Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
30 hozirgi zamon talablariga nisbatan to‘g‘ri keladigan narsalar berganliklariga qarab emas, balki ularning o‘zlaridan avvalgi o‘tganlarga nisbatan qanday yangiliklar berganliklariga qarab baholanadi.”-deb ta’kidlangan. Mutaffakir ota-bobolarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan ilmiy boyliklar, ular tomonidan yozilgan asarlar xalqimiz tomonidan ko‘z qorachig‘idek saqlanmoqda va o‘rganilmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlod maktab o‘quvchilarini mana shu asarlar bilan tanishtirish, ularning dunyoqarashini kengaytiradi, bilib saviyasini yuksaltiradi, ilmiy tafakkurni shakllantiradi. Matematika o‘qituvchisi dars vaqtida, shu dars temasiga bog‘liq bo‘lgan matmatik tushunchalarning paydo bo‘lishi, ularning rivojlanib borishi va bu sohada O‘rta Osiyolik matematik olimlarning merosini amaliyotda ko‘rsatish lozim. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, masalan, matematika to‘garaklarida O‘rta Osiyo matematikasi tarixiga doir ma’lumotlarni berishda, O‘rta Osiyo matematik olimlarining ijodiy yutuqlari faqat O‘rta Osiyo xalqlarining emas, balki barcha xalqlarning ma’naviy boyligi ekanligini ta’kidlash lozim. Bu tadbirlarning hammasi yosh avlod-maktab o‘quvchilarini yangi jamiyat qurishning faol quruvchilari qilib tarbiyalashda, maktab matematika fani dasturining o‘quvchi tomonidan zo‘r qiziqish asosida o‘zlashtirilishiga katta yordam beradi. O‘quvchilarnig bilim doiralarini kengaytiradi. Respublika olimlari qo‘l yozmalardan asosiy manba sifatida foydalanib matematika, fizika va astronomiya fanlari sohasida ilmiy tekshirish ishlari olib borib, bir qancha natijalarga erishdilar. O‘zbekistonda fizika-matematika fanlari tarixini o‘rganishda eng birinchi tadqitotchi olim akademik T.N.Qori-Niyoziy hisoblanadi.T.N.Qori-Niyoziyning 1950 yilda nashr qilgan “Ulug‘bek astronomiya maktabi” asari davlat mukofotiga sazavor bo‘lgan. XV asrda yashagan Samarqand matematiklari va astronomlari asarlarni turli nuqtai nazarlardan o‘rganish sohasida ham ilmiy ishlar olib borildi. O‘rta Osiyo matematika tarixi sohasida A.P.Yushkevich, B.A.Rozenfeld, S.H.Sirojiddinov, G.P.Matviyevskaya, G.D.Mamedbeyli, V.P.Sheglov, G‘.Jalolov va boshqalar keng miqiyosda ilmiy ishlar olib bordilar va bir qancha ijobiy natijalarga erishdilar. 1960 yildan boshlab O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Ramanovskiy nomidagi matematika institutida Yaqin va O‘rta Sharqda O‘rta asrlarda matematika tarixini o‘rganish sohasida chuqur ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda. Shu institutda chop etilgan qator monografiyalarda O‘rta Osiyolik olimlarning ijodi va matematik asarlari ilmiy tahlil qilingan. Akademiyaning Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoislik institutida ham ko‘p yillardan beri fan tarixi sohasida izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan shu institut buyuk alloma Muhammad al Xorazmiyning fan tarixida olamshumul tarixiy ahamiyat kasb etgan “Matematik risiolani” 1964 yil, Beruniyning matematika va astronomiyaga oid Qonuni Mas’udiy 1973 yil, 1974 yil va Tafhim 1973 yil asarini chuqur ilmiy izohlar bilan ruscha va o‘zbekcha tarjimalarni nashr etdi. Va qator asarlarni nashrga tayyorladi. Mashhur buxorolik ensiklopedist olim Abu Ali ibn Sinoning matematika va mexanika sohasidagi ijodiy ishlari, ozarbayjonlik olim Nasirddin Tusiyning arifmetikaga 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 31 doir ijodi, XIII asrda yashagan Samarqandlik olim Shamsiddin Samarqandiyning geometriyaga doir ishlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Farobiy va Beruninyning tabiiy fanlar va matematikaga oid ijodiy ishlarini o‘rganish sohasida chuqur ilmiy tekshirishlar olib borildi. Ulug‘bek ilmiy maktabi, uning vakillari, masalan Ali Qushchining matematika va fizika astronomiya sohasidagi ishlarui bo‘yicha ilmiy ishlar bajarildi. Xorazmiy Farobiy, Ibn Sino, Umar Hayyom, Nasriddin Tusiy, Ulug‘bek ilmiy maktabi vakillarining matematikaga oid asarlari rus tiliga tarjima qilinib nashr etildi. Xorazmlik mashhur olim Abu Rayhon Beruniyning 1973 yilda o‘tkazilgan 1000 yillik yubilyei munosabati bilan uning asosiy asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinib, nashr etildi. O‘rta asrlarda uyg‘onish davrida yashab ijod etgan barcha olimlar mutafakkirlar o‘z ijodiy ilmiy faoliytalarda fanning faqat bitta yo‘nalishi bir tarmog‘i bilan shug‘ullanib qolmay balki, keng qamrovli fanlar tarmog‘i bilan shug‘ullanib kelganlar. Shu boisdan ensiklopedist olimlar deb e’zozlangan. Bunday sharafli nomga ega bo‘lish uchun inson tug‘ma intelektual salohiyatga, kuchhli ong va tafakkurga ega bo‘lmog‘i kerak. Bunday tabiiy quvvat biologik zehn idrok va barcha insoniy fidoiyliklar qobiliyatiga ega bo‘lgan insonlar mahshur olimlar intelektual betakror salohiyatga ega bo‘lgan deb qarash lozim. Ana shunday qobiliyat egalari ilmiy izlanishlarda betakror kashfiyot, ilmiy tadqiqot ishlarini bajariga qodir olimlar yashab o‘tgan. O‘rta Osiyo olimlarining ma’naviy ilmiy merosi jahon fan taraqqiyotiga asos bo‘lib, umumjahon ma’naviy qadriyatiga asoslanib, ularning ilmiy intelektual salohiyati XVII asrdan boshlab Yevropa mamlakatlarida fanning uyg‘onish davriga asos bo‘lib xizmat qildi. XX asrda esa fan texnika rivojida oltin asr deb nomlanishiga asos bo‘ldi. Bunaday umumbashariy ilmiy merosni yaratgan olimlarni intelektual salohiyati yosh abvlod tarbiyasida inteletual salohiyat ibratlari hisobanadi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling