Respublihasi


Tovuxh exhittirixh kanallari va traktlarining xifat ko‘rxatkichlarini me'yorlaxh tamoyillari


Download 1.09 Mb.
bet11/42
Sana08.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#247493
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
48236 (1)

Tovuxh exhittirixh kanallari va traktlarining xifat ko‘rxatkichlarini me'yorlaxh tamoyillari



Tinglovchilar uchun ovozni qayta eshittirish sifati yuqori bo‘lishi uchun ovoz eshittirish elektr kanali traktlarining parametrlari davlat standarti (GO.T 11515-91) tomonidan belgilangan talablarga javob berishi lozim.

Tovush eshittirish kanallari va traktlarining parametrlari sifatini me'yorlashtirish shu kanal va traktlarda signallarning ruxsat etilgan buzilishlari va ruxsat etilgan shovqinlar sathlarini subyektiv-statistik ekspertiza yo‘li bilan aniqlashga asoslangan.

Buzilishlar quyidagi bosqichlar bilan baholanadi:



Buzilishlarning sezilishi hamda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab, tovush jarangdorligining uch sinfi belgilangan:

  • oliy sinf — buzilishlar yuqori malakali ekspertlarga deyarlik sezilmaydi va oddiy tinglovchilarga umuman sezilmaydi;

  • birinchi sinf — buzilishlar yuqori malakali ekspertlarga ishonchsiz seziladi va oddiy tinglovchilarga amalda sezilmaydi;

  • ikkinchi sinf — buzilishlar yuqori malakali ekspertlarga ishonchli seziladi va oddiy tinglovchilarga ishonchsiz seziladi.

Har bir sinf aniq ruxsat etilgan buzilishlar bilan xarakterlanadi.

.hu bilan birga quyidagi sifat parametrlarini reglamentlaydi:

  • uzatish chastotalari kengligini;

  • amplituda-chastota tavsifnomasining notekisligini;

  • garmonikalar koeffitsiyentini;

  • aniq sezilarli o‘tish xalaqitlardan himoyalanganlikni;

  • stereofonik eshittirishda chap va o‘ng kanallardagi fazalar farqi;

  • chap va o‘ng kanallar o‘rtasidagi aniq sezilarli o‘tish xalaqitlardan himoyalanganlikni;

  • chap va o‘ng kanallar o‘rtasidagi sathlar farqini;

  • chiqish sathining nominal qiymatidan og‘ishini.

Tovush eshittirish elektr kanali sinfi ikkilamchi taqsimlovchi trakt sinfi bilan aniqlanadi. Ikkilamchi taqsimlovchi traktdan oldingi

traktlar sinfi ikkilamchi taqsimlovchi trakt (ITT) sinfi ko‘rsatgichidan past bo‘lmasligi shart.

Birlamchi taqsimlovchi trakt BTT sinfi shaharlararo yoki xalqaro ovoz eshittirish kanali sinfi bilan belgilanadi.

Bog‘lovchi liniyalar va ikkilamchi taqsimlovchi trakt sinfi shaharlararo ovoz eshittirish kanali sinfiga mos bo‘lishi kerak. Birlamchi taqsimlovchi traktning boshqa zvenolari oliy sinfli bo‘lishi shart.

Xalqaro ovoz eshittirish kanali sinfi ovoz eshittirish kanali sinfi bilan aniqlanadi. Xalqaro ovoz eshittirish kanalining qolgan zvenolari oliy sinfli bo‘lishi shart.




    1. Download 1.09 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling