Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi faollari va ma'rifat targ'ibotchilarining O'zbekiston xalqiga murajaatiga munosabat


Download 8,94 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi8,94 Kb.
#1702845
Bog'liq
17-maktab


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi faollari va ma'rifat targ'ibotchilarining O'zbekiston xalqiga murajaatiga munosabat
Bugungi kundagi asosiy vazifa yosh avlodimizning bilim bilan boyitilishini ta’minlash, ularni ruhiy yuksaltirish, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni, hayotlarini yaxshi tomonga o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lishida ko‘maklashishdan iborat. Hozirgi tahlikali zamonda yoshlar tarbiyasi chindan ham e'tibor talab qiladigan jarayonga aylandi. Farzandlarimiz ongida el-u yurtga, Vatanga muhabbat tuyg'ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo'lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o'sib-unayotgan bolalarimizga bog'liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo'lga qo'yilar ekan, o'sha oila, o'sha mahalla gullab-yashnaydi.
Inson hayoti davomida biror shaxsni o'ziga o'rnak deb biladi, bundan inson u kabi hayot kechirishni, u erishgan yutuqlar kabi muvaffaqiyatlarga erishishni, yuksak cho'qqilarga chiqishni ko'zlaydi. Bugun jamiyatning yosh a'zolari o'z hayotlari uchun boshqa madaniyat vakillarining fikrlash va hayot tarzini o'rnak qilib olishlari ko'p muammolarni keltirib chiqarmoqda. Murojaatda aynan shu masalaning yechimi ko'rsatilgani quvonarli hol.
Bugunga kelib O‘zbekiston xalqi yangi demokratik jamiyat qurmoqda, uni rivojlantirishda ma’naviyat muhim jihatlardan biri hisoblanadi. mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy vazifalarni hal etishda ta’lim, ma’naviyatni tarbiyalash va rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor beriladi.
Ta’kidlash kerakki, mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining ma’naviy va tarixiy qadriyatlari, buyuk ajdodlar merosi haqiqatan ham jahon merosiga aylanib bormoqda. O‘zbek davlatining asl tarixini tiklash, milliy urf-odatlar, milliy madaniyatni tiklash, milliy tillarni rivojlantirish-bularning barchasi mustaqil Vatanimiz xalqlarining yangi ma’naviy hayotidir. Ma’naviy qayta tug‘ilish masalasi davlat siyosatimizning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. o‘zbek xalqi tarixida birinchi marta nazariy g‘oyalar va mafkuralar ishlab chiqildi.
O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishi yillarida odamlarning tafakkuri va dunyoqarashi o‘zgardi. Demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, iqtisodiy va siyosiy hayotni liberallashtirish va jamiyatni yangilashda o‘z nuqtai nazarini ko‘radigan yangi avlod hayotga shakllanmoqda.
Qibray tumani 17-maktab
Ona tili va adabiyot o'qituvchisi
Mirzaxodjayeva M.
Download 8,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling