bob. TOVUSH ESHITTIRISHDA O‘LCHASH VA NAZORAT
5.1. Texnik nazorat turlari
Tovush eshittirish texnikasida o‘lchash va nazoratning asosiy vazifasi tinglovchilarga eshittirish dasturlari uzluksizligini kanalning barcha trakt parametrlarining belgilangan elektr normalari chegaralarida ta'minlash hisoblanadi. Bu me'yor 11515-91 «Tovush
Tovush eshittirish traktlarida vaqti-vaqti bilan o‘lchash ish jarayonida, tanaffus vaqtlarida, shuningdek, zarurat bo‘lganda rejali profilaktika ko‘rigi oxirida, qaysiki, profilaktika natijasida o‘zgarishi mumkin hollarda o‘tkaziladi.
Tezkor nazorat apparaturalarning ishlash qobiliyatini bevosita aniqlash va kanalning ayrim uchastkasi parametrlarini ekspluatatsiya sharoitida baholash uchun olib boriladi.
Avtomatik nazorat tovush eshittirish signallarini bevosita uzatish vaqtida kanal traktlarining ishlash qobiliyati haqida axborot beradi. Bu nazorat usulining o‘ziga xos xususiyati shundaki, me'yorda belgilangan sifat parametrining har qanday mos kelmasligini ro‘y berish jarayonida aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |