoq masofaga uzatilishidir. .im orqali eshittirish shaharlarda va bir qator tuman markazlarida uch dasturli eshittirishni ta'minlaydi (odatda, birinchi va ikkinchi markaziy va bitta viloyat dasturlari). .im orqali eshittirishni radioeshittirish bilan taqqoslanganda uning yuqori ishonchliligi hamda abonent qurilmasining radioqabulqilgichga nisbatan arzonligini ta'kidlab o‘tish lozim.


    1. Download 1.09 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling