Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘G‘risida
Download 17.4 Kb.
|
Документ DOCX
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
o‘zbekiston respublikasi prezidentining akt farmoni RESPUBLIKADA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASINI RIVOJLANTIRISH UCHUN SHART-SHAROITLARNI TUBDAN YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Keyingi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (keyingi o‘rinlarda AKT deb ataladi) davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari ko‘rsatishning barcha sohalariga joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar axborot xizmatlarini ilgari surish, “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va amalga oshirish, xalq bilan muloqot qilish va aholining kundalik muammolarini joylarda o‘z vaqtida hal qilishning samarali mexanizmlarini yaratish imkonini berdi. axborot texnologiyalari rivojlanishi va ularni iqtisodiyot sohalariga joriy etishning hozirgi holati, shuningdek mahalliy dasturiy mahsulotlarning eksport darajasi hali ham pastligicha qolmoqda. Axborot texnologiyalarining raqobatdosh va yuqori unumdorlikka ega tarmog‘ini shakllantirish uchun mamlakatning fan va ta’lim sohasidagi salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti. Respublikada amal qilayotgan tashkiliy-iqtisodiy sharoit AKT sohasida tez o‘sishni namoyish etayotgan xorijiy mamlakatlarda yaratilgan sharoitlarga nisbatan mamlakatning raqobatdoshligi pastligini hisobga olgan holda ushbu sohaning yanada rivojlanishiga yetarli darajada yordam bermayapti. AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berar ekan, davlat tomonidan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi o‘rnini kuchaytirishni talab qiladi. AKTdan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilariga qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ushbu tarmoqda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, AKT mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, shuningdek mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va “O‘zbektelekom” AKning Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazini (keyingi o‘rinlarda Innovatsiya markazi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Innovatsiya markazi axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Innovatsiya markazi rezidentlarini joylashtirgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi. 3. Quyidagilar Innovatsiya markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: xo‘jalik yurituvchi subyektlar va oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan o‘zaro hamkorligini kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish; AKT sohasida raqobatdosh loyihalarni ichki va tashki bozorlarda sotish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda Innovatsiya markazi rezidentlariga ko‘maklashish; oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining “axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilarining ishga joylashtirilishini ta’minlashda, shu jumladan iqtidorli yoshlar tomonidan “start-ap” loyihalarini amalga oshirishda ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan ishtirok etish; qisqa muddatli va o‘rta muddatli ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish, shu jumladan chet el mutaxassislarini taklif etish yo‘li bilan AKT sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish; yosh tadbirkorlar tomonidan axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha innovatsiya loyihalari amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash. . 4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi: Innovatsiya markazini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi; Innovatsiya markazini rivojlantirishga ko‘maklashish borasida davlat organlari, ilmiy, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda Innovatsiya markazi faoliyatini tizimli monitoring va tahlil qiladi; yuridik shaxslarni Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida ro‘yxatga olish va ularni rezident maqomidan mahrum etish tartibini belgilaydi; Innovatsiya markazi rezidentlariga ularning loyihalarini davlat darajasida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik orqali ilgari surishda ko‘maklashadi; Innovatsiya markazining faoliyatini takomillashtirish va axborot texnologiyalari sohasida yuridik shaxslar uchun shart-sharoitlarni, shu jumladan ilg‘or chet el tajribasi asosida yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. 5. Innovatsiya markazi rezidentlari 2028-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga: barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan; belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Innovatsiya markazi rezidentlari: tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushumlar doirasida chet el mutaxassislariga ish haqini chet el valyutasida naqdsiz shaklda xorijda ochilgan xalqaro to‘lov kartalariga amalga oshirishga; eksport kontrakti mavjud bo‘lmagan holda Internet butunjahon axborot tarmog‘idagi onlayn do‘konlar orqali ishlar va xizmatlar eksportini chet el valyutasida amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. 61. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda Innovatsiya markazi rezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatini samarali nazorat qilish maqsadida Innovatsiya markazi rezidentlari uchun maxsus Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichini belgilangan tartibda tasdiqlasin va joriy etsin. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining taqdimnomasiga asosan, zarur hollarda, Innovatsiya markazi rezidentlari uchun Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda: har yili berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning AKT milliy bozorining rivojlanishiga ta’siri, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy mahsulotlar va AKT xizmatlarining raqobatdoshligi darajasini tahlil qilsin va tahlil natijalarini keyinchalik Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritsin; 2017-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son qaroriga muvofiq yaratilgan Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari milliy reyestrining kelgusida faoliyat yuritishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflarni Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritsin. 8. Innovatsiya markazi rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan 2028-yil 1-yanvargacha olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar: 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 4,5 foizli stavka bo‘yicha fuqarolarning sug‘urta badallariga tortilishi; soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmasligi belgilab qo‘yilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda uch oy muddatda respublikada tovarlar va xizmatlarga haq to‘lash uchun xalqaro to‘lov kartalarini qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining bank hisob raqamlariga Internet butunjahon axborot tarmog‘idagi onlayn do‘konlar orqali tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan valyuta tushumini hisobga olish tizimining mukammal ishlashiga doir zarur choralar ko‘rsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi doimiy asosda Innovatsiya markazi rezidentlari axborot texnologiyalari mahsulotlarining xorijga kirib borishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Innovatsiya markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, unda quyidagi tartib nazarda tutilsin: Innovatsiya markazi va Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini tashkil etish; yuridik shaxslarni rezident maqomini olishning aniq mezonlarini belgilashni hisobga olgan holda Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida ro‘yxatga olish; Innovatsiya markazi rezidentlari uchun maxsus valyuta rejimini qo‘llash. 12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Innovatsiya markazi faoliyatining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin. 13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Download 17.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling