Respublika ilmiy-amaliy anjumani


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/74
Sana08.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1758606
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Bog'liq
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1

Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1.Ahmedov A., Taylaqov N. Informatika. AL va KHK uchun darslik. –T.: O‘zbekiston, 
2002. 2 nashri. –272 b (2004. 3 nashri). 
2.Ahmedov A.B., Taylaqov N.I. Informatika. Akademik liseylar va akademik liseylar 
uchun darslik. – T.: O‘zbekiston, 2001. – 272 b. 
3.Begimkulov U.Sh. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik ta’limni 
tashkil etish //Pedagogik ta’lim. –T.,-2004.-1-son. –B. 25-27. 
4.Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish 
muammolari va istiqbollari // InfoCom.uz. – T., -2006. – 3-son. – B. 64-65. 
5.Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnolo-giyalarini joriy 
etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. –T.: “Fan”, 2007. – 160 b. 
6.Begimkulov U.Sh. Ta’lim muassasalarida yagona axborot-kommunikasiya muhitini 
tashkil etishning metodik asoslari // Pedagogik ta’lim. – T., 2006. –4-son. – B. 61-64.
 
 
Informatika o‘qituvchisini tayyorlashda masofaviy o‘qtishning roli va
ahamiyati. 
 
Eshaliуev O‘tkir Soatmurodovich 
Termiz davlat universiteti 
O‘zbekiston respublikasida ta’lim sohasini jahon standartlari darajasiga yеtkazish 
borasida isloxotlar olib borilmoqda. Ta’lim tizimiga zamonaviy innovatsion 
texnologiyalarni qo‘llash borasida ham bir qator ishlar olib borilmoqda. Shular qatorida 
masofaviy ta’limga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda malaka oshirish va 
qayta tayyorlash sohasida masofaviy ta’lim joriy etilib, ijobiy natijalarga erishilgan holda 


2
4
.6.
2
02
3
 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
48 
qulay o‘qitish tizimi ekanligini isbotlamoqda. Mamlakatimizning geografik o‘rni, viloyat 
va shaharlarning joylashishi, qishloqda va shaharda yashovchi aholi hajmidagi tafovutlar, 
qishloq joylarda oliy ma’lumotli mutaxassislarning yеtishmovchiligi hozirgi kunda 
rivojlangan jamiyatda keng joriy etilayotgan elektron ta’limni joriy etishni talab etmoqda. 
Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar davomida o‘zgarmay 
kelgan holatlarni o‘zgrtirib yubordi. Bu odatdagi xat yozishmalari elektron pochta bilan, 
kutubxonalar esa web-saytlar bilan almashinishida namoyon bo‘ldi. Endilikda esa ta’lim 
tizimida ta’lim olishning an’anaviy shakllari o‘rniga masofaviy ta’lim elementlari kirib 
keldi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim 
jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish 
shakli - masofaviy o‘qitish yaratilishiga omil bo‘ldi. Masofaviy ta’limda talaba va 
o‘qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o‘zaro maxsus yaratilgan o‘quv kurslari
nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida 
doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini qo‘llashga asoslangan masofaviy 
o‘qitish jahon axborot ta’lim tarmog‘iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o‘zaro 
aloqa tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy 
o‘qitish barcha ta’lim olish istagi bo‘lganlarga o‘z malakasini uzluksiz oshirish imkonini 
yaratadi. Bunday o‘qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o‘quv-uslubiy 
materiallarni o‘zlashtiradi, nazoratdan o‘tadi, o‘qituvchining bevosita rahbarligida 
nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o‘quv guruhi» talabalari bilan 
muloqotda bo‘ladi. Ma’lum sabablarga ko‘ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi 
bo‘limlarida tahsil olish imkoniyati bo‘lmagan, masalan, sog‘ligi taqoza yetmaydigan, 
mutaxassisligini o‘zgartirish niyati bo‘lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati 
bo‘lgan kishilar uchun masofaviy o‘qitish qulay o‘qitish shakli hisoblanadi. Masofaviy 
o‘qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni 
har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog‘liq. Masalan, an’anaviy bosma 
usuliga asoslangan o‘qitish vositalari (o‘quv qo‘llanma, darsliklar) talabalarni yangi 
material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferensiyalar ma’lum 
vaqt orasida o‘zaro muloqotda bo‘lishga, elektron pochta to‘g‘ri va teskari aloqa 
o‘rnatishga, ya’ni xabarlarni jo‘natish va qabul qilishga mo‘ljallangan. Oldindan tasmaga 
muhrlangan videoma’ruzalar talabalarga ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish imkonini bersa, 
faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga 
o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitish imkonini beradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga 
olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib o‘tamiz. Masofaviy o‘qitish – 
eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga 
olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga 
asoslangan ta’lim formasidir. Masofaviy o‘qish – bu yangi axborot texnologiyalari, 
telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U 
ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv 
shartsharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq 
mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim 
oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq emas. Masofaviy ta’lim – 
masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi 


2
4
.6.
2
02
3

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling