Diplom oldi amaliyot


Download 3.05 Mb.
bet1/3
Sana02.11.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1741484
  1   2   3
Bog'liq
Muxammadaliyev Oyatillo


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
ELEKTROTEXNIKA FAKULTETI
ELEKTR ENERGETIKASI YO’NALISHI
340-GURUH TALABASI
MUXAMMADALIYEV OYATILLONING
“DIPLOM OLDI AMALIYOT”
HISOBOTI
Uz-SAEMYUNG CO. KORXONASIDA O’TKAZILGAN
AMALIYOT HISOBOTI
REJA:
  • Korxona haqida ma’lumot
  • Amaliyot ob’ektining texnologik jarayonlar faoliyati tahlili
  • Diplom loyiha mavzusi yuzasidan olingan ma’lumotlar
  • Xulosa
  • Foydalanilgan adabiyotlar

1.Korxona haqida ma’lumot
“Uz Saemyung Co” qo’shma korxonasi 1996 yil tashkil etilgan. Ushbu korxona bugungi kunga qadar ko’pgina investitsiyalar jalb qilishga ulgurgan. Xususan 2010 yil korxona o’z maydonini kengaytirishi natijasida yangi 2ta: payvandlash hamda svarka sexlari qurildi. Ular kerakli asbob uskunalar bilan ta’minlandi. Bunga 1 000 000 000 AQSh dollariga yaqin mablag’ sarflandi. Hozirgi kunga qadar sexlar rejadagidek faoliyat ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda korxonada 3 ta presslash tsexlari, 3ta payvandlash tsexlari hamda yonilg’I boklarini yig’ish uchun mo’ljallangan yig’uv va kraskalsh tsexi fa’oliyat olib bormoqda. Avtomobillarning benzin
boki ishlab chiqarishdagi barcha detallarni mahalliylashtirish maqsadida 2012 yili 52ta transformator, 52ta taymer, shuningdek 13 aniq svarka qiluvchi uskunalar olib kelingan Ularning umumiy qiymati 9 791 900 AQSh dollarini tashkil etadi. Bundan tashqari yonilg’I boklarni yig’uv tsexiga maxsus detal kesuvchi Lazerli qurilma olib kelingan bu qurilma yonilg’I boki uchun murakkab tuzilishga ega bo’lgan detallarni xatosiz qirqib tayyorlab berish uchun hizmat qilmoqda. Bugungi kunda korxona to’la quvvatda ishlarni amalga oshirib ayni kunlarda O’zbekistonga olib kelingan yangi ONIX avtomobili uchun ichki zaruriy detallarni ishlab chiqarmoqda.
2. AMALIYOT OB’EKTINING TEXNOLOGIK JARAYONLAR FAOLIYATI TAHLILI
  • Korxonaning asosiy texnologik jarayonlari asosan presslash va payvandlashdan iborat bo’lib bu holatda avtomobilning xar bir kerakli qismi ushbu jarayonda bevosita ishtirok etadi va tayyor maxsulot sifatida yetkaziladi;
  • Bunda birinchi o’rinda presslash dastgohining orqali detallarni kerakli shaklga keltiriladi hamda payvandlash uchun maxsus qismlarga yuboriladi
  • Payvandlash jarayoni yakunlangandan so’ng esa maxsus sifat naxorati orqali ko’rikdan o’tkaziladi va yakunda yig’ilgan mashina qismlari asosiy ishlab chiqarishga yetkaziladi


Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling