Respublika ilmiy-amaliy anjumani


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/74
Sana08.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1758606
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Bog'liq
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1Muhammadiyev J.O‘. , Nazirova D.X. Power Point programmasida ishlash. 
O‘quv uslubiy qo‘llanma TDYI- 2003 yil. 
2Razzoqov Sh.I. , Yo‘ldoshev Sh.S. , Ibragimov U.M. “Kompyuter grafikasi” 
Kasb- hunar kollejlari uchun “NOSHIR”- TOSHKENT-2013 yil. 
3. J.F.Yo‘ldoshev, S.Usmonov “Ilg‘or pedagogic texnologiyalar”.Toshkent sh. 
“O‘qituvchi” 2004 y 
Informatika fanlarini o‘qitishda modulli texnologiyalarining ahamiyati va o‘rni 
 
Turayev Taxir Yuldashovich.Termiz davlat pedagogika 
 
instituti o`qituvchisi 
Muxammadiyeva Dilrabo Abdialim qizi 
Termiz davlat pedagogika instituti talabasi 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston 
Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi 
PF-5712-son 
Farmonida 
belgilangan. 
O‘qitish 
metodikasini 
takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish jarayonini bosqichma-
bosqich tadbiq etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarda belgilangan vazifalarni amalga 
oshirishda oliy ta’lim muassasalarining xizmati katta hisoblanadi. Bu tadqiqotlarning 
aksariyati o‘qitish maqsadi va uning yuqori natijalariga erishishida ta’limga o‘qitish 
texnologiyalarini kiritish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, 


2
4
.6.
2
02
3
 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
97 
ta’limni texnologiyalashtirish eng muhim vazifalardan bo‘lib turibdi. Ana shunday 
texnologiyalardan biri modulli o‘qitish texnologiyasidir.  
Modulli texnologiyalar - eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan 
tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, talabaning 
mustaqil faoliyatiga asoslangan, kompetensiyasi ya’ni bilim, ko‘nikma va malakalari 
diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon. 
Modul - mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bo‘lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, 
natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bo‘lgan birlikdir. Modul 
fanning fundamental tushunchalarini ma’lum hodisa, qonun, bo‘lim, ma’lum bir yirik 
mavzu, o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhini o‘z ichiga olib o‘rganadi. Modulli o‘qitish 
esa o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u odam bosh miyasining 
o‘zlashtirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir. Modulli o‘qitish asosi inson bosh miyasi 
to‘qimalarining modulli tashkil etilganiga tayanadi. Modulli o‘qitishdan ancha yildan beri 
fanlarning o‘rgatishda qo‘llanilib kelishiga qaramasdan, musiqa yo‘nalishdagi fanlarda 
kam qo‘llanilgan. Shularni hisobga olgan holda musiqa fanini o‘qitishda modulli ta’lim 
texnologiyasi mavzuni dolzarbligini belgilaydi.  
Modul – bu fanning bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fundamental tushunchalarini 
o‘rganishga yo‘naltirilgan va didaktik tamoyil asosida tuzilgan o‘quv materiallari birligi 
bo‘lib, unda fan bo‘yicha o‘quv dasturlari qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tarzda 
tabaqalashtiriladi. Natijada bosqichmabosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Agar 
o‘quvchi-talabalarni modul texnologiyasi asosida o‘qitish to‘g‘ri tashkil etilsa, ta’limning 
har qaysi bosqichida ular yangi o‘quv materiallarini o‘zlashtiradi, ko‘nikma va 
malakasini takomillashtiradi. Modulli o‘qitish texnologiyasi quyidagi xususiyatlari bilan 
boshqa ta’lim texnologiyalaridan farq qiladi.  
1. Modulli o‘qitish texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchilar munosabatlarini modul 
asosida individual tarzda muloqot qilishini ta’minlaydi.  
2. O‘quvchining o‘zi o‘quv-biluv jarayonini yuqori darajada tashkil etadi. 
Darslarni modulli o‘qitish texnologiyalari asosida tashkil etish talabalarni kasbiy 
faoliyatga tayyorlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishni o‘rganuvchi pedagogik va 
texnologik shart-sharoitlarni aniq loyihalash va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. 
Ta’lim islohotlarining zamonaviy shart-sharoitlarida o‘qituvchilar maqomi va ularning 
ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari tubdan o‘zgartiriladi, ularning kasbiy faoliyatga 
tayyorligi va mahoratiga bo‘lgan talablar oshiriladi.  
Modul ta’limi zamonaviy ta’limning istiqbolli turi sanaladi. U o‘quv materialini 
kodlashtirishga asoslanadi.O‘quv materialini kodlashtirishda matnga asoslangan axborot 
(ma’lumot)lar imkon qadar muayyan shaklga kiritiladi. Ya’ni, o‘quv axborotlarining 
mohiyati surat, grafika, tasvir, jadval, diagramma, sxema, model, turli ramzlar, shartli 
(matematik, fizik, geometrik va b.) belgilar yordamida kodlashtiriladi. Kodlashtirish o‘z-
o‘zidan o‘quv materialining xajm jixatidan zichlanishini ta’minlaydi. Binobarin, modul 
ta’limi inson bosh miyasi to‘qimalarining modulli tuzilishi nuqtai nazardan asoslangan. 
Inson bosh miyasi to‘qimasi, qariyb 15 mlrd.neyron (asab xujayralari)dan, boshqacha 
aytganda, shartli modullardan iborat. Ko‘p sonli asab xujayralari bir-birlari bilan o‘zaro 
to‘qnashadi. Odatda birgina xujayra va uning o‘simtasi boshqa xujayra, uning o‘simtasi 
bilan 6 ming marta o‘zaro to‘qnashadi. Demak, bosh miya xujayralari to‘qimasidagi 


2
4
.6.
2
02
3
 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
98 
to‘qnashuvlar soni 15000000000x6000 miqdorni tashkil etadi.O‘quv moduli esa ta’lim 
jarayonining aloxida bitta xujayrasi sifatida e’tirof etiladi. Inson miyasidagi xujayralar 
to‘qimalarining modulli tuzilmasi axborotlarni kvant (ayrim bo‘laklar, qismlar) tarzida 
samarali qabul qiladi. 
-Ta’lim mazmunini optimallash; 
-o‘quv materiallarini muayyan tartiba tizimlashtirish; 
-o‘quv materiallari va topshiriqlarining ta’lim oluvchilar imkoniyatiga ko‘ra 
moslashtirish; 
-ta’limni individuallashtirish; 
-ta’lim jarayonini faollashtirish; 
-ta’lim oluvchilarning ta’limiy imkoniyatlarini to‘la ruyobga chiqarish; 
-ta’lim oluvchilarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish; 
-ta’lim oluvchilarni nazariy bilimlardan amaliyotga samarali, faol foydalanishga 
o‘rgatish; 
-ta’lim oluvchilar faoliyatini real kuzatiladigan harakatlar asosida ob’ektiv baholash; 
-ta’lim samaradorligini izchil nazorat qilish. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling