Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik statistika masalalarini yechishda MS Excel dasturidan foydalanish.
- MS Excel
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. S.S.G‘ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Darslik. Toshkent, “Sharq”, 2000 y. 2. S.Tursunov, I.Nazarov, A.Hasanov.Ta’limda axborot texnologiyalari. Darslik. T.: “Adabiyot uchqunlari”, 2019 yil 2-tom 3. S.Tursunov, I.Nazarov, A.Hasanov.Ta’limda axborot texnologiyalari. Darslik. T.: “Adabiyot uchqunlari”, 2019 yil 1-tom. 4. Yuldoshev I.A. Ta’limda zamonaviy texnik vosita va texnologiyalar. Monografiya/- T.: «Fan va texnologiya», 2015. -172 b. 5. T.Rixsibyev, X.Rizsiboyeva, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi.Darslik. T.: “Tafakkur qanoti”, 2018 y. 6. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web dizayn.Darslk.T.: “Cho‘lpon”, 2013 y. 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 41 Matematik statistika masalalarini yechishda MS Excel dasturidan foydalanish. Sattorov Abdusalom Mutalipovich, a.sattorov@ferpi.uz FarPI Oliy matematika kafedrasi o‘qituvchisi Nizomiddinova Maftunaxon Shoirjon qizi, nmaftuna0228@gmail.com FarPI E24-21 TVM guruh talabasi Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitishda axborot texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda. Matematika fani to‘liq va maqsadli ravishda axborot texnologiyalari yordamida o‘qitilishi mumkin bo‘lgan fan hisoblanadi. Axborotlashtirishning dastlabki vositalari aynan matematik masalalarni yechishda qo‘llanilganligi ham bejiz emas. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘qitish jarayonida ba’zi murakkab tushunchalar aniqroq bayon etililishiga imkon yaratiladi, darslar yanada qiziqarli o‘tadi, interfaol darslar tashkil etish imkoniyati yaratiladi. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining matematik bilimlarni axborot texnologiyalar bilan birgalikda qo‘llash malakasi uning puxta bilimga ega bo‘lishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Hisoblash vositalari, kompyuter tarmoqlari, o‘rgatuvchi va maxsus amaliy dasturlar, jumladan matematik paketlarning keng imkoniyatlari Matematikani o‘qitishda axborot texnologiyalarining qo‘llanilishini ta’minlashga asos bo‘ladi. Matematik paketlarning kamida bittasidan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish, matematik texnikalarini to‘liq egallamagan bo‘lajak mutaxassisga mustaqil ravishda katta hajmdagi hisoblashlarni bajarish va murakkab amaliy masalalarini yechish imkonini yaratadi. Matematik masalalarni yechishda zamonaviy matematik paketlarning qo‘llanilishi talabalarda egallangan nazariy bilimlarining tizimlashishi va chuqurlashishi bilan bir qatorda ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish va berilgan muammoni yechish borasida yangi bilimga ega bo‘lishlariga olib keladi. Hozirgi davrda matematik masalalarni yechish uchun ko‘plab matematik paketlar ishlab chiqilgan. Misol sifatida MathCAD, Mathematics, Matlab, Maple, Maxima, Statistica, Derive kabi dasturlarni keltirish mumkin. Ular bir-biridan funksiyalari soni va qamrovi, grafik imkoniyatlari, interfeysning sifati va foydalanishga qulayligi, boshqa paketlar bilan ma’lumotlar almashish imkoniyatlari, qo‘llanish sohasi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi. Matematika kursining Matematik statistika bo‘limi mavzularini o‘qitishda kompyuter texnologiyalarini keng va samarali qo‘llash mumkin. Talabalarga statistik ma’lumotlar bilan ishlash va ularni tahlil qilish usullarini ko‘plab vositalarga ega bo‘lgan MS Excel dasturidan foydalanib o‘rgatish ham mumkin. Hozirda aksariyat maktab o‘quvchilari ham Excel dasturi bilan ishlash ko‘nikmalariga ega yoki ta’lim jarayonida bunday ko‘nikmalarni egallashlari oson. SHuning uchun asosiy e’tiborni talabalarga ma’lumotlarni qayta ishlovchi funksiyalardan foydalanish va natijalarni tahlil qilishni o‘rgatishga qaratish zarur. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni kuzatishlar natijasida olingan X va Y miqdorlar o‘rtasidagi chiziqli korrelyatsion bog‘lanish tenglamasini (regressiya tenglamasi, regressiya modeli) tuzish misolida Excel dasturidan foydalanish usullari va qulayliklarini ko‘rib chiqamiz. Dastlab ba’zi kerakli tushunchalarni keltirib o‘tamiz. Regressiya tenglamasi quyidagi funksiyalar bilan ifodalanishi mumkin: 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 42 1) ( ) x y f x = – natijaviy omil ( y ) va bitta omil o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflaydi (bir omilli yoki juft regressiya); 1 2 ( , , ... , ) k х у f x x x = – natijaviy omil ( y ) bilan ikki va undan ko‘p omil o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflaydi (ko‘plik regressiya), bu yerda k – omillar soni. Korrelyatsion bog‘liqlik to‘g‘ri chiziqli ( chiziqli ) va egri chiziqli ( chiziqsiz ) bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri chiziqli bog‘liqlikda omil miqdorining ortishi bilan natijaviy omil miqdorining bir me’yorda ortishi (yoki kamayishi) yuz beradi va u to‘g‘ri chiziq tenglamasi bilan ifodalanadi. Egri chiziqli funksional va korrelyatsion bog‘liqlikda omil miqdorining ortishi bilan natijaviy omil miqdorining ortishi (yoki kamayishi) bir me’yorda yuz bermaydi va u egri chiziqlar tenglamalari bilan ifodalanadi. x 1 , x 2 , ... , x n va y 1 , y 2 , ... , y n ma’lumotlar qatorlari orasidagi chiziqli bog‘lanishning darajasini aniqlashda korrelyatsiya koeffitsiyenti (ingl. correlation – bog‘lanish) dan foydalaniladi. Bu koeffitsiyent quyidagicha aniqlanadi: ( )( ) ( ) ( ) 2 2 x x y y r x x y y − − = − − , 1 1 n i i x x n = = , 1 1 n i i y y n = = 𝑥̅, 𝑦̅ – berilgan ma’lumotlar qatorlarining o‘rta qiymatlari. Misol. Yilning 1-choragida 12 ta savdo do‘konidagi savdo hajmi (x) va sotuvchilarga to‘langan o‘rtacha ish haqi (y) to‘g‘risidagi ma’lumotlar olingan: Do‘kon № 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 X (savdo hajmi) 10 14 21 23 27 32 39 45 55 61 62 68 Y (ish haqi) 3,8 4,8 5,9 6,1 6,2 6,3 6,6 7,4 8,5 9,7 10,5 12,4 Bu ma’lumotlarga asoslanib, Y ning X ga chiziqli bog‘lanishi (regressiya) tenglamasini va tanlanma korrelyatsiya koeffitsiyentini topishni ko‘rsatamiz. Masala shartida berilgan jadvalni MS Excel dasturida kiritib olamiz. Kiritilgan jadvalni belgilab, Вставка > Рекомендуемые диаграммы tugmasini bosilsa, Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling