Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Foydalanilgan adаbiyotlаr
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Informatika fanlarini o‘qitishda ma’lumotlar bazasidan foydalanishning samarali usullari.
Foydalanilgan adаbiyotlаr: 1.S.Tursunov, I.Nazarov “Ta’limda axborot texnologiyalari” I tom. Toshkent “Adabiyot uchqunlari” 2019 y.–262 b. 1,2,3 2.S.Tursunov, I.Nazarov “Ta’limda axborot texnologiyalari” II tom. Toshkent “Adabiyot uchqunlari” 2019 y.–299 b. 1,2,3 3.T.Yu.Turayev “Ta’limda axborot texnologiyalari” T.: “Innovatsiya Ziyo” 2022 y. 164 b. 1,2,3 Informatika fanlarini o‘qitishda ma’lumotlar bazasidan foydalanishning samarali usullari. Turayev Taxir Yuldashovich.Termiz davlat pedagogika instituti o`qituvchisi Ramazanova O`raltosh Mamatqul qizi Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Mamlakatimizda kompyuter va uzatish tarmoqlari, internet xizmatlarini rivojlantirish, ularni dunyo standartlariga yetkazish va shu asosda axborotlashgan jamiyat sari jadal intilish maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilyapti. Mamalakat darajasida soha rivoji muhim omillardan biriga aylangan. Shu bois ham mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi hisoblanadi. MBni tashkil qilish, uni to‘ldirish, nusxasini olish kabi vazifalarni bajarish uchun maxsus dastur ta’minoti bo‘lishi lozim. Bunday dastur ta’minoti MBBT deyiladi. Mazkur tizimlar bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchiga xizmat ko‘rsata oladi, ya’ni ma’lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining foydalanishi mumkin. Bunday MBBTlarni tashkil qilishda yuqori darajadagi dasturlash tillari: Clipper, Paradox, FoxProlar mavjud. Microsoft Access dasturining qo‘shimcha qulayligi shundaki, bu dastur Microsoft Excel, Microsoft Word va boshqa dasturlar bilan integrasiyalangan. Shuning uchun ham u yoki bu dasturdagi ma’lumotlarni import yoki eksport qilish imkoni mavjud. So‘rovlardan foydalanishning ahamiyati katta hisoblanadi. So‘rovlarni dastavval Koнструктор yordamida tayyorlash maqsadga muvofiq. Bu o‘rganish uchun ham qulay usul. “База данных” oynasida “Запросы” nomli boshqaruv elementi va unga MB ravishda maxsus panel bor. Mazkur paneldagi ro‘yxat “Создание запроса в режиме конструктора” nomli yozuv va unga mos belgicha bilan boshlanadi. Bu belgicha (piktogramma) “Запрос 1: запрос на выборку” sarlavhali oynada maxsus blankni ekranga chiqaradi. Mazkur blankni odatda, namuna bo‘yicha so‘rov blanki deb ham atashadi. U ikki sohaga ajratilgan: yuqori sohada so‘rov yo‘naltirilgan jadvalning tuzilmasi aks etadi; quyi soha esa ustunlarga bo‘lingan bo‘lib, har bir ustunda tuzilishi 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 102 kerak bo‘lgan natijaviy jadvalning ma’lum bir maydon nomi, u maydon qaysi jadvaldan olinganligi, undagi ma’lumotlarni saralash, ekranga chiqarish belgisi, tanlash sharti, shuningdek, “yoki” so‘zi bilan boshlanuvchi satrda boshqa amallar aks ettiriladi. Na’muna bo‘yicha so‘rovni shakllantirish quyidagicha amalga oshiriladi. Blankning yuqori qismida kontekstli menyu orqali so‘rov murojaat etayotgan jadvallarning sarlavhasi va maydonlarning nomlari keltirilgan oynalar ochiladi. So‘ng natijaviy jadval tarkibiga kirishi lozim bo‘lgan maydonlarning nomlari ustida sichqoncha kursori turgan holda sichqonchaning chap tugmasi ketma-ket deyarli uzluksiz ikki marotaba bosiladi. Bunda blankning quyi qismidagi ustunlar avtomatik ravishda MBBT tomonidan to‘ldirib boriladi. Shu tarzda “so‘rov tuzilmasi” shakllantirilganidan keyin, uning oynasini yopish oldidan so‘rovga nom beradi. Keyinchalik mazkur “so‘rov” ni ishga tushirish. “Jadval” larda odatdagidek, amalga oshiriladi. Tartibdagi amallar natijasida eng sodda va ayni paytda eng ko‘p qo‘llaniladigan “so‘rov”lar tuziladi, ularni “tanlanma bo‘yicha so‘rovlar” deb atashadi chunki, bu turdagi “so‘rovlar” o‘zlarining asosidagi jadvallarning maydonlardan ma’lumotlarni tanlab olish imkoniyatni beradi. Natijaviy jadvaldagi qaydlarni tartiblash. Tanlanma asosidagi so‘rovlarni qo‘llash natijasida tanlab olingan ma’lumotlarni tartibga solish zarurati tug‘ilganda, “сортировка”- saralash buyrug‘idan foydalaniladi. Yuqorida aytganimizdek, blankning quyi qismida sortirovka nomli maxsus satr bor. Bu satr tanlanishi bilanoq mos katakchaning o‘ng tomonida yoyiluvchi ro‘yhat tugmasi paydo bo‘ladi. Bu yoyiluvchi ro‘yhatda saralash usullarining - o‘sish tartibida yoki kamayish tartibida saralash usullarining nomlari keltirilgan. Natijaviy jadvalda ma’lumotlarning saralanishi saralash tartibi qaysi maydon uchun o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha maydon bo‘yicha amalga oshiriladi. MBlarda ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida bir nechta maydon bo‘yicha saralash imkoniyati mavjud. Bu holda saralash namuna bo‘yicha so‘rov blankining ustunlarida joylashgan maydonlar bo‘ylab chapdan o‘ngga qarab bajarib boriladi. Binobarin, so‘rovni shakllantirayotganda natijaviy jadval maydonlarini duch kelganday emas, balki kelgusida ma’lumotlarni bosqichma-bosqich saralashga to‘g‘ri kelib qolishini nazarda tutib joylashtirish kerak ekan. O‘rin almashtirishning umumtizimiga oid usullari bilan na’muna bo‘yicha so‘rov blankidagi ustunlarning joylashish tartibini o‘zgartirish mumkin. Bunda sichqoncha yordamida “перетаскивание” amalini qo‘llash kerak bo‘ladi. Natijaviy jadvalda ma’lumotlar aks ettirilishini boshqarish oldindan o‘rnatilgan tartibda (по умолчанию) nazarda tutiladiki, «so‘rov»ga kiritilgan barcha maydonlar ekranda aks ettiriladi. Biroq bu har doim ham maqsadga muvofiq emas. Ma’lumotlarning natijaviy jadvalda aks etishini boshqarish namuna bo‘yicha so‘rov blankining “вывод на экран” nomli satridagi kvadratchalar orqali amalga oshiriladi. Aytaylik, shunday hollar bo‘ladiki, biror bir maydon kerakli ma’lumotlarni saralash uchun qulay bo‘lgani boisidan so‘rovga qo‘shilishi va ayni choqda, “begona ko‘z’lardan holi bo‘lish talab qilinadi. Bunday maydonni ekranda aks ettirmaslik uchun “вывод на экран” satrining mazkur maydonga mos kvadratchasidagi belgi olib tashlanadi. Misol tariqasida fanlarni qoniqarli o‘zlashtira olmagan talabalar ro‘yhatini 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 103 e’lon qilishga mo‘ljallangan “so‘rov”ni keltirish mumkin. Bu so‘rov talabalarning o‘zlashtirilishini yoritadigan jadvallarga asoslanadi. So‘rov faqatgina ro‘yhatni aks ettirsada, mazkur ro‘yxat aslida “ekran ortidagi” o‘zlashtirish natijalari maydonlariga tayanadi. Tanlash shartidan foydalanish. So‘rov blankidagi “условие отбора” –“tanlab olish sharti” satrining so‘rovda ishtirok etayotgan har bir maydonga MB katakchasida maydonning o‘zigagina tegishli alohida shart berish mumkin. Demak, “условие отбора” satri berilgan mezonlarda ma’lumotlarni tanlab olish imkonini beruvchi vositadir. So‘rovlar asosidagi so‘rovlar. So‘rovlar, so‘rovlarning eng sodda va keng qo‘llanuvchi turidir. Mazkur sodda so‘rovlar asosida bajariluvchi so‘rovlar ham mavjud. Ular quyidagilardir: Yakuniy so‘rovlar - bular ko‘rsatilgan maydon bo‘yicha arifmetik hisob–kitoblarni amalga oshira oladilar va hisob-kitoblarning yakuniy natijalarini namoyish etadilar; Ko‘rsatkichli so‘rovlar - bu turdagi so‘rovlarning e’tiborli joyi shundaki, tanlab olish mezonini foydalanuvchinnig o‘zi mazkur so‘rov chiqarilgan paytda kerakli ko‘rsatkichni kiritish bilan berish mumkin; Kesishuvchi so‘rovlar - bular jadvallar turkumini tahlil qilish tufayli olingan hisob natijalari asosida natijaviy jadvallar hosil qiladilar; O‘zgartirish uchun so‘rovlar - bular jadvallar maydonlarini to‘ldirishning avtomatlashtirilishini ta’minlaydi.Yuqoridagi so‘rovlardan tashqari MB serveriga murojaat etuvchi maxsus so‘rovlardan ham foydalaniladi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling