Respublihasi
Download 1.09 Mb.
|
48236 (1)
bob. RADIOESHITTIRISH3.1. Tovuxh exhittirixh tizimi. Ba'zi ta'riflar Tovush eshittirish deb, turli xildagi ovoz ma'lumotlarini hududiy keng tarqalgan tinglovchilarga maxsus texnika vositalari orqali sirkular uzatish jarayoniga aytiladi. Tovush eshittirish targ‘ibot va tashviqot vositasi sifatida katta ommaviy va siyosiy ahamiyatga ega bo‘lib, tinglovchilarning targ‘ibot-tashviqot, madaniy va ma'naviy saviyasini oshiruvchi vosita hamdir. Badiiy eshittirishning asosiy vazifasi ovoz eshittirish dasturlarini tinglovchilarga yuqori sifatda o‘z vaqtida yetkazishdir. Eshittirish — alohida mavzu jihatdan yakunlangan axborot. Dastur — mo‘ljallangan kanallarga taqsimlanadigan eshittirishlar majmui. Respublika radiosi har kuni 4 dastur bo‘yicha eshittirishlarni olib boradi. Eshittirishlar — nutq, musiqali va aralash turda bo‘lishi mumkin. Aralash turdagi eshittirishlarga badiiy-dramatik va badiiy montajlar kiradiki, bunday eshittirishlarda matn (nutq) musiqa ohanglari yoki alohida musiqa parchalari bilan birga uzatiladi. Eshittirishlar mazmuni eshittirishlarni shakllantiradigan va qayta ishlaydigan studiyalarga bo‘lgan talablarni belgilaydi. .hu bilan barobar tinglovchilarni studiya bilan bog‘lovchi aloqa kanallariga bo‘lgan talablarni ham belgilaydi. Mana, 100 yildan buyon ovoz eshittirish rivojlanib kelmoqda va shu davr ichida 1918-yilda tashkil etilgan Nijegorod shahridagi kichik radiola- boratoriyadan katta quvvatli radioeshittirish uzatkichlarigacha bo‘lgan ulkan yo‘lni bosib o‘tdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 72 ta radioeshittirish uzatgichlari, 10 ta telemarkaz va 10 ta radio uylari mavjud, aholining 98 % dan ortig‘i televideniye eshittirishlari bilan qamrab olingan, bir sutkada televideniye eshittirishlari hajmi 56 soatni tashkil etadi. Tovush eshittirish texnikasining hozirgi kundagi asosiy vazifalaridan biri — eshittirish sifatini oshirish. Bu masala yechimining real yo‘li signallarni qayta ishlash va uzatishda raqamli usullarni qo‘llashdir. .huni ta'kidlab o‘tish joizki, dasturlarni shakllantiruvchi raqamli qurilmalar va raqamli aloqa kanallari yaratilgan va amalda qo‘llanilmoqda. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling