Respublikada transport yoʻlaklariga boʻlgan talab
Download 18.65 Kb.
|
Respublikada transport yoʻlaklariga boʻlgan talab
2.2-rasm. Umumiy foydalanishdagi avtomobilyoʻllari tarmogʻining rivojlanish
dinamikasi 1939 yilda Oʻzbekistonda yirik inshootlarni Xalq hashari yoʻli bilan qurish rasm boʻldi va bu usul yoʻl qurilishida ham keng qoʻllanildi. 1940 yilda uzunligi 708 km boʻlgan Katta Oʻzbek Traktini qurish haqida maxsus qaror qabul qilindi. Ushbu yoʻlning 326 km Toshkent, 222 km Samarqand, 162 km Buxoro viloyatlari tomonidan qurilgan va qurilish 1941 yilning aprelida qurib tugallangan. 1940 yilning oxiriga kelib qattiq qoplamali yoʻl tarmoqlari 4700 km ni tashkil etdi. Oʻzbekistondagi barcha yoʻllarning uzunligi 32500 kilometrni tashkil qilardi. Avtomobil yoʻllari tarmogʻining rivojlanish dinamikasi 2.2-rasmda keltirilgan. 1970-75 yillarda yoʻl qurish va foydalanish tashkilotlarining ishlab chiqarish bazasi ancha yaxshilandi ularning saroylari yangi mashina va mexanizmlar bilan toʻldirildi. Yoʻl qurish industriyasining asfaltbeton, koʻpriklar qurish uchun yigʻma temirbeton konstruktsiyalar ishlab chiqaruvchi, inert materiallarni qayta ishlovchi va sifatini yaxshilovchi ob’ektlar ishga tushdi va oqibatda qurilishda texnologik intizomga amal qilish uchun bir muncha shart-sharoit yuzaga keldi.Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 1976 yilda hammasi boʻlib 19643 km shu jumladan umumdavlat ahamiyatidagi yoʻllar 1656 km ni, respublika ahamiyatidagi yoʻllar 7203 km ni va mahalliy ahamiyatdagi yoʻllar 10975 km ni tashkil etdi. 1975-80 yillarda yoʻl xoʻjaligida eng jadal yuksalish yillari boʻldi. Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yoʻllari uzunligi 31208 km ga etdi yoki xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllari 1656 km, respublika ahamiyatdagi avtomobil yoʻllari 12164 km, mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllar 17388 km ga etdi. 1976 - 1981 yillarda jami 4400 km yangi yoʻllar qurildi va qayta rekonstruktsiya qilindi. Bu yillarda asosan shaharlarni chetlab oʻtuvchi aylanma yoʻllar qurishga katta e’tibor berildi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmogʻining bugungi kun foydalanuv holati avtomobillar va yoʻldan foydalanuvchilar talabini qoniqtir maydi. Buning sabablari - respublikada avtomobil yoʻllarini oʻz muddatida ta’mirlash va saqlash masalasi oʻz echimini topmasdan qolmoqda. Avtomobil yoʻllarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlariga ajratilgan mablagʻlarning etishmasligi ishlarning toʻliq bajarilmasligiga, qolaversa, bajarilgan ishlarning sifati pasayishiga olib kelmoqda. Natijada, yoʻllarda muddatidan oldin ta’mirlashga muhtojlik kelib chiqmoqda. Bu esa, katta hajmdagi yoʻllarni ta’mirlash ishlarini talab qiladi. Download 18.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling