Respublika ilmiy-amaliy anjumani


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/74
Sana08.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1758606
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Bog'liq
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. U.Y.Turaev. Oliy ta’lim muassasalarida matematikani o‘qitish jarayonida axborot 
texnologiyalarini qo‘llash usullari. International Scientific Journal Science And 
Innovation, № 4, 2022 y. 
2. Sh.R.Xurramov, B.A.Abduraxmonov, U.A.Shodmonova. Matematika fanini 
o‘qitishda axborot texnologiyalari matematik paketlaridan foydalanish imkoniyatlari. 
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, 2018 y. 
3. Кеткина О.С. Возможности MS Excel для регрессионного анализа. 
Электронный текстовый ресурс. УрФУ, Екатеринбург, 2020 г. 
Akademik liteseylarda elektron axborot-ta’lim resurslaridan foydalanishni 
takomillashtirish. 
 
Choriyev Kamoliddin Abdurahmonovich 
Termiz davlat universiteti 
 
Bugungi kunda jamiyatimiz tez rivojlanmoqda va o‘zgarmoqda. Zamonaviy 
bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’limni takomillashtirishda yangi axborot 
texnologiyalaridan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi. Bugun 
O‘zbekistonda ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ta’lim tizimiga 
masofali o‘qitish, Internet, elektron aloqa, elektron darslik, elektron qo‘llanma, elektron 
kutubxona, elektron axborot-ta’lim resurslari kabi tushunchalar kirib keldi. 
Zamonaviy o‘quv-metodik majmualar o‘quv materiallarining turli shakllari 
(elektron, qog‘oz va hokazo) majmuasi bo‘lib, ular fan dasturlariga mos keluvchi, 
auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari va mustaqil ta’limning o‘quv-metodik 
ta’minotini o‘zida mujassamlashtiradi. 
Elektron axborot-ta’lim resurslari (EATR) – Davlat ta’lim standarti (DTS) asosida 
mutaxassislik va yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning alohida muhimroq bo‘limlariga oid 
nashrlar, namunaviy, o‘quv va ishchi reja, shuningdek, mashq va masalalar to‘plami, 
xarita va sxemalar albomi, tuzilmalarga oid atlaslar, xrestomatiya, diplom loyihasi 
bo‘yicha ko‘rsatmalar, ma’lumotnoma, ensiklopediya, trenajyor kabilar majmuasi. 
Yuqoridagilar bilan birga muallif nazdida EATR – zamonaviy AT muhitida 
o‘qitishning didaktik, dasturiy va texnik interfaol majmuasidan tashkil topadi va ular 
o‘quv materiallarini kompyuter texnologiyalari hamda audio-video vositalar asosida 
yaratish, tizimlashtirish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatini 
beruvchi manba. 
EATRlarning ta’lim vositalari tarkibiga o‘quv darsliklari, qo‘llanmalarning 
elektron versiyalari, kompyuter multimediali o‘rgatuvchi tizimlar, audio o‘quv-axborot 
materiallari, video o‘quv-axborot materiallari, virtual laboratoriya ishlari, trenajyorlar, 
ma’lumotlar va bilimlar negizi, elektron kutubxonalar, ekspert o‘rgatuvchi tizimlar 
asosidagi o‘qitish vositalari, virtual reallik asosidagi o‘qitish vositalari kiradi.


2
4
.6.
2
02
3
 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
46 
EATR ta’lim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish asosida 
o‘quvchining o‘quv faoliyatini o‘zi nazorat qilishi hamda to‘g‘ri yo‘naltirishi, 
kompyuterning hisoblash imkoniyatlaridan foydalanishi tufayli o‘quv vaqtini tejash, 
o‘quv materiallarini vizuallashtirish, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni 
modellashtirish, ularni imitasiyalashtirish, turli pedagogik vaziyatlarda optimal qaror 
qabul qilish ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish, fikrlashning aniq bir 
shakli (ko‘rgazmali-obrazli, nazariy)ni rivojlantirish, bilish faoliyati madaniyatini 
shakllantirish kabi imkoniyatlarni beradi. Shu bois EATR yaratish va undan AL, KHK 
ta’limi tizimida foydalanish yetarli darajada ta’minlanmaganligi tadqiq etilayotgan 
muammoning dolzarbligini belgilaydi.
ALga ilg‘or pedagogik va zamonaviy ATni tatbiq etishdagi asosiy vazifalar yangi 
AT o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun lozim moddiy-texnika negizini yaratish, o‘quv 
jarayoni uchun yangi axborotlashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va yalpi qo‘llash, 
o‘quvchilarning zamonaviy AKT sohasida bilimi, ko‘nikma, malaka va 
kompetensiyalarini uzviy shakllantirish va shular asnosida ta’lim-tarbiyaviy jarayon sifati 
va samaradorligini oshirishni ta’minlashdan iborat.
AL o‘quv jarayoniga yangi AT ni joriy qilish bosqichlari. 
T
T/r 
Joriy qilish bosqichlari va ularning qisqacha 
mazmuni 
Kutilayotgan natija 
1. 
ALdagi mavjud AKTlari negizi holatini tahlil 
qilish va baholash 
AKT 
negizi 
haqida 
dastlabki xulosalar olinadi 
2. 
Axborotlashtirish bo‘yicha AL moddiy texnika 
bazasini takomillashtirish yo‘llarini belgilash 
Moddiy-texnik 
baza 
takomillashtiriladi 
3. 
ALda o‘qitiladigan umumta’lim fanlar bo‘yicha 
elektron 
darsliklar, 
virtual 
stend 
va 
laboratoriyalar yaratish mexanizmini ishlab 
chiqish 
Umumta’lim va maxsus 
fanlardan elektron darslik, 
virtual 
stend 
va 
laboratoriyalar yaratiladi.
4. 
AL uchun masofali o‘qitish kurslarini yaratish 
mexanizmini ishlab chiqish 
AL uchun masofali o‘qitish 
kurslari yaratiladi 
5. 
AL, KHTda AKTlaridan foydalanishni nazorat 
qilish texnologiyasini takomillashtirish 
AKT joriy qilishni nazorat 
qilish 
texnologiyasi 
yaratiladi. 
O‘quv jarayoniga zamonaviy AT ni joriy qilish bazasi AL bo‘ladi. Natijada, 
ALlarda AKTidan foydalanish ilmiy nuqtai nazardan asoslandi, ta’lim tizimiga elektron 
darsliklar, virtual stend va laboratoriyalar, masofali o‘qitish kurslarini joriy qilish 
mexanizmi yaratildi. Bir so‘z bilan aytganda, ALda AKTlaridan samarali foydalanish 
tizimi hamda zamonaviy o‘qitish vositalari – elektron darsliklar, virtual stend va 
laboratoriyalar, masofali o‘qitish kurslarini joriy etish tizimlari yaratiladi.
Elektron o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va ular bilan ta’lim 
muassasalarini ta’minlash uchun yuqorida qayd etilgan yo‘nalishdagi vazifalarni 
jadallashtirish lozim bo‘lib, bunda elektron axborot-ta’lim resurslari yaratish asosiy hal 
etiladigan vazifalardan biri hisoblanadi. Navbatdagi asosiy vazifa EATRning yangi 
avlodini ommaviy tarzda yaratish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash hamda 


2
4
.6.
2
02
3
 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
47 
tegishli ta’lim turlarida yalpi qo‘llashdan iborat, ya’ni mamlakat miqyosida ta’lim 
muassasalari EATR kutubxonasining yagona elektron tarmog‘ini barpo etishdan iborat. 
EATR an’anaviy metodik qo‘llanmalardan farqli fanga oid tegishli materiallarni dinamik 
talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio 
va video animasiyalar, gipermurojaatlardan o‘rinli foydalangan holda, taqdim etilishiga 
mo‘ljallangan manba. Qaysi fandan EATR yaratilmasin, u dastlab fanning o‘quv 
dasturiga mos kelishi, o‘quv-metodik nashrlarga qo‘yilgan talablarga javob berishi lozim. 
EATR umumiy, maxsus va fakultativ kurslarga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. U 
o‘rganilayotgan kurs (yoki fan)ning mazmunini ochib berishi, o‘quv-metodik maqsadga 
erishish uchun yetarli hajmga ega bo‘lishi lozim. 
EATR o‘quv-metodik maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi illyustrativ 
elementlarni o‘z ichiga olishi, ya’ni unda kompyuterning multimediali imkoniyatlaridan 
mumkin qadar maksimal darajada foydalanish zarur. EATRda boshqa boblarga 
gipermurojaat qilish, zarur bo‘lganda tashqi Web manbalar va resurslarga murojaat 
qilishni o‘zida jamlashi kerak. O‘quvchining o‘quv materialini o‘zlashtirish va mustaqil 
baholash uchun o‘z-o‘zini tekshirish imkonini beruvchi nazorat savollariga ega bo‘lishi 
lozim. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling