Ananlog ovoz signallarini raqamli signallarga o’zgartirish shartlari


Download 175.24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.11.2020
Hajmi175.24 Kb.
#141477
Bog'liq
ananlog ovoz signallarini raqamli signallarga ozgartirish shartlari


ANANLOG OVOZ SIGNALLARINI RAQAMLI SIGNALLARGA 

O’ZGARTIRISH SHARTLARI 

(N.T. Xayitov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 

magistranti, tel.: +99 890 428 86 85) 

 

 



Ayni  damda  yurtimiz  hududlari  raqamli  televideniya  bilan  to’liq  qamrab  olinmoqda. 

Endilikda asosiy muammolardan biri raqamli video va ovoz signallarini sifatli uzatish masalasini 

hal  qilishdan  iborat.  Shu  o’rinda  ovozli  signallar  raqamli  televideniyaning  ajralmas  qismi 

hisoblanadi.  

Inson ikki quloq bilan eshitish qobiliyatiga ega va ovozni qaysi tarafdan kelayotganligini 

10 gacha aniqlik bilan biladi. Shu sababli ovozni analog - raqam signalga o‘zgartirish jarayonida 

avvalo eshitish qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish kerak. 

Ovozni raqamlashtirishda 16 razryadli tekis kvantlash sanog‘i qo‘llanilib, undan katta bit 

ifoda  belgisi  sifatida,  ya’ni  ushbu  signal  sanog‘ining  musbat  yoki  manfiyligini  (qutbliyligini) 

ko‘rsatadi. Ovoz signalining balandli o‘zining yuqori (maksimal) qiymatiga yaqin bo‘lishiga yo‘l 

qo'ymaslik  kerak,  chunki  bunda  ARO‘  da  signalning  cheklanishi  va  tiklanayotgan  ovozning 

buzilishi namoyon bo‘ladi.  

Shuning  uchun  studiya  traktida  ovoz  signallarini  analog-raqam  o‘zgartirishda  kvantlash 

sanoqlari  ∆A=16  -  24  bit/sanoq  va  diskretlash  chastotasi  f

d

=  96  kGs  bo‘ladi.  Bunday  yuqori 



diskretlash chastotasini tanlash ARO‘ ning kirishidagi PCHF ni soddalashtirishni ta’minlaydi va 

ovoz  signalining  20kGsdan  yuqori  tashkil  etuvchilarini  oson  so‘ndiradi.  Agar  ARO‘  ning 

kirishiga  ovoz  signalining  f

d

/2  dan  yuqori  chastotali  tashkil  etuvchisi  kirsa  (Kotelnikov 



shartining buzilishi), unda ovozning tiklanish sifati buziladi. Studiya kanallarida A=16 bit/sanoq, 

diskretlash  chastotasi  f

d

=48kGs  va  kodlashtiriladigan  ovoz  signallarining  diapazoni 



∆F=20....20000Gs  qilib  olinadi.  Bunda  katta  bit  ishorani  belgilaydi,  ya’ni  signal  sanoqlari 

ishorasi manfiy yoki musbat ekanligini ko‘rsatadi. 

 

1-rasm. Ovoz signalini kvantlash sathi. 



Ovoz signallarini o‘zgartirishda “diskretizatsiya” termini o‘rniga “semplirovanie” so‘zi 

inglizcha  (Sample  -  namuna)  qo‘llaniladi,  ya’ni  ARO‘  natijasida  olingan  raqamli  ma’lumotlar 

ketma-ketligi tushuniladi. 

Agar  16  razryadli  kodlash  qo‘llanilsa,  ovozning  dinamik  diapazoni  90dB  bo‘lishi 

mumkin, ammo real xolatda, dinamik diapazonni siqish - kengaytirish natijasida 50 - 60 dBgacha 

kamaytirish mumkin. Bunda signal qiymati kichik bo‘lganda kvantlash shovqinining miqdorini 

kamaytirish va signal qiymati katta bo‘lganda ARO‘ni cheklanishlardan saqlash mumkin bo‘ladi. 

Televideniyeda  tasvirning  ovoz  tashkil  etuvchi  signalini  uzatishda  2  turdagi  audiointerfeys 

ishlatiladi: 

 



birinchi tur- ikki kanalli ketma - ket balansli professional interfeys AES / EBU yoki 

IEC 958; 

 

ikkinchi  tur-ikki  kanalli  ketma  -  ket  balanslanmagan  maishiy  apparaturalar 



interfeysi SPDIF yoki IEC 958.  

Bu  interfeyslar  elektr  qismi  bilan  farqlanadi  xolos,  ammo  ma’lumotlar  bir  xil  formatda 

bo‘ladi  va  u  2.20-rasmda  ko‘rsatilgan.  Ikkala  interfeysda  ham,  signalni  32  -  48  kGs  chastota 

bilan diskretlab, stereo formatli audioma’lumotlarni  real  vaqtda uzatish uchun, 20 bit sig‘imga 

(hajmga) ega bo‘lgan kanalda qo‘llaniladi.  Interfeys audioma’lumotlar blokidan tashqari 4 bitli 

qo'shimcha  ma’lumotlarni  (masalan:  kompanderning  siqish  koeffitsienti  haqida  ma’lumot) 

dekoderga  yo‘llashga  xizmat  qilishi  ham  kerak.  Yana  qo'shimcha  kanalning  xolati  aniqlovchi 

V(mono)  yoki  S  (stereo),  foydalanuvchining  ma’lumotlarini  U,  juftligini  tekshiruvchi  R  bitlar 

bo‘lishi  bilan  birga  4ta  sinxronizatsiya  biti  bo‘lishi  kerak.  Hozirda  4ta  xizmatlar  biti 

audioma’lumotlar tarkibiga kiritilagan va shuning uchun umumiy sig‘im (hajm) 24 bitdan iborat 

bo‘ladi.  

 


2-rasm. AES/EBU standartida ovoz signalining ifodasi. 

 

Keltirilgan  standart  ikkita  ovoz  signalini  shakllantiradi  (masalan:  2  mono  yoki  1 stereo 



kanal) va ularning sanoqlaridan 64 bit o‘lchamli audio kadr hosil qilinadi. 

Raqamli oqimni shakllantirishda 192 ta ketma - ket kadr birlashtirilib, ma’lumotlar bloki 

yaratiladi  va  maxsus  bitlar  yordamida-  signal  haqidagi  axborot  (mono  yoki  stereo),  kiritilgan 

o‘zgartirishlar va jamlangan foydalanuvchi haqida ma’lumotlar uzatiladi. 



“C”  bit  192ta  audiokadrdan  iborat  audioma’lumotlar  blokini  uzatish  vaqtida  24  bayt 

axborotni  (kanal  xolati,  diskretlash  chastotasi,  chastota  bo‘yicha  dastlabki  buzilishlar  haqidagi 

ma’lumotlarni) ketma ket uzatishga xizmat qiladi. 

Aniqlik biti “V” har bir subkadrning “0”da joylashtiriladi va uzatilayotgan signal analog 

signalga aylantirilishi kerakligini belgilaydi. 



Foydalanuvchining  biti  “U”  foydalanuvchi  yoki  ishlab  chiqaruvchining  talabiga 

binonan qo‘llaniladigan bit. 



Juftlikni  nazoratlovchi  bit  “P”  subkadrdagi  sonlar  qiymati  doimo  juft  bo‘lmog‘ini 

ta’minlaydi va shu orqali qabul qilinayotgan kadrning xatosini aniqlaydi. 

Bundan  tashqari,  2.19-  rasmda  keltirilgan  raqamli  audiosignalni,  qabul  qiluvchi 

qurilmaning har qanday qismi kadr va subkadr orasidagi chegarani “bilishi” lozim. 

Bu maqsad uchun har bir kadr va subkadrni sinxronizatsiyalovchi sarlavha bloki xizmat 

qiladi. 


Sinxronizatsiyalovchi sarlavhalar 3 ta turga bo‘linadi: 

1.  Chap kanal subkadrining boshlanishini belgilaydigan sanoqlar uchun

2.  O‘ng kanal subkadrining boshlanishini belgilaydigan sanoqlar uchun; 

3.  Har  192  kadrdan  so‘ng  (diskretizatsiya  chastotasi  48kGs  olinganda  har  4  msekda 

qaytariladi) takrorlanadigan bitlar ketma -ketligini belgilash uchun. 

AES/EBU  standarti  bir  qator  diskretlash  chastotalaridan  foydalanishni  ko‘zda  tutadi, 

ulardan televideniye uchun 48kGs chastotasi ancha qulaydir, chunki ma’lumot blokining davom 

etish vaqti 4ms dan iborat. Ovozni diskretlash chastotasi va videokadr chastotasi orasidagi nisbat 

sodda  qilib  belgilangan  bu  o‘z  navbatida  raqamli  video  va  ovoz  signallarini  bitta  aloqa 

liniyasidan uzatish va sinxronizatsiya qilishni soddalashtiradi. 



Download 175.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling