Respublihasi


Download 1.09 Mb.
bet1/42
Sana08.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#247493
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
48236 (1)


O‘ZBEHISTON RESPUBLIHASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, HASB-HUNAR TA'LIMI MARHAZI






E.B.Mahmudov, V.Z.Zuparov, O.A.Xolmatov


RADIOALOQA, RADIOESHITTIRISH VA TELEVIDENIYE
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2007



32.884

M 32




Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan.



Taqrizchilar:

V.Mirahmedov —texnika fanlari nomzodi, dotsent,

Q.Abduxagatov — texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mahmudov E.B.

Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘ll./ E.B. Mahmudov, M.Z.Zuparov, O.A.Xolmatov; O‘zR oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi.— T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007. — 160 b.

I.Zuparov M.Z. II. Xolmatov O.A.
Ma'lumki, so‘nggi yillarda axborot texnologiyalari jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ushbu “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada ham radioaloqa asoslari, radioeshittirishning asosiy tamoyillari, tovush eshittirish tizimini shakllantirish, tizimdagi asosiy qurilmalar, televideniye asoslari, jumladan, oq- qora, rangli va raqamli televizion tizimi bo‘yicha asosiy ma'lumotlar keltirilgan.

Mazkur o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kolleji talabalari bilan birga texnika sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mustaqil adabiyot sifatida ham xizmat qiladi.


bbH 3k.884 я7kk

3k.94 я7kk



M-Z-X k303040501—16 qat'iy buyurtma, k007 M 35k (04) — k007

SO‘ZBOSHI


Ma'lumki, so‘nggi yillarda sanoati rivojlangan mamlakatlarda axborot kommunikatsiyalar sohasida yangi texnologiyalarga o‘tish jarayoni jadal sur'atlar bilan kechmoqda. O‘zbekiston ham umum- mamlakat miqyosida axborot kommunikatsiyalar yo‘nalishlaridan biri, raqamli radioaloqa, radioeshittirish va televideniye tizimiga o‘tishdek g‘oyat muhim va katta ahamiyatga molik ishlar bo‘sag‘asida turibdi. Radioaloqa va teleradioeshittirishning yangi texnologiyalari XXI asr infokommunikatsiyasining eng zamonaviy sohalaridan hisoblanadi va barcha turdagi axborotlarni zamon talablariga to‘la javob beradigan holda tezkor shakllantirish, qayta ishlash, uzatish va qabul qilishni, saqlashni, jamiyatni yuksak saviyada axborot- lashtirishni amalga oshiradigan ko‘p funksiyali videoaxborotlar tizimidir.

Jahondagi bir qator olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning fikriga qaraganda, yaqin yillar ichida analog televizion tizim radioaloqa va teleradioeshittirishlarning yangi texnologiyalari jamiyatni axborotlashtirishda eng ustun sohaga aylanadi. .hular qatori O‘zbekiston miqyosida ham uchbu yangi texnologiyalarni tatbiq etish yuzasidan qator qarorlar qabul qilinib, amaliy ishlar qilinmoqda. Ko‘pgina chet el firmalarining mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa sohalarida keng miqyosda tatbiq etib borilmoqda. Viloyatlar, shaharlar va shahar tumanlari orasida keng polosali signallarni o‘tkazish muhiti sifatida raqamli liniyalar, optik kabellar va radiorele liniyalari jadallik bilan ishga tushirilmoqda.



.huni ta'kidlash kerakki, radio, TV dasturlarni yangi texnolo-

I.BN 978-9943-03-019-0



© E.Mahmudov, M.Zuparov, O.Xolmatov, G‘afur G‘ulom nomidagi naxhriyot-matbaa ijodiy uyi, k007-y.

giyalar asosida qayta ishlanib tarqatilganda yuqori sifatli televizion

ko‘rsatuvlarni amalga oshirish ta'minlanadi, shuningdek, harakatla- nayotgan obyektlarda ham televizion tasvir va ovoz signallarini qabul

qilishga imkoniyat yaratiladi. Hozirda aniq bir fakt shuki, nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa mamlakat fuqarolarining ko‘pchiligi o‘z kundalik faoliyatida zarur bo‘lgan ma'lumotlardan tortib siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va shunga o‘xshash katta ahamiyatga molik axborotlarni aynan radioaloqa va teleradioeshittirish tarmog‘i orqali qabul qilmoqdalar va bu soha fuqarolarining kundalik hayoti- faoliyatining ajralmas qismiga aylanmoqda. .hu borada, yuqorida qayd etilgan barcha ishlarning mohiyati mavjud analog aloqa kanallarini yangi texnologiyalar asosidagi kanallarga almashtirish, ularning samaradorligini oshirish, ya'ni mamlakat aholisiga, davlat va nodavlat korxonalarga kerakli turdagi va talabdagi yuqori sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etishdan iborat.

Radioaloqa va teleradioeshittirishning yangi texnologiyalari mavjud televizion tarmoqning tuzilishiga zamon nuqtai nazaridan bir qancha ijobiy o‘zgarishlarni olib kiradi. Radioaloqa va teleradioeshittirish yangi texnologiyalarining joriy qilinishi televideniye tarmog‘i bilan Internet tarmog‘ini, mobil aloqa tarmoqlarini va boshqa qo‘shimcha xizmat tarmoqlarini yagona ko‘p funksiyali tarmoq asosida birlashtirishga imkon beradi. .huning bilan birga raqamli texnologiyaga o‘tish natijasida chastota resursi tejaladi, uzatilayotgan turli dasturlar ko‘rsatilishining sifati oshishi bilan birga standart o‘tkazish polosali aloqa kanalidan uzatilayotgan TV dasturlarning soni, ularning sifati yaxshilanishiga imkoniyat yaratiladi, ya'ni ko‘p dasturli teleradio tarqatishlar amalga oshiriladi, bunda telekommunikatsiya xizmatlarining turi ko‘payadi va sifati yanada yuqori bo‘lishiga erishiladi.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada radioaloqa va teleradioeshittirishning yangi texnologiyalari batafsil yoritilgan. Bu talabalarning ushbu sohadagi bilimlarini yanada oshiradi, ko‘nikma va malakalarini boyitadi va O‘zbekistonda har tomonlama yetuk, malakali mutaxassislar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling