Respublihasi


Oq-qora televideniyening TV qabulqilgichlari


Download 1.09 Mb.
bet33/42
Sana08.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#247493
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
48236 (1)

Oq-qora televideniyening TV qabulqilgichlari

Kineskop deb, tasvir signalining oniy qiymatini ketma-ket yorug‘lik impulslariga o‘zgartiruvchi luminofor ekranli elektron- nurli trubkaga aytiladi. Kineskopning yoyish elementi fokuslangan elektron nur hisoblanadi, tasvirning ko‘rsatilishi esa nurni yoyish qonuni bo‘yicha og‘dirilishi va tasvir signalini uning zichligi bo‘yicha modulatsiyasi bilan ta'minlanadi.

Kineskoplarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatiluvchi va proyeksi- yalanuvchi turlari mavjud. Kineskop qurilmasining sxemasi 6.20- a rasmda keltirilgan.

Konstruksiyasi jihatidan kineskop 3 asosiy qismdan iborat: shisha kolba—8, elektron nurni shakllantiradigan elektron-optik tizim—2 va ekran luminofori—7.



Ekran yupqa alumin plyonkasi 6 bilan qoplangan luminofor qatlami 7 ko‘rinishida bo‘ladi. Kineskopning “bo‘yin” qismida og‘diruvchi tizim S joylashgan bo‘lib, uning yordamida tasvirni yoyish jarayonida elektron nurni harakatlanishini ta'minlovchi magnit maydoni shakllantiriladi. Elektron-optik tizim yoki elektron pushka elektron nur tok zichligining tezlanishini, fokuslanishini va boshqarilishini ta'minlaydi.



6.21-rasm. Oq-qora TV qabulqilgichning tuzilish sxemasi: KS—kanal selektori; AD—amplituda detektori; GGHAS—generator chastotasini avto sozlagichi; KAS—kuchayishni avtomatik sozlagichi; OGHKT—tasvirning oraliq chastota kuchaytirgichi; OGHKO—ovozning oraliq chastota kuchaytirgichi; AGH—amplituda chegaralagich; VD—videodetektor; GHD— chastota detektori; OGHK—ovoz chastota kuchaytirgichi; VK—

      1. videokuchaytirgich; AS va VS—amplituda va vaqt selektorlari; SYG va KYG— satr va kadr yoyish generatorlari; YVT—yuqori voltli to‘g‘rilagich; OT— og‘diruvchi tizim; Pk—radiokarnay.




6.20-rasm. Oq-qora kineskop qurilmasinnig sxemasi: 1—sokol; 2—elektron-optik tizim; 3—og‘diruvchi tizim; 4—ichki tok o‘tkazuvchi qoplama (akvadag); 5—ikkinchi anodning chiqishi; 6—yupqa aluminli

qoplama; 7—luminofor; 8—shisha kolba.

Konstruksiyasi jihatidan elektron pushka silindrik elektrodlar ko‘rinishida bo‘ladi (6.20-b rasm) va qizdirgich 1, termokatod 2, modulator S, tezlatuvchi 4 va fokuslovchi 5 elektrodlari, ikkinchi


anod 6 dan iboratdir. Bunday sxema bo‘yicha qurilgan pushka pentod konstruksiyali deb ataladi va ikki linzali optik tizimga mos keladi, nurni fokuslash ikki sohada amalga oshiriladi: immersion obyektiv sohasida va bosh fokuslovchi linza sohasida.

Immersion obyektiv tarkibiga termokatod 2, modulator S va tezlatuvchi elektrod 4 kiradi. Katod va tezlatuvchi elektrodlar



orasidagi yuqori potensiallar ayirmasi (katod yerga ulangan Uk=0, Uy=500-800 B) va ular orasidagi masofaning kichik bo‘lishi hisobiga immersion obyektiv sohasida katta elektr maydon

kuchlanganligi hosil bo‘ladi.

Katod yuzasidan uchib chiqayotgan elektronlar bu maydon ta'siriga tushib, fokus tekisligida ingichka ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan holda to‘planadilar, bu oqimning diametri modulatorning nur o‘tuvchi teshigidan ham kichik bo‘ladi. Keyin fokuslangan oqim yana tarqaladi va bosh fokuslovchi linza sohasiga o‘tadi.

Nazorat xavollari


  1. Televideniyening asosiy vazifasi nimalardan iborat?

  2. Televideniyening asosida yotuvchi fizik jarayonlarning mohiyatini tushuntiring.

  3. Insonning ko‘rish tizimi qanday xususiyatlarga ega?

  4. Televizion tasvir signali tarkibiga qanday signallar kiradi?

  5. .inxrosignallar deganda qanday signallarni tushunasiz?

  6. Optik tasvirni elektr signaliga aylantirish jarayonini tushuntirib bering.

  7. Tasvir signalini yoyishning ahamiyatini tushuntirib bering. U qanday usullarda amalga oshiriladi?

  8. TV tizimda sinxronlash nima uchun kerak?

  9. Kineskoplar qanday tuzilishga ega bo‘ladi?

  10. TV qabulqilgichning tarkibiga qanday qurilmalar kiradi?

  11. Jamiyatda televideniyening ahamiyatini gapirib bering.

  1. Download 1.09 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling