Respublika ilmiy-amaliy anjumani


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/74
Sana08.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1758606
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
Bog'liq
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1

 
Foydanilgan adabiyotlar: 
 
1.O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. (№563-11. № 
560-II 11.12.2003 y.).
2.“Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlar” fani bo‘yicha elektron o‘quv qo‘llanma, 
TATU FF.
3.M.Mamarajabov va boshqalar. “Axborot texnologiyalari” fanini kasbiy sohalarga 
yo‘naltirib o‘qitish metodikasi. Metodik qo‘llanma.T.: TDPU, 2012 y. 
4.R.R.Boqiev. “Informatika fanini kasbiy sohalarga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi” 
Metodik qo‘llanma.T.: TDPU, 2012 y. 
Informatika fanlarini o‘qitishda elektron hukumat tizimining ahamiyati va 
qo‘llanilishi. 
Turayev Taxir Yuldashovich. 
Termiz davlat pedagogika instituti o`qituvchisi 
Iskandarova Shaxodat Nuriddin qizi 
Termiz davlat pedagogika instituti talabasi 
Aholining interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkonoyatini yaratish uchun 
2013-yil 1-iyulda Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (www.my.gov.uz) ishga 
tushirildi, 2015-yil 17-martdan esa O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali 


2
4
.6.
2
02
3
 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
104 
foydalanishga topshirildi. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida Qonun hujjatlari 
ta’sirini baholash tizimini alohida portal ko‘rinishida ishga tushirish edi, mazkur 
tizim2015-yil 1-yanvardan ishga tushgan bo‘lib dastlab Yagona davlat interaktiv 
xizmatlari portalining alohida bo‘limida aholi e’tiboriga havola etildi. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini jamiyat taraqqiyotini ta’minlash, barcha jabhalariga integratsiya qilish 
masalasi – barcha sohalar uchun o‘ta dolzarb va muhim vazifadir. 
Tez taraqqiy etib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan 
“Elektron hukumat” tizimini yaratish, uning barcha imkoniyatlarini ijtimoiy va iqtisodiy, 
ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, kommunal sohalarda amaliyotga tatbiq etish – xalq 
manfaatlariga xizmat qilishi, mehnat samaradorligi va sifat, qurilayotgan jamiyat uchun 
yangi imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar yaratadi. 
Ta’kidlash zarurki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga 
asoslangan jamiyat taraqqiyoti poydevorini qurish, uni takomillashtirib borish asoslarini 
ta’minlab berish maqsadida, bugungi kunga qadar tasdiqlangan bir qator qaror va 
farmonlar – mazkur sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning izchil 
mexanizmini yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining hammasi ham bu haqda to‘liq 
ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, vaqt o‘tishi bilan ushbu tizim jamiyat hayotining butun 
jabhasini qamrab olishini dunyo tajribasi ko‘rsatmoqda.Turli idoralar axborot tizimlari 
o‘rtasida elektron hamkorlikka o‘tilishi aynan elektron hukumatning shakllanish jarayoni 
sanaladi. Ushbu jarayonning markazida davlat organi emas, aynan foydalanuvchi 
turmog‘i lozim. 
Aholining “Elektron hukumat” doirasida interaktiv xizmatlardan foydalanish 
bo‘yicha ko‘nikma va malakasini shakllantirish. Bu esa aholining huquqiy ongini 
oshirish, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini o‘rgatish, davlatga nisbatan ishonchni 
ortirish, eng asosiysi fuqarolar vaqtini va mablag‘ini tejashda asosiy omil bo‘lib xizmat 
qiladi. 
”Elektron hukumat” tizimi, uning mohiyati va vazifalari.“Elektron hukumat” tizimi 
asoslari va modellari. Axborot insoniyat taraqqiyotining har bir davrda muhim hayotiy 
omil bo‘lib hisoblanib kelgan. U odamlar o‘rtasida muloqotni amalga oshirish, bilimlarni 
saqlash va qarorlar qabul qilishga xizmat qilib, o‘zining ahamiyatini oshirib bormoqda. 
Insoniyatning paydo bo‘lgan davridan boshlab to hozirgi kunga qadar axborot 
almashinuvi sohasidagi rivojlanishni yetti bosqichga ajratish mumkin.
Ular: 
-Tabiiy muloqot (mimika, imo-ishora va nutq) ning paydo bo‘lishi. Ushbu dastlabki 
bosqichda muloqot nafaqat insonlarning o‘zaro tushunishiga, balki bilimlar, tajribalar, 
xalq ijodiyoti namunalarini avloddan avlodga yetkazishga xizmat qilgan; 
-Ikkinchi bosqich yozuvning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Uning qo‘llanilishi toshlar, 
terilar, matolar va keyinchalik qog‘ozlarga bilimlarni saqlash imkoniyatini yaratdi. 
-Nusxalash vositalarining paydo bo‘lishi bosqichida qog‘oz maxsulotlari (kitob, jurnal 
gazeta va hakozo) ni chop etish orqali axborotlar keng tarqatilgan; 
-Radio va televideniening paydo bo‘lishi mavzkur vaqtda axborotni butun omma 
e’tiboriga etkazib berish imkoniyatini taqdim etdi; 


2
4
.6.
2
02
3

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling