Rеspublikа tа’lim mаrkаzi


Download 1.13 Mb.
bet17/50
Sana22.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1377294
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
11-sinf imtihon materiallari @SHER BEK Buvayda 36 842

GEOGRAFIYA 8- sinf


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfini tugatgan o‘quvchilar geografiya fanidan DTS bo‘yicha ma’lum darajadagi kompetentsiyalarga ega bo‘ladilar.
O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida 2018-2019 o‘quv yilida 8 sinflarda bosqichli imtihon, bilet savollariga og‘zaki javob berish usulida o‘tkaziladi.
Har bir o‘quvchi bittadan biletni tanlab oladi. Tayyorgarlik ko‘rish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Imtihon biletida 1 ta nazariy savol o‘quvchilarning 8-sinfda “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geogafiyasi” kursi yuzasidan o‘rganilgan mavzulari bo‘yicha va 1 ta amaliy topshiriq 5-8 sinf mavzulari yuzasidan beriladi. Biletdagi nazariy savollar O‘zbekiston Respublikasining tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklarining millliy iqtisodiyotdagi ahamiyati, respublikamiz aholisi, milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va hududiy tashkil etilishi (iqtisodiy rayon va viloyatlar), iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida qo’llaniladigan atama va tushunchalarga oid. Biletlardagi amaliy topshiriqlar matn, xarita, rasm, grafik, diagramma yoki jadval orqali ifodalanadi. Amaliy topshiriqlar o‘tilgan mavzular kesimida yoki fanlar aloqadorligini qamrab oluvchi topshiriqlar bo‘lishi mumkin.
Har bir berilgan savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi. Masalan: 1savolga 3, 2-savolga 5 qo‘yilib, baholar umumlashtirilib so‘ngra ulardan o‘rtacha ball chiqariladi. 3+5 = 8:2=4
O‘quvchilarni baholashda qo‘yiladigan ball ular egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalardan kelib chiqib belgilanadi.
Nazariy savollarga berilgan javoblar baholash mezoni.



Baholash mezoni

Ball

1.

O‘quvchi tomonidan savollarga javob mazmunan to‘la ochib berilib, atama va tushunchalarning lug‘aviy ma’nosini to‘g‘ri ayta olib, xarita bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olsa

5

2.

O‘quvchi tomonidan savollarga javob mazmunan to‘la ochib berilib, atama va tushunchalarning lug‘aviy ma’nosini to‘g‘ri ayta olib, xarita bilan ishlashda bitta va undan ortiq kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa

4

3.

O‘quvchi tomonidan savollarga javob qisman ochib berilib, atama va tushunchalarning lug‘aviy ma’nosini izohlashda xatolarga yo‘l qo‘yilib, xarita bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmasa

3

4.

O‘quvchi tomonidan savollarga javob mazmunan to‘la ochib berilmasa, atama va tushunchalarning lug‘aviy ma’nosini izohlashda qupol xatoliklarga yo‘l qo‘yilib, xarita bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmasa

2

5.

O‘quvchi tomonidan savollarga javob mazmunan to‘la ochib berilmasa, atama va tushunchalarning lug‘aviy ma’nosini izohlay olmasa, xarita bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmasa

1


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling