Respublika konferensiyasi


RESPUBLIKA KONFERENSIYASI


Download 56.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana11.11.2023
Hajmi56.18 Kb.
#1767190
1   2   3   4   5
Bog'liq
441-Article Text-891-1-10-20230506

RESPUBLIKA KONFERENSIYASI 

25.06.2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.or
 
99 
Musiqiy jarayonni aniq shakllantirish uchun o„quvchining o„zi ohangga 
she'rlar yaratishi, spektakl uchun g„oya yaratishi mumkin. Natijada bola bu asarni ijro 
etish orqali kompozitorning uslubini o„rgana ola boshlaydi. Shaxsning shakllanish 
davrlaridan muhim bolalik va o„smirlik davrida musiqa alohida ahamiyatga ega. Agar 
umumiy pedagogikada ta‟lim va tarbiya aniq ajratilgan bo„lsa, estetik-badiiy sohada 
bunday ajralishni tasavvur qilib bo„lmaydi. Estetik ta‟lim va badiiy tarbiya qo„shilib 
ketadi hamda ularning bir-biridan ajralishi estetik ma‟noni buzadi va shaxsni 
qashshoqlashtiradi. Musiqa va rasm darslari, she'riyat va teatrga qiziqish hissiy va 
axloqiy tarbiya uchun zarurdir. Ularsiz maktab ta'limi darajasi past bo„ladi, bu esa 
insonning keyingi hayotiga salbiy ta'sir ko„rsatishi mumkin. 
Musiqa maktabida tahsil olayotgan bolalarning ota-onalari o„rtasida so„rov 
o„tkazilganda, ularning barchasi o„z farzandlarining fe‟l-atvori va xulq-atvoridagi 
katta o„zgarishlarni payqaganini ta‟kidlashgan. Ularning aytishicha, farzandlari 
tartibli, mulohazali va enh muhimi shaxsiy fikrlarini bemalol namoyish eta 
olishayotganini aytishgan. Shuning bilan birga maktabdagi darslari hamda musiqa 
maktabidagi darslarni birdek olib borishayotganidan mamnun ekanliglarini va bu 
borage farzandlari ota-onalaridan hech qanday yordan olishmayotganini alohida 
ta‟kidlashgan.
Bolalar faoliyatining namoyon bo„lishida turli xil ijobiy ta'sirlarni ajratib 
ko„rsatish mumkin. Birinchidan, ko„p qirrali taassurotlar ularning dunyoqarashini 
kengaytiradi va musiqa maktabidagi mashg„ulotlar bolaning manfaatlariga estetik 
yo„nalish beradi. ikkinchidan, bu shaxsni boyitadigan, badiiy didni rivojlantiradigan 
va tengdoshlari orasida o„zini namoyon qilish, ularning e‟tibor va mehrini qozonish 
imkoniyatini beruvchi yangi tajriba hamda bilimlarga bo„lgan ehtiyojni 
rag„batlantiradi. Bularning barchasi bolaning ruhiyatiga xos bo„lgan katta ta'lim va 
tarbiya imkoniyatlaridan dalolat beradi (lekin, afsuski, har doim ham amalga 
oshirilmaydi). Bundan tashqari, ko„plab bolalar professional musiqachi bo„lishga 
tayyor emaslar. Ba'zilar matematika, biologiya, kimyo, fizika kabi fanlarni kelajakda 
kasb sifatida tanlashlari mumkin. Aniq fanlar bilan kechadigan har qanday kun 
stressli o„tadi. Ammo bolalarning faoliyati juda xilma-xildir. Shunga muvofiq 
musiqiy savodxonlikning mavjudligi bu nafaqat tartibga muvaffaqiyatli rioya qilish, 
balki jismoniy toliqisgni va ruhiy zo„riqishlarni yengishga yordam beradi. Har bir 
kun esa juda ko„p yangi, qiziqarli, quvonchli narsalarni olib keladi. 
Bolalar san'at bilan tanishish bilan bir qatorda sport va hobbiyga o„z-o„zlarini 
yo„naltira boshlaydilar. Sevimli mashg„ulotlarning soni ortib borishi mumkin. 
Endi, keling faqat umumiy ta‟lim maktabida o„qiydigan va shug„ullanadigan 
mashg„ulotlari kam o„quvchilarning holatiga e‟tibor qaratamiz. Uyda maqsadsiz vaqt 
o„tkazish bilan band bo„lgan, bo„sh vaqtlaridan qanday foydalanishni bilmaydigan
o„zidan norozilik, tushkun kayfiyatni keltirib chiqaradigan bolalar boshdan 
kechiradigan charchoq va asabiy yukni iddao qiladi. Natijada, ba'zida faqat umumiy 
ta'lim maktabida o„qiydigan bolalar kamroq yuklanganga o„xshaydi, lekin ular ikki 
barobar yuklangan tengdoshlariga qaraganda eshitish, ko„rish va o„rganish uchun 
kamroq vaqtga ega bo„lishiga qaramay, ko„proq charchashadi.


FTAI

Download 56.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling