Respublika ilmiy-amaliy anjumani


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/74
Sana08.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1758606
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74
Bog'liq
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1. Abdullayev, M., Saidahror, G., & Ayupov, R. (2020). Raqamli iqtisodiyot - kadrlar 
tayyorlashning dolzarb yo‘nalishlari.
2. Norboeva N Erkinovna, Khashimova D Pakhritdinovna. The role of the digital 
economy in the development. 
3. U.S. Eshaliyev. "PSYCHOLOGICAL-PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES OF 
NATIONAL CRAFTS OF SCHOOL PUPILS" In Volume 7, Issue 10, of Journal NX- 
A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, Oct. 2021 
4. U.S. Eshaliyev. "THE FUTURE OF COMPUTER SCIENCE TEACHER 
COMPETENCE OF NURTURING THE TECHNOLOGY IMPROVEMENT" ISSN: 
2776-0979, Volume 3, Issue 2, Feb., 2022 
 
Aqlli dunyo konsepsiyasi. Buyumlar interneti.
 
Eshimov Ural Bozorovich
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
huzuridagi Surxondaryo axborot texnologoyalari texnikumi O‘IBDO‘ 
 
Insoniyat o‘z tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan.
Birinchisi - yozuvning kashf etilishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi - kitob bosishning 
ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet bo‘lgan. Shuning uchun ham 
XXI asr axborot asri hisoblanadi. 
Hozirda internet orqali yozishmalar, videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining 
bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham o‘z funksiyalarining 
muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu 
bilan ham cheklanib qolayotgani yo‘q. Internetdan foydalanishni endi nafaqat insonlar, 
balki, buyumlar ham «uddalaydigan» zamonga qadam qo‘ymoqda. 
Aslida internetdan foydalanadigan buyumlar zamonasi ham allaqachon boshlangan. 
Shu sababli ham bu soha «buyumlar interneti»deb nomlanish olgan bo‘lib, axborot 
texnologiyalari evolyusiyasi bir kun kelib bu jarayonga kirishishi albatta tabiiy hol edi. 
«Buyumlar interneti» konsepsiyasi hamda, termining o‘zi dastlab 1999-yilda 
Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan o‘rtaga tashlangan edi. 
U kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy ro‘zg‘or buyumlari, choynak, eshik 
qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vositalar, 
ko‘cha chiroqlari, eskalatorlar, avtomobil to‘xtash joylari va shahar xavfsizlik 
xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qo‘llaniladigan yuqori texnologik qurilmalardan 
boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha bo‘lgan barcha-barcha jabhalarni 
internet bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan. Bunda, internet qamrovi inson ishtirokini 


2
4
.6.
2
02
3
 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
51 
istisno qilishi, ya’ni, buyumlar inson ishtirokisiz ham internet orqali o‘zaro «muloqot» 
qilishi nazarda tutiladi. «Buyumlar interneti» deyilishning sababi ham shunda. 
Buyumlar orasida internet orqali muloqotga kirishgan eng birinchi buyum bu yana 
o‘sha Massachusets texnologik instituti bitiruvchisi Jon Romkining tosteri bo‘lgan edi. 
1990-yilda Romki TCP/IP protokoli orqali ushbu buyumni tarmoqqa ulagan va undan 
masofadan turib foydalanishga kirishgan. 2008-yildan boshlab internet endi haqiqatan 
ham «buyumlarniki» bo‘lib qoldi. Internetga ulangan buyumlar soni internetga ulangan 
insonlar sonidan oshib ketgan edi. Bu raqam borgan sari o‘sishda davom etdi va 2018-
yilga kelib, jahon bo‘ylab tarmoqqa ulangan buyumlar soni endilikda telefonlar sonidan 
ham o‘zib ketgani iddao qilinmoqda. 
Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq. Ba’zan 
ayollar uydan chiqib bo‘lib, «dazmolni o‘chirmay chiqqan bo‘lsam-a» - degan holatga 
tushishadi. Ba’zilar esa, uyda suv toshitib yuborib ish samarasini pasaytiradi. Buyumlarni 
internetga ulash bunday salbiy holatlarni oldini olishga va kishiga xotirjamlik 
bag‘ishlashga ham xizmat qiladi. Dazmolni o‘chirmay chiqqan bo‘lsa ham, uni 
masofadan turib, telefon orqali o‘chirib qo‘yish mumkin. Yoki, shunday ssenariy 
qilinadiki, dazmolga buyruq beriladi, aytaylik ikki daqiqa ko‘p qo‘l tekkizilmasa, 
avtomatik ravishda o‘zini-o‘zi tokdan o‘chirishi ko‘zda tutiladi. Suv toshib ketsa ham, bu 
jarayonni qayd etgan hisoblagichlar internet suv jumragini yopishga buyruq berishi 
ko‘zda tutiladi. Bunda hisoblagich internet orqali muloqotga chiqib, suv toshiganligi 
haqida xabar beradi; shu bilan birga, jumrak ham suvni berkitish kerakligini xabar qiladi. 
Bundan tashqari, buyumlar internetiga ulangan kamerani xonadon oldiga o‘rnatilib, 
uyga «chaqirilmagan mehmon» kelishi bilan tizim ishga tushib, poygakdagi insonni 
suratga yoki videoga tushirib xabar yuboradi. Yoki begona shaxs eshikni ochishga urinsa 
bu haqida kamera eshik qulfiga xabar berib, qo‘shimcha himoya vositalarini ishga jalb 
qilishi ko‘zda tutiladi. Bularning barchasi inson ishtirokisiz, buyumlarning o‘zi 
tomonidan internet orqali bajariladi. Shuningdek, konditsioner sensori uyda odam 
borligini sezib, o‘zi ishga tushib sovita boshlaydi. Isitish va yoritish tizimini ham shunday 
sozlash mumkin. Xullas, bu borada buyumlar interneti insonga juda ko‘p imkoniyatlar 
taqdim etadi va ulardan qanday foydalanish odatda insonning o‘z fantaziya darajasi bilan 
cheklanadi xolos.
Yuqorida aytgan jarayonlar, ya’ni, buyumlar internetini xonadonda qo‘llash hozirda 
«Aqlli uy» deb nomlanadigan tushuncha ostiga birlashtirilgan. Bu jarayonning nisbatan 
yirikroq va muhimroq ko‘rinishi «Aqlli shahar» konsepsiyasida namoyon bo‘ladi. 
Shaharning ijtimoiy ahamiyatga ega muhim qismlari «transport vositalari, svetoforlar, 
xavfsizlik tizimlari va hokazolarning texnik vositalarini ham buyumlar internetiga ulash 
mumkin. Svetoforlar va avtomobil internet orqali muloqot qilib, sensorli ekran 
shaharning qaysi ko‘chalari tirband va qaysi ko‘chalari nisbatan holi ekanligini ko‘rsatib 
borishi ko‘zda tutiladi. Ofisda ham «aqlli ofis» tizimida loyihalanib, ofisga yetib kelishi 
bilan internet orqali xona chiroqqa, konditsionerga, noutbukka xabar beradi. Bu buyumlar 
esa ishga tushib, xonani ishga tayyorlaydi. 
Hozirda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar WEB Z.0 texnologiyasiga bog‘lana oladigan 
buyumlarni ishlab chiqarish ommalashgan.
 


2
4
.6.
2
02
3
 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
52 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling