Respublika ilmiy-amaliy anjumani


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/74
Sana08.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1758606
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Bog'liq
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1

 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
49 
maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim 
oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuaidir. Masofaviy o‘qitish 
tizimi – masofaviy o‘qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o‘qitish tizimi. Barcha 
ta’lim tizimlari singari masofaviy o‘qitish tizimi o‘zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, 
usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo‘lib 
qoldi? – degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab 
o‘tish mumkin:
- Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga 
bog‘liqmasligi va boshqalar); 
- Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi; 
- Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi
- Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi; 
- Xalqaro integratsiyaning kuchayishi; 
Yuqorida sanab o‘tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o‘qitishga ehtiyoj 
borligini ko‘rsatadi.
Masofaviy o‘qitishning ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi model va shakllari 
mavjud bo‘lib, ular quyidagi qo‘llanish shartlari bilan farqlanadi:
- geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan uzoqlikda joylashuvi, 
iqlimi);
- mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi;
- kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi;
- ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining qo‘llanish 
darajasi;
- ta’limda qo‘llaniladigan an’analari;
- masofaviy o‘qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi va ularning salohiyati 
va boshqalar. 
Masofaviy ta’limni hamma yo‘nalishlarga qo‘llab bo‘lmasligi aniq, lekin bizning 
sharoitida agrar soha mutaxassislarini tayyorlashda masofaviy ta’limni qo‘llash yuqori 
samara berishi aniqdir. Birinchidan, agrar ta’limni amaliyot bilan olib borish 
tayyorlanayotgan mutaxassisning bilimini mustahkamlaydi. Fan, ta’lim va ishlab 
chiqarish integratsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Ikkinchidan, agrar ta’lim muassasalarida uzoq 
qishloqlardan kelib o‘quvchi talabalar sonining yuqoriligi; Talabalar o‘z joylarida turib 
o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Uchinchidan, ko‘pchilik qishloq 
aholisining farzandlarini shartnoma asosida o‘qitish imkoniyatining chegaralanganligi; 
masofaviy ta’limda shartnoma to‘lovlari teng yarmiga kamayishi mumkin. To‘rtinchidan, 
agrar ta’lim muassasa bitiruvchilarining qishloqlarga qaytib borish foizi kamayib 
borayotganligi. Aynan agrar ta’limda masofaviy talimning joriy etilishi qishloqda ishdan 
ajralgan holda o‘qishga sharoiti bo‘lmay mehnat qilayotgan yoshlarga qishloq xo‘jaligi 
bo‘yicha zamonaviy bilimga ega mutaxassis bo‘lishligiga imkoniyat yaratgan bo‘lar edi. 
Chunki aynan fermer va dehqonlarning farzandlari ekin maydonlarida mehnat qilib 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini еtishtirishmoqda. Mazkur ta’lim turini joriy qilish bilan 
bog‘lik ayrim muammolarning kelib chiqishi tabiiy. Bular asosan mablag‘lar, texnik 
vositalar ta’minoti va shu sohada malakali muxandis hamda pedagog kadrlar 
yеtishmovchiligi, lekin bu muammolarni imkoniyat darajasida hal qilish mumkin. 


2
4
.6.
2
02
3
 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
50 
Internet texnologiyalardan foydalanish bizga o‘quv materiallarni cheksiz va juda arzon 
tarqatish va ko‘paytirish hamda uni o‘quvchilarga tezkor va aniq yеtkazish 
imkoniyatlarini yaratib berdi. Shu bilan birga ta’lim interaktiv bo‘lganligi sababli, 
o‘quvchining o‘z ustida mustaqil ishlashning o‘rni juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling