Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. R.Ishmuxamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev. “Ta’limda Innavatsion texnologiyalar” (ta’lim muassasalari pedagog o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar). O‘quv qo‘llanma. T.: “Iste’dod”, 2008 y. 2. Abduqodirov A., Xaitov A., Shodiev R. “Axborot texnologiyalari” Darslik.T.: “O‘zbekiston”, 2004 y. Informatika fanlarini o‘qitishda elektron o‘quv qo‘llanma yaratish texnologiyasining ahamiyati. Turayev Taxir Yuldashovich. Termiz davlat pedagogika Instituti o`qituvchisi Abdullayeva Qurbonoy Raximnazar qizi Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’limning biror o‘quv fanini to‘liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o‘tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo‘llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek, yana boshqa ko‘p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo‘lib bormoqda. Umumta’lim maktablari uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari o‘g‘il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko‘makchi vazifasini ham o‘tayotir. Darsliklarning elektron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta’limiy o‘yinlar va boshqa ta’lim resurslari, metodik qo‘llanmalardan ayni vaqtda ko‘plab ta’lim muassasalarida keng foydalanilmoqda. Ta’lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o‘quv-trening vazifasini o‘tovchi elektron axborot-ta’lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o‘qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o‘z samarasini bermoqda. Ta’lim maskanlarida o‘quvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma’lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o‘z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo‘llanilayotganligi, o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilimlar ko‘lamining tobora oshib borayotganligi, ta’limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‘yicha milliy va mahalliy 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 78 sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta’limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda ta’limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta’limni umumiy o‘rta ta’lim maktablari, professional ta’lim orqali amalga oshirish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lgan. O‘qituvchi tizimlar va o‘qitishni kompyuterlashtirish. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling