Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Informatika fanlarini o‘qitishda modulli texnologiyalarining ahamiyati va o‘rni
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Muhammadiyev J.O‘. , Nazirova D.X. Power Point programmasida ishlash. O‘quv uslubiy qo‘llanma TDYI- 2003 yil. 2. Razzoqov Sh.I. , Yo‘ldoshev Sh.S. , Ibragimov U.M. “Kompyuter grafikasi” Kasb- hunar kollejlari uchun “NOSHIR”- TOSHKENT-2013 yil. 3. J.F.Yo‘ldoshev, S.Usmonov “Ilg‘or pedagogic texnologiyalar”.Toshkent sh. “O‘qituvchi” 2004 y Informatika fanlarini o‘qitishda modulli texnologiyalarining ahamiyati va o‘rni Turayev Taxir Yuldashovich.Termiz davlat pedagogika instituti o`qituvchisi Muxammadiyeva Dilrabo Abdialim qizi Termiz davlat pedagogika instituti talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonida belgilangan. O‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish jarayonini bosqichma- bosqich tadbiq etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda oliy ta’lim muassasalarining xizmati katta hisoblanadi. Bu tadqiqotlarning aksariyati o‘qitish maqsadi va uning yuqori natijalariga erishishida ta’limga o‘qitish texnologiyalarini kiritish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 97 ta’limni texnologiyalashtirish eng muhim vazifalardan bo‘lib turibdi. Ana shunday texnologiyalardan biri modulli o‘qitish texnologiyasidir. Modulli texnologiyalar - eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan, kompetensiyasi ya’ni bilim, ko‘nikma va malakalari diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon. Modul - mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bo‘lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bo‘lgan birlikdir. Modul fanning fundamental tushunchalarini ma’lum hodisa, qonun, bo‘lim, ma’lum bir yirik mavzu, o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhini o‘z ichiga olib o‘rganadi. Modulli o‘qitish esa o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u odam bosh miyasining o‘zlashtirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir. Modulli o‘qitish asosi inson bosh miyasi to‘qimalarining modulli tashkil etilganiga tayanadi. Modulli o‘qitishdan ancha yildan beri fanlarning o‘rgatishda qo‘llanilib kelishiga qaramasdan, musiqa yo‘nalishdagi fanlarda kam qo‘llanilgan. Shularni hisobga olgan holda musiqa fanini o‘qitishda modulli ta’lim texnologiyasi mavzuni dolzarbligini belgilaydi. Modul – bu fanning bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fundamental tushunchalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan va didaktik tamoyil asosida tuzilgan o‘quv materiallari birligi bo‘lib, unda fan bo‘yicha o‘quv dasturlari qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tarzda tabaqalashtiriladi. Natijada bosqichmabosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Agar o‘quvchi-talabalarni modul texnologiyasi asosida o‘qitish to‘g‘ri tashkil etilsa, ta’limning har qaysi bosqichida ular yangi o‘quv materiallarini o‘zlashtiradi, ko‘nikma va malakasini takomillashtiradi. Modulli o‘qitish texnologiyasi quyidagi xususiyatlari bilan boshqa ta’lim texnologiyalaridan farq qiladi. 1. Modulli o‘qitish texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchilar munosabatlarini modul asosida individual tarzda muloqot qilishini ta’minlaydi. 2. O‘quvchining o‘zi o‘quv-biluv jarayonini yuqori darajada tashkil etadi. Darslarni modulli o‘qitish texnologiyalari asosida tashkil etish talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishni o‘rganuvchi pedagogik va texnologik shart-sharoitlarni aniq loyihalash va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Ta’lim islohotlarining zamonaviy shart-sharoitlarida o‘qituvchilar maqomi va ularning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari tubdan o‘zgartiriladi, ularning kasbiy faoliyatga tayyorligi va mahoratiga bo‘lgan talablar oshiriladi. Modul ta’limi zamonaviy ta’limning istiqbolli turi sanaladi. U o‘quv materialini kodlashtirishga asoslanadi.O‘quv materialini kodlashtirishda matnga asoslangan axborot (ma’lumot)lar imkon qadar muayyan shaklga kiritiladi. Ya’ni, o‘quv axborotlarining mohiyati surat, grafika, tasvir, jadval, diagramma, sxema, model, turli ramzlar, shartli (matematik, fizik, geometrik va b.) belgilar yordamida kodlashtiriladi. Kodlashtirish o‘z- o‘zidan o‘quv materialining xajm jixatidan zichlanishini ta’minlaydi. Binobarin, modul ta’limi inson bosh miyasi to‘qimalarining modulli tuzilishi nuqtai nazardan asoslangan. Inson bosh miyasi to‘qimasi, qariyb 15 mlrd.neyron (asab xujayralari)dan, boshqacha aytganda, shartli modullardan iborat. Ko‘p sonli asab xujayralari bir-birlari bilan o‘zaro to‘qnashadi. Odatda birgina xujayra va uning o‘simtasi boshqa xujayra, uning o‘simtasi bilan 6 ming marta o‘zaro to‘qnashadi. Demak, bosh miya xujayralari to‘qimasidagi 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 98 to‘qnashuvlar soni 15000000000x6000 miqdorni tashkil etadi.O‘quv moduli esa ta’lim jarayonining aloxida bitta xujayrasi sifatida e’tirof etiladi. Inson miyasidagi xujayralar to‘qimalarining modulli tuzilmasi axborotlarni kvant (ayrim bo‘laklar, qismlar) tarzida samarali qabul qiladi. -Ta’lim mazmunini optimallash; -o‘quv materiallarini muayyan tartiba tizimlashtirish; -o‘quv materiallari va topshiriqlarining ta’lim oluvchilar imkoniyatiga ko‘ra moslashtirish; -ta’limni individuallashtirish; -ta’lim jarayonini faollashtirish; -ta’lim oluvchilarning ta’limiy imkoniyatlarini to‘la ruyobga chiqarish; -ta’lim oluvchilarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish; -ta’lim oluvchilarni nazariy bilimlardan amaliyotga samarali, faol foydalanishga o‘rgatish; -ta’lim oluvchilar faoliyatini real kuzatiladigan harakatlar asosida ob’ektiv baholash; -ta’lim samaradorligini izchil nazorat qilish. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling