Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish mazmuni. Reja
Maktabgacha ta’limni boshqarishning maqsad va vazifalari
Download 94 Kb.
|
RESPUBLIKA MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KABINETI ISH MAZMUNI
Maktabgacha ta’limni boshqarishning maqsad va vazifalari.
Maktabgacha ta’limning ustuvor vazifalari Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlamakamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda uqishga intilish hissini uyg’otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6—7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoatva xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish zarur: - yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tayyorlash; - maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish; - bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash; — zamonaviy o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar va o’yinlar yaratish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish; — bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; — maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo’yicha malakali maslahat ko’rsatish imkoniyatini yaratish; — maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Maktabgacha ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat: — bolalar xayotini muxofaza etish va sog‘lig‘ini mustahkamlash; — bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishini rivojlantirish; — bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash; — bola rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish: — bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish; — bolalarni jismoniy, ma’naviy va intellectual jihatdan maktabda o’qishga tayyorlash. Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Xalq ta'limi vazirligi, boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan chiqa- rilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar aso- sida besh yilga mo‘jallangan istiqbol rejasi tuziladi.Yillik rejada metodika kabinetining har bir o‘quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi.Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi.Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma- bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy e'tibor o‘quv, ta'lim-tarbiya yo‘nalishidagi faoliyatini o‘rganish, maktabgacha ta'lim muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib bo- rish, mudira, uslubchi, tarbiyachilarga o‘quv faoliyati, meh- nat, estetik, musiqa tarbiyasi bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsa- tish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va pro- filaktikasini yo‘lga qo‘yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo‘lgan muassasalar faoliya- tini ilmiy-uslubiy jihatdan to‘g‘ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi. Rejada maktabgacha ta'lim muassasalarini maqsaddi, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o‘rin tutadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog‘liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bilan tani- shish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo‘lib turishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshi- ruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak. Rejada maktabgacha ta'lim muassasalari soni va nomi ko‘rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim me- todikasi kabinetining asosiy vazifasi — pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, umum- lashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va taj- ribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat. Ijtimoiy pedagogik g’oyalar va nazariyalarning shakllanishida SHarq uyg’onishi davri olimlarining asarlari beqiyos o’ringa ega. Ular faoliyatining mohiyati shuki avval mavjud bo’lgan o’sha davrni ijtimoiylashtirish usullari ilmiy asoslangan tizimi asosida to’planganligidadir. yetuk olimlarning faoliyat xarakteri-ilm bilan mashg’ul bo’lish ijtimoiy pedagogik qarashlarning mazmuniga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Buyukolim Al-Xorazmiy (783-850 y)ningasarlariyorqindidaktikxaraktergaegadir. U savol-javobmetodiorqali bilimlarqulgakiritilishini, bujarayondashaxsboshqalarbilanmunosabatlargakiritilishini, jamiyatningfaola’zosigaaylanishinita’kidlagan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 12-iyuldagi 128-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ini amalda qo’llash jayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Pedagogik koucung” hamkorligini tashkil etish dolzarbdir. Kouching – bu ta’limning ma’nosini tushunishga yordam beradigan, mashg’ulotlarni yaratadigan, motivatsiyani oshiradigan va natijalar uchun javobgarlikni oshiradigan zamonaviy pedagogic hamkorlik usuli. Koucher – bu pedagogni yangi bosqichga ko’taradigan va kerakli maqsadlarga erishishda yordam beradigan shaxs. Pedagogik couching ingliz tilidan olingan bo‘lib, eng samarali natijani olish uchun birgalikdagi ijtimoiy, shaxsiy va ijodiy salohiyatni amalga oshirish tizimidir. Kouching uslubi – bu pedagoglarni tashkilotning ulkan manbai sifatida qarashidir, bu yerda har bir xodim individual, betakror, tanlov qilishga, mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga va qaror qabul qilishga qodir. “Pedagogik koucung” pedagoglarning shaxsiy va kommunikativ rivojlanish tartibini belgilaydi. “Pedagogik-kouching” hamkorligi ularning asosiy ishlariga nafaqat zarar yetkazmasligi balki, ta’lim-tarbiyaviy jarayonlariga ko’maklashadigan sifatli va innovatsion tashkil etishda zarur va muhim asoslaridan biri bo’lishi kerak. “Pedagogik kouching” hamkorligi tuman maktabgacha ta’lim bo’limining maktabgacha ta’lim bo’yicha yosh va malakali uslubchilari bilan hamkorlikda ishlash, maktabgacha ta’lim tashkilotida turli malaka va mehnat stajiga ega direktor va pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash turidir. Bunda yosh mutaxassis reja asosida o’z malakasini oshiradi. Yetakchi mutaxassis, yuqori malakali o’qitish va tarbiyalash uslubini chuqur biluvchi axloqiy sifatlarga ega bo’lgan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori va pedagoglari bo’lishi mumkin. “Pedagogik kouching”ning maqsadi: – Pedagog mutaxassislarning bilim va malakalarni qiziqish bilan egallashga, faol va ongli ravishda o’rganishga, bilim va konikmalarni rivojlantirishga, potensialini maksimal darajada oshirishga yordam beradigan faoliyat; – Tuman maktabgacha ta’lim bo’limining sho’ba mudirlari,uslubchilari, MTT direktorlari va pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda MTTlarda pedagog xodimlarning salohiyati va negizini shakllantirish. “Pedagogik kouching”ning vazifalari: – Mutaxassislarning o’z qobiliyatlariga bo’lgan ishonchini saqlab qolish, o’z-o’zini munosib baholashni shakllantirish; – Pedagog-mutaxassislarga kasbini to’laqonli egallash, sohaga oid zarur tajriba va mahoratni shakllantirish; – Ta’lim va tarbiyaning zamonaviy usul va uslublarini o’rgatish orqali o’z lavozim majburiyatlarini to’laqonli bajara olish uchun zamin yaratish; – O’z kasbining ustasi sifatida shakllanishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib berish; – Yuqori natijalarga erishishga yordam beradigan ta’lim jarayoni sub’yektlari bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish; – Mehnat jamoasiga moslashtirish va ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomalariga rioya qilish tushunchalarini berish. – Pedagoglarning bolalar, ota-onalar va hamkasblar bilan samarali ta’sir o’tkazish sohasidagi qobiliyatini rivojlantirishga imkon berish; – Pedagoglarni pedagogik faoliyatini tashkil qilishda yuzaga kelgan muammolarni adekvat yechimiga olib chiqishga imkon berish; – Nazariy asoslangan vosita, usul va tashkiliy ishlar shaklini to’gri tashkillashtirish; – Pedagogik vazifalarni belgilash, shakllantirish, modellashtirish va ularning ijrosini ta’minlashga sharoit yaratish; – Pedagoglarni yuksak axloqiy tamoyillar asosida, o’z vazifa va majburiyatlarini bajarishda vijdonan va mas’uliyat bilan yondoshish, huquq va vakolatlarini to’g’ri anglab yetish, burch hamda kasbga hurmat ruhida tarbiyalash; “Pedagog koucher” majburiyatlari: Ta’lim sohasiga oid qonunchilik talablari, idoraviy-me’yoriy hujjatlarni bilish; Pedagogning pedagogik, uslubiy, kasbiy tayyorgarligi, tashabbuskorligi, ijodkorligi, bilimga egaligini hamda intellektual rivojlanish darajasini hisobga olgan holda uslubiy yordamga muhtoj mutaxassislar bilan hamkorlik ish rejasini ishlab chiqish; Yosh mutaxassislarning ish faoliyati va axloqiy safatlarini, uning pedagogik faoliyatga, jamoaga bo‘lgan munosabatlarini o’rganish, mutaxassisligiga to’gri yo’naltirish; Reja asosida uslubiy yordamga muhtoj mutaxassislarning mustaqil ravishda kasbiy faoliyatini nazoran qilish va baholash; Tuzilgan ish rejani amalga oshirilishini nazorat qilish va uslubiy yordam ko’rsatish; Yosh mutaxassisga pedagogik kasbini egallashda amaliyotda usul va uslublarni to’g’ri qo‘llashda amaliy yordam ko’rsatish; Yo’l qoygan kamchiliklarni aniqlash va hamkorlikda bartaraf etish; Yoshlarning ijobiy sifatlarini rivojlantirish, jamoa hayotiga ishtirok etishga jalb etish, innovatsion pedagogik tajribalarni amaliyotda qo‘llash; Yoshlarning yutuq va kamchiliklari bo’yicha yakuniy xulosa berish, “Pedagogik kouching” hamkorligi ish rejasi bo’yicha oraliq va yakuniy xulosalar tayyorlash hamda pedagoglarning kelgusidagi faoliyati bo’yicha takliflar kiritish; Uslubiy yordamga muhtoj mutaxassislarning ish rejasi bilan bog’liq bol’gan kasbiy muammolarni oshkora etmaslik; “Pedagog koucher” huquqlari: Uslubiy yordamga muhtoj mutaxassisga pedagogik faoliyatni tashkil etish bo’yicha sohaga doir tavsiyalar berish; Olib borilayotgan ishlar yuzasidan yozma skalda oraliq va yakuniy hisobotlarni topshirish; Pedagogik faoliyatni takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish; Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling